Alisher navoiy h ayrat ul-abror



Yüklə 204,58 Kb.
səhifə21/50
tarix20.10.2022
ölçüsü204,58 Kb.
#65635
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
0‘ninchi maqolat
ROSTLIK TA’RIFIDA
Har kishinikim odati to‘g‘rilik bo‘lsa, falak unga har qancha teskarilik, qaysarlik qilganida ham qo‘rqadigan joyi bo‘lmaydi. 0‘qning tayanch parlari to‘g‘ri bo‘lsa, yerning egriligi unga biron ziyon yetkazarmidi? Yo‘l qancha to‘g‘ri boisa ham, yo‘lchining maqsadi manzilga tezroq yetib borish. Shunday vaqtlarda qing‘ir-qiyshiqligi tufayli yo‘lning uzayib ketishi aniq-ku!
Nay ovozi to‘g‘ri bo‘lgani uchun ham odamlar uni tinglashni yoqtiradilar. U to‘g‘ri ovoz chiqarolmasa, qulog‘ini burab jazo beradilar.
Ayvonda yonayotgan sham’ o‘ti to‘g‘ri ko‘tarilishi tufayli kechki bazm shohidi boiadi, ko‘p aylanib uchavergani bilan parvonaning yetib borish joyi ma’lum.
Sarv qomati o‘q kabi to‘g‘ri, shu tufayli shamol ham unga ziyon yetkazolmaydi. Bog‘da chirmashishdan boshqa ishni bilmaydigan sunbul egriligidan yuzlari qorayib ketgan.
Chang asbobi qili to‘g‘ri ekan, nafis ovozlar chiqaraveradi, salgina egri bo‘Isa, soz chiqmaydi.
Nazari to‘g‘ri odam to‘g‘ri, pokiza kishi bo‘ladi. Kimning qo‘li egri bo‘lsa, u - o‘g‘ridir. Qo‘l egrilikka moyil bo‘lsa, uni kesibgina tuzatish mumkin. Har kimikim to‘g‘rilikni istasa, u ikki xususiyatni anglab olsin. Birinchidan, kishining so‘zi to‘g‘ri bo‘lsa, so‘zigina emas, balki ham so‘ziyu ham o‘zi to‘g‘ri bo‘lsa, halol bo‘lsa. Biri buki, yolg‘on gapirib qo‘yganida achinsa, noto‘g‘ri so‘zni o‘zi istamagan holdagina to‘g‘ri deb aytsa. Avvalgisi yaxshi, lekin ikkinchisi ham yomon emas.
Yolg‘onni kamroq gapiradigan kishilar koshki bizning davronda ham bo‘lsa edi. Kimki bu davionda rostgo‘y bo‘lsa, ishi doimo kamu ko‘stlikdan boshqa narsa boMmaydi. Davr egrilikni talab qiladi, sen rostlikni lilasang, rozilik bildirmaydi. To‘g‘rilikni shon-sharaf deb bilgan kisliilarga davron gardishi (lushmanlik qiladi. Qalam (o‘g‘riIikni lalab qilgani uchun boshi
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
kesilib egib qo‘yiladi. “Alif” harfi to‘g‘rilikni yaxshi koi'gani uchun “balo” so‘zi uni oyoqlari ostiga olib majaqlaydi. Yangi oy egriligi tufayli hammaning diqqatini o‘ziga tortadi. Salla chirmalib-chirmalib bosh ustiga chiqishga sazovor bo‘ladi. Yo‘q-yo‘q, bunday emas, bu yozganlarim xato. Balki barchasi qalamning bitgan xatolari, egri bilan to‘g‘rining ta’rifi ayni haqiqatdir. Sham’ to‘g‘riligidan xursand bo‘lib kuyadi-yu, lekin boshdan-oyog*i nur bo‘ladi. Chaqmoqning ishi egrilik bo‘lgani tufayli ham, garchi u ham yorisa-da, yer ichiga kirib yo‘q bo‘ladi. Dehqon reja chekmas ekan, bog4 o‘rniga changal unadi. Dehqon lolasiz, urug‘ sochsa, suvni teng ichmay qanchasi yakson bo‘ladi. Ko‘zgu yuzi qancha tekis bo‘lmasin, sohibjamollar yuzi to‘g‘ri bo‘lib ko‘rinadi. Uning yuzi sayqallanmagan bo‘lsa ham, atrofidagi bezaklar uni mutawal - turli xilda: cho‘ziq, yo‘g‘on va h.k. ko‘rsatadi. Quyosh jism turgan suvdagina mehrni to‘g‘ri ko‘rsatsa, suv qo‘zg‘alsa, yerni ko‘rsatadi.
Xato qilib bilmasdan yo!g‘on gapirib qo‘yish yolg‘onchi deb atashga asos bo‘lolmaydi, chunki bu xil odamlar xato qilganini anglagach, o‘zlari undan voz kechishadi. Yolg‘on gapirishni shior qilib olgan, unga doim yolg‘on so‘zlashni odatlangan odamlarni erkagu musulmon deb boimaydi.
0‘g‘rilikni kasb qilgan kishi har qancha harakat qilsa ham, bir-ikki ishi yurishadi-yu, uning yolg‘onchiligini xalq ko‘rmay qolsa ham, Alloh ogoh bo‘lib, ko‘rib turadi-ku! Ushbu sifatini eldan har qancha yashirmasin, yolg‘on oxir o‘zini bir kuni oshkor etadi.
Odamlarni har sohada aldab yurishdan ko‘ra o4g6rilik undan yaxshiroqdir. Har kishi yomon, yovuz niyat bilan ont ichgan bo‘lsa ham, niyati o‘g‘irlik bo‘lsa, kaforat bilan daf’ qilish mumkin. Kimki o‘zi o‘z so‘zini yolg‘onga aylantirgan bo‘Isa, u, qolgan barcha so‘zlarini har qancha rost demasin, el uning so‘zlari rostligiga hech qachon ishonmaydi. Uni azobga solgan bu ziyon, zarar shu darajadaki, hatto kaforat bilan ham undan ozod bo‘lish ilojsiz.

Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Yüklə 204,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin