Xirot
Alisher Navoiyning hozirgi Afg’onistondagi (o’sha paytta Xirot deb nomlangan) qabri
Alisher Navoiy
(1441 yil,9-fevral — 1501 yil, 3-yanvar)
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o’gli Shohruh Mirzo shohligi davrida
Hirotda tug’ildi. Zamondoshlari uning haqida ko’pincha «Nizomiddin Mir Alisher» deb
yozadilar. 'Nizomiddin"-din--diyonat nizomi degani bo’lib, donishmand mansab egalariga
beriladigan sifat, «mir» — amir demakdir. Uning otasi G’iyosiddin Muhammad (uni G’iyosiddin
Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli
kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayh Abusaid Changning qizi bo’lgan, ismi ma’lum emas.
Alisherning bobosi Temurning o’g’li Umarshayx bilan emikdosh (ko’kaldosh) bo’lgan ekan.
Buyuk shoir o’z asarlarida o’z asarlarida bu qutlug’ dargohga yaqinligidan iftixor etishini bayon
qiladi. Shuningdek, uning tarjimai holiga oid ayrim lavhalar asarlarida uchraydi. Bu tabarruk zot
to’g’risidagi ba’zi ma’lumotlarni esa uning zamondoshlari o’z kitoblarida beradilar.
Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda o’sdi. Kichiklik
chog’idan she’r va musiqaga ishqi tushdi. Olimu fozillar davrasida bo’ldi. Uch-to’rt yoshlarida
davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning bir she’rini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi.
Bir yildan so’ng uni maktabga berdilar. U bo’lajak sulton Husayn Bayqaro bilan birga o’qidi.
Uning zehni va iqtidori haqidagi gaplar esa el orasida tarqalib bordi.
1447-yilda Shohruh Mirzo vafot etib, temuriy shahzodalar o’rtasida taxt uchun kurash
boshlanadi. Hirot notinch bo’lib qoladi. Alisherlar oilasi Iroqqa yo’l oladi. Yo’lda, Taft shahrida
Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, «Zafarnoma»ning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy
bilan uchrashdi.
Alisher xonadoni 1541-yilda Hirotga qaytadi. Tarixchi Xondamir bu bilan bog’liq shunday bir
hikoyani keltiradi: Karvon Yazd cho’li bilan Hirotga borarkan, tungi yurishlardan birida ot-ulov
ustida hammani uyqu bosadi. Alisher mingan ot, ittifoqo, yo’ldan chiqib, bo’lajak shoir egardan
tushib qoladi, uyqu zo’rlik qilib, uyg’onmaydi. Horigan ot ham egasi yonidan ketmay, to’xtab
qoladi.
Alisher tong otib, quyosh qiziganda uyg’onadi. Qarasa, poyonsiz sahro, atrofida hech kim yo’q.
Yolg’iz otigina yovshan ildizlarini chimtib turibdi. O’n yoshli bola o’zini qo’lga oladi. Otini
minib, zehn bilan yo’lni topib ilgari yuradi. Kun qizib, chanqoqlik boshlanadi. Shu payt uzoqdan
bir narsa qorayib ko’rinadi. U suv to’la mesh ekan, Ollohga shukuronalar aytib, Alisher yo’lini
davom ettiradi. Uning ota-onasi manzilga yetgach, o’g’illlarini yo’qligini biladilar va mulozimni
shoshilinch orqaga qaytaradilar. Mulozim ko’p yurmay, Alisherga duch keladi. Alisherni, go’yo
u qayta tug’ilganday, quvonch bilan kutib oladilar.
1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o’tiradi, notinchliklar bosiladi. G’iyosiddin
Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher esa o’qishini davom ettiradi. Maktab
yosh Alisherni she’riyat, adabiyot olamiga olib kirdi. Bo’lajag shoir Sa’diy Sheroziyning
«Guliston». «Bo’ston», asarlarini, Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»(«Qush mantig’i»)ni
so’ngsiz ishtiyoq bilan o’qidi. Ayniqsa, qushlar tilidan keltirilgan hikoyatlar va ularning chuqur
mazmuni Alisherning o’y-xayolini tamom egallab oldi: Bir kuni qushlar jam bo’libdi. Har xil:
to’ti, qumri, tovus, bulbul va hokazo. O’rtaga hudhud (sassiqpopishak) chiqibdi. Boshidagi tojini
selkillatib, o’zini ta’rifu tavsif etibdi. So’ng u hammani olam podshosi Semrug’ni izlashga
undabdi. Qushlar uni surishtira boshlabdilar. «Zotini, sifatini, sifatini ayt, bizga nishon ber!» —
deyishibdi ular. Hudhud hikoya boshlabdi: Smurg’ bir kecha dunyoni aylanib, uchib yurar edi.
Nogoh yo’li Chin shahri ustidan tushdi. Bir silkingan edi, mamlakat nurga g’aeq bo’ldi. Patidan
biri tushib qolgan ekan. Ogoh bo’lganlar aqlu shuurini yo’qotdilar. Chin mulki esa
hashamat(ulug’vorlikka) chulg’andi. Qushlar zavqu shavq bilan yo’lga tushadilar. Buroq bu
zavq-shavq uzoq davom etmaydi. Qushlar e’tiroz bildirib, uzr aytib, o’zlarini chetga ola
boshlaydi. Hudhud har biriga javob aytadi. Semrug’ga yetishish baxti oldida bu dunyoning
tashvishlari hechligini isbot etuvchi biror hikoya keltiradi. Hudhudning gaplari, hikoyalari
qushlarga yangi bir kuch bag’ishlaydi. Ular hudhudni boshliq qilib, yo’lga tushadilar. Hudhud
buy o’lning ishq yo’li ekanligi, unga kirgan odam Shayx San’on singari o’zligidan kechishi
lozimligini aytadi. Yana bir-biridan jozibali hikoyalar: Nihoyat, qushlar yeti vodiyni bosib
o’tadilar va o’zlarining Semurg’ ekanligini anglab yetadilar.
«Mantiq ut-tayr» xayoli Alisherga bir umr hamroh bo’ldi. Umrining so’ngida esa «Lison ut-
tayr»(«Qush tili») nomi bilan kitob yozdi. Bo’lajag shoir yana Nizomiy Ganjaviy va Xusrav
Dehlaviy asarlarini sevib o’qir edi.
1453-yilda Alisherning otasi G’iyosiddin Mauhammad vafot etadi. Alisher Abulqosim Bobur
hizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, so’ng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do’st — Husayn
va Alisher yana birga bo’ldilar. Bir munosabat bilan u 50 ming bayt, 100 ming misra she’r yod
olganini aytdi. She’r shunchaki nutq o’stirish emas, ma’rifat, taffakur mashqi ham edi. Navoiy
15 yoshlarida o’z she’rlari bilan zamonasining mashhur shoirlari diqqatini tordi. Xondamirning
yozishicha, she’rlari bilan endigina tanilib kela boshlagan Alisher o’z davrining dongdor shoiri
Mavlono Lutfiy xizmatiga boradi. Mavlono undan she’r o’qishni iltimos qiladi. Alisher o’zining:
Orazin yopg’och, ko’zimdin sochilur har lahza yosh, Bo’ylakim, paydo bo’lur yulduz nihon
bo’lg’och quyosh. matla’i bilan boshlanadigan g’azalini o’qiydi. She’rdan hayratga tushgan
keksa shoir bunday deydi: «Valloh, agar muyassar bo’lsa edi, o’zumning forsiy va turkey tillarda
aytgan o’n-o’n ikki ming baytimni shu g’azalga almashtirardim va buni o’zimning katta
yutug’im deb hisoblar edim». Bu turkiy (o’zbek) she’riyatiga juda katta iste’dod kirib
kelayotganidan nishona edi.
Dostları ilə paylaş: |