Tarix va iqtisodga oid asarlari
«Tarixi muluki Ajam»
(
«Ajam shohlari tarixi»
,1488) qisqa tarix bo’lib, Eron shohlari xronikasi
bayon qilingan
«Tarixi Tabariy»
,
«Shohnoma»
asarlarini mantiqan to’ldiradi, ulardagi faktlarni
izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning so’nggi vakili Yazdi
Shahriyorgacha bo’lgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi.
«Tarixi anbiyo va hukamo»
(
«Payg`ambarlar va hakimlar tarixi»
, 1485—1498) asarining
birinchi bo’limida
«Qissasul-anbiyo»lar
an’analarini davom ettirib, Odam alayhis-salomdan
Nuh, Iso, Muso, Ya’qub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi payg’ambarlar tarixiga oid qissalar
keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning
«Hukamo
zikrida»
deb nomlangan ikkinchi bo’limida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand
hakimlar Fishog’urs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus,
Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri
qisqa satrlarda talqin qilinadi.
«Vaqfiya»
(1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf
mulki va mablag’i evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yo’nalishda madrasa va
xonaqohlarda o’rnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy o’z ixtiyoridagi mablag’lar
hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bog’larni sanab o’tdi. Asar
Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini o’rganish uchun ham muhim hujjatli manbadir.
Tarix va iqtisodiy yo’nalishdagi asarlari N.Veselovskiy, Yakubovskiy, Ya.G’ulomov,
V.Zohidov, B.Ahmedov kabi olimlar tomonidan o’rganilgan.
Navoiy Muborak dastxat
Arab va fors tillaridagi asarlari. Alisher Navoiy fors tilida yozgan she’rlari asosida
«Devoni
Foniy»
tuzilgan bo’lib, uning muqaddimasida
«Sittai zaruriya»
(
«Olti zarurat»
) va
«Fusuli
arbaa»
(
«To`rt fasl»
) forsiy qasidalari majmualari berilgan.
«Sittai zaruriya»
to’plamidagi
qasidalar
«Ruhul-quds»
(
«Muqaddas ruh»
),
«Aynul-hayot»
(
«Hayot chashmasi»
),
«Tuhfatul-
afkor»
(
«Fikrlar tuhfasi»
),
«Qutul-qulub»
(
«Qalbdar g`izosi»
),
«Minhojun-najot»
(
«Qutilish
yo`li»
),
«Nasimul-xuld»
(
«Jannat nasimi»
) kabi nomlar bilan ataladi. Ular Xoqoniy, Dehlaviy,
Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy asarlari ruhida, ularga falsafiy-mantiqiy javob tarzida
yozilgan.
«Fusuli arbaa»da
Sulton Husayn Boyqaro madhidan so’ng
«Bahor»
,
«Saraton»
,
«Xazon»
(
«Kuz»
) va
«Day»
(
«Qish»
) vasfidan iborat. Muammo janri qoidalariga bag’ishlangan
«Mufradot»
(1485) fors tilidagi ilmiy asarida mumtoz she’riyatdagi bu janrni nazariy jihatdan
asosladi. Muammo va uni ifodalangan janrlar ruboiy, qit’a, tuyuq, ayrim hollarda g’azal
munosabatini anglatdi. Muammolarni yechish usullarini o’rgatish barobarida 121 ta misol
keltirdi. Navoiyning arab tilida
«Sab'atul-abhur»
(
«Yetti dengiz»
) nomli diniy-tasavvufiy ruhda
lug’at xarakteridagi asar yozgani ma’lum. Biroq bu asar nashr etilib, yetarli darajada
o’rganilmagan. Alisher Navoiyning fors tilidagi merosi Fitrat, H.Sulaymon, N.Mallaev,
Sh.Shomuhamedov, R.Vohidov, Boltaeva tomonidan o’rganilgan. Navoiy dahosi tufayli
insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat
ma’naviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam o’rin oldi. Mustaqil O’zbekistonda
Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan
biri va uning markazi, O’zbekiston Davlat mukofoti, O’RFA Til va adabiyot instituti, opera va
balet akademik teatri, O’zbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa
yuzlab madaniy-ma’rifiy muassasalar, jamoa xo’jaliklari ulug’ shoir nomi bilan ataladi.
Dostları ilə paylaş: |