Alisher Navoiy Nizomiddin Mir Alisher Taxallus



Yüklə 280,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix21.04.2022
ölçüsü280,22 Kb.
#55884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
alisher navoiy - wikipedia

Ilmiy-filologik merosi 

«Majolisun-nafois»

 (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira bo’lib, 

unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida ma’lumot bergan. Birinchi va 

ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot bo’lmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning 

zamondoshlari, to’rtinchi majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, 

Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor 

shoh va shahzodalar haqidagi ma’lumotlar jamlangan. Asar Fahriy Hirotiy(1521-22), 

Muhammad Qazviniy(1522-23), Shoh Ali Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga 

tarjima qilingan. 

Navoiy 

«Muhokamatul-lug`atayn»

 asarini o’z zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy 

va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan qiyoslashga 

bag’ishladi. Jonli xalq tilida qo’llanilgan ko’plab so’zlarni asarga kiritib, adabiy tilda 

qo’llanilishiga sababchi bo’ldi. O’zigacha ishlatilgan so’zlarni yangi ma’no qatlamlarini ochdi. 

O’zbek tili grammatikasini Mahmud Koshg’ariydan so’ng ilmiy asosga soldi. O’zbek tilining 

badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi bo’ldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng 

yirik va e’tiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi. 



Aruz nazariyasiga bag’ishlangan 

«Mezonul-avzon»

(1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini 

turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va og’zaki she’riyati namunalarining vazn 

xususiyatlarini o’rgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk she’riyati murakkab aruz 

tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. To’qqizta 

yangi vazn va she’riy shaklni aniqladi. Turklik tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni 

ilgari surdi. 

Navoiyning ilmiy-filologik merosini muntazam tadqiq qilish 20 asrning 20-yillaridan yo’lga 

qo’yildi. Bu yo’nalishda Fitrat, Oybek, A.Sa’diy, O.Sharafiddinov, A.Hayitmetov, I.Sulton, 

H.Qudratullaev kabi adabiyotshunos va A.K.Borovkov, O.Usmonov, A.Rustamov kabi tilshunos 

olimlarning ishlari e’tiborli. 




Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin