Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, badiiy grafika va mehnat ta



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/27
tarix03.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#106585
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
201487 (1)

Kelin salom. Kelinchak tushgach ertasi kuni kuyovning qarindosh urug‟lari 
bilan tanishtirish marosimida kelin salom yoki bet ochar qo‟shiqlari aytiladi. 
An‟anaga ko‟ra kayvoni kelinni uydan olib chiqa boshlaganda aytiladi. Uy egalari 
va marosimda hozir bo‟lganlar “Alik salom” deb javob qaytarib turishadi. Buxoro, 
Samarqand viloyatlarida an‟anaviy “Salomnomalar” kelin salomda kayvoni 
kuyovga qaynota, qaynona hamda tog‟alari, ammalari, xolalariga salom berganda, 
ta‟rif-tavsiflar orasida hazilnoma so‟zlari qo‟shib marosimga sho‟x kayfiyat 
berishga harakat qiladilar. Ko‟p joylarda (Farg‟ona, Toshkent, Jizzax, Janubiy 


49 
Qozog‟iston o‟zbeklari) kelin salom to‟rt satrdan, Surxondaryo-Qashqadaryo 
ayrim joylarida uch satrda tashkil topadi: 
Kayvoni: Bog‟ orasidan yo‟l bergan,
Hamyonidan pul bergan. 
Qaynotasiga bir salom. 
Ayollar: Alik salom! 
Kayvoni: Suv kechgani eringan, 
O‟g‟il tug‟ib kerilgan. 
Qaynonasiga bir salom. 
Ayollar: Alik salom! 
Kayvoni: Ariqdagi zulukday, 
Qoshi-ko‟zi pilikday. 
Qoqib qo‟ygan ilikday, 
Ovsiniga bir salom. 
Ayollar: Alik salom! 
Yig‟i-yo‟qlovlar. Azada ayollar tomonidan yig‟lab aytiladigan yo‟qlov, 
bo‟zlov qo‟shiqlarida marhumning yaxshi sifatlari yo‟qlanadi. Yig‟ida 
boshlovchilar bo‟ladi. Ularni go‟yanda yoki “yig‟ichi” deyishadi. Go‟yanda so‟zlar 
ma‟lum ohangda kuylab nola qiladi, har bir ikki, to‟rt, satrdan to‟rtlishdan so‟ng 
ayollar bir ohangda “uv” tortishadi. Ota-ona vafot etsa “voy otam”, “voy onam”, er 
yoki xotin vafot esa “voy jo‟ram”, “voy uyim” deb yig‟lash odatga kirgan. 
Dod o‟limning dastidan, voy otam, 
Faryod o‟limning dastidan, voy otam 
Baland tog‟lar past bo‟ldimi, voy otam 
O”lganingiz rost bo‟ldimi, voy otam 
Yeksa bitmas maydonim, voy jo‟ram 
Chaqirsam kelmas mehmonim, voy jo‟ram 
Ot ko‟tarmas polvonim, voy jo‟ram 
Boshimdagi sultonim, voy jo‟ram 


50 
Mahalliy uslublarga xos namunalarni musiqa darslarida o‟rganishda 
respublikamizda faoliyat ko‟rsatayotgan folklor-etnografik ansambllari repertuarini 
ko‟zdan kechirish, ular ijrosi musiqa yozuvlarini darsda o‟quvchilarga yeshittirish 
va qisqa o‟tkazish yaxshi natija beradi. Biz o‟zimizning tajriba-kuzatuvlarimiz 
davrida bu ish uslubiga ko‟p marotaba murojaat qildik va uning samaradorlik 
natijalariga guvoh bo‟ldik. 
Hozirgi vaqtda respublikamiz turli viloyatlarida faoliyat yuritayotgan 
ko‟plab folklor-etnografik ansambllar hatto chet yellarda ham xalq hayotini turli 
ko‟rinishlarini ifoda etuvchi repertuari bilan shuhrat qozonib kelmoqda. Ulardan 
“Nozanin”, “Chavki”, “Orazibon”, “Beshqarsak”, “Sarboz”, “Boysun”, “Omon 
yor”, “Zebomxon”, “Gelitan”, “ayniqsa mashhur. Surxondaryo viloyatining 
“Boysun” tumanida tashkil etilgan “Boysun” ansambli 1975-yildayoq Polshada 
bo‟lib o‟tgan “Tog‟li o‟lkalar” 13-xalqaro folklor-yetnografik ansambllar 
festivalida qatnashib, ikkinchi darajali “Kumush boltacha” mukofoto sovrindori 
bo‟lgan. Ansambl 1978-yilda Sobiq SSSR xalqlari Butunittifoq festivalida shunday 
tipdagi 47 jamoa o‟rtasida 1-o‟rinni egalladi, keyinchalik “YUNESKO”ning -------
-------------------- kiritildi. Ansambl repertuaridan biz yuqorida tilga olgan “Xo‟p 
mayda”, “Sust xotin”, “Yaqqu-yaq”, “Cho‟p o‟yini” “Um-ufu”, “Lolagul”, 
“To‟ldirma”, “Xalinchak”, “Turna keldi”, “Sovchilar qo‟shig‟i”, “O”tin 
yorolmaysan” kabi ko‟plab aytimlar o‟zining milliy kolariti, ritm-uslubi, ijro 
paytidagi kiyim-libos, cholg‟u sozlari bilan o‟quvchilarda yorqin taasurot 
qoldirgan. 
Xorazm vohasida mahalliy xalqning uzoq o‟tmishidan shakllangan mavsum-
marosim, mumtoz va maqom ijrochiligi o‟zining vokal, etnografik ko‟rinishlari 
ritmikasi, raqsi, ohangi, shevasi, cholg‟ulari, kiyim-liboslari bilan yaqqol ajralib 
turadi. Bu yerda o‟z atrofiga xalq orasidan chiqqan ixlosmandlarni uyushtirgan 
“Orazibon” folklor-etnografik ansamblidir.San‟ashunoslik fanining uqtirishicha 
Xorazmda yalla, duyet, raqslarning yuzga yaqin turi mavjud. Ansambl 
repertuaridagi “O‟ynar”, “Nima,nima, nima deysiz?”, “Orazibon”, “Gulband”, 
“Biylama”, “Norim-norim” kabi qo‟shiq va raqslar alohida o‟ziga xosligi bilan 


51 
ajralib turadi. Chunonchi “Norim-norim” raqsi faqat Xorazm xalqi orasidagina 
mashhur bo‟lib, u asosan raqqoslar tomonidan ijro etiladi. 
Samarqand viloyatining Bulung‟ur tumanida tuzilgan “Chavki” ansambli 
qatnashchilari faqat yerkaklardan iborat.Ansambl qatnashchilari birora musiqa 
asbobidan foydalanishmaydi. Ansambl ijrosidagi barcha aytimlar qarsak jo‟rligida 
ijro etiladi: 
Olma oqib keladi, 
Suvda qalqib keladi. 
Qarang bu suluv qizlar, 
Qoshin qoqib keladi. 
Tilla kamar belimda, 
Yonb keldim elingga. 
Senvafodoryorbo‟lsang,
Poyondozmanyo‟linga. 
Ansambl repertuaridagi qo‟shiq o‟yinlarning ohang(usul-ritmi)ga moslab, 
qarsak, qo‟sh qarsak, uch qarsak, besh qarsak, yeti qarsak, to‟qqiz qarsakdan 
foydalaniladi. “Chavki” o‟yini ilgari faqat ushbu hududda o‟ynalgan. 
Farg‟onadagi “Omon yor” folklor ansambli xalq qo‟shiqlarini mohir 
ijrochisi Rahima Mazohidova nomi bilan chambarchas bog‟liq. Ansambl 1981-yili 
shu san‟atkor rahbarligida tuzilgan.Ansambl ijrosidagi juda ko‟plab qo‟shiqlar 
O‟zbekiston Radiosida yozib olingan. 
Maktab musiqa ta‟limida o‟quvchilarni mahalliy uslublarga xos namunalar 
bilan shu orqali o‟zbek xalqining nihoyatda boy, turli viloyat, hatto ayrim 
tumanlardagina xos ijrochilik an‟analari uslublari bilan tanishtirib borish, shu 
orqali ularda milliy xalq musiqasiga chinakam mehr-muhabbat uyg‟otishda 
ta‟kidlab o‟tilgan hududlarda faoliyat yuritayogan folklor-etnografik ansambllari 
tomonidan ijro yetilgan asarlarni tinglattirish, videoyozuvlarni birgalikda tomosha 
qilish, so‟ngra ular haqida tahlil-suhbatlar o‟tkazib borish juda muhim ahamiyat 
kasb etadi. 


52 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin