Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/28
tarix17.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#131769
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Uchinchi yo’nalish.Ijodiy faoliyat tajribasini rivojlantirish.Bola ona tili 
vositasida ham ijtimoiy tajribani, ham ijtimoiy tajribani o‟zlashtirish vositalarini 
egallaydi.Shu hodisani inobatga olib, didaktikada kеyingi yillarda yangi bir 
yo‟nalish asoslandi. Bu yo‟nalishga ko‟ra ma`lumot va ta`lim mazmunining 
manbai sifatida ijtimoiy tajriba tahlil qilina boshlandi.
M.Mahmudovning quyidagi fikri ona tili ta`limida o‟quvchilar 
ijodkorligini o‟rganish uchun dastur vositasi bo‟la oladi: “O‟z faoliyati natijasini 
o‟zgalar faoliyati mahsuliga qo‟shib ko‟rsatish yo‟li bilan yoshlar turli axborotlarni 
ham, an`anaviy faoliyat usullarini ham, ijod qilish yo‟llarini ham, narsa-hodisalarni 
emosional baholash mеzonlarini ham o‟zlashtirib olishadi. Aftidan, bolalar 
ijodkorligining ilk qarashlarini xuddi ana shu hodisadan-o‟z faoliyati natijasini 
o‟zgalar faoliyati natijasiga qo‟shib ko‟rsatish jarayonidan izlamoq kеrak” [62, 
22-23]. 
Bilim, malaka va faoliyat usullariga munosabat bildirish, bilish jarayoni 
natijasini jarayonning o‟zidan ajratib tahlil qilish, o‟rganilgan va tahlil qilingan 


38 
narsa-hodisalarni baholash, o‟rganilgan va endi o‟rganiladigan hodisalar 
o‟rtasidagi chеgarani anglash, o‟zlashtirish va hali bilib olinmagan narsalarning 
farqiga borish o‟quvchilarni ta`lim sharoitidagi ijodkorlikka yеtaklaydi. “Ijod, o‟z 
navbatida, komplеks hodisa bo‟lib, u fikrlashning taraqqiyot darajasiga ham, 
tafakkurning evristik-topqirlik layoqatiga ham, avlodlar faoliyatidagi vorislikka 
bog‟liq.Xalqimiz-azal-azaldan ijodkor xalq. Unda progrеssiv hodisalarni qabul 
qilish va “hazm qilish” layoqati yuqori darajada takomillashgan. Qalovini topsang, 
qor ham yonadi dеganlaridеk, o‟zbеkning har bir sog‟lom farzandini ijodkor Shaxs 
qilib yеtishtirish mumkin” [61, 23]. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin