Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 185,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix09.05.2022
ölçüsü185,34 Kb.
#56819
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
mushak tizimining umumiy fiziologiyasi

Muskullarning qisqarish ximizmi. 

 

Muskul  qisqarganda  sodir  bo’ladigan  kimyoviy  jarayonlar,  asosan  ikki  fazada: 

kislorodsiz-anaerob  fazada  va  kislorodli-aerob  fazada  o’tadi.  Bu  ikkala  fazada  bir 

qancha  kimyoviy  o’zgarishlar  yuz  berib,  energiya  ajralib  chiqadi,  ana  shu 

energiyaning  hisobiga muskul  qisqaradi va ish bajaradi. 

Anaerob  faza  -  muskulning  qisqarishi  uchun  zarur  energiya ana shu fazada hosil 

bo’ladi.  Dastlab  adenozintrifosfat  kislota  adenozindifosfat,  adenil  va  fosfat 

kislotalarga  parchalanadi.  Shu  reaksiya  natijasida  energiya  ajralib  chiqadi  va  bu 

energiya  muskulning  qisqarishi  uchun  sarflanadi.  Adenozintrifosfat  kislotasining 

parchalanishidan  hosil  bo’lgan  fosfat  kislota  glikogen  bilan  birikib,  geksozafosfat 

hosil  qilish  uchun  sarf  bo’ladi.  Anaerob  fazaning  ikkinchi  bosqichida  kreatinfosfat 

kislota  kreatin  va  fosfat  kislotaga  parchalanadi.  Bu  reaksiya  paytida  ham  energiya 

ajralib  chiqadi.  Ajralib  chiqqan  energiya  hisobiga  hosil  bo’lgan  fosfat  kislota, 

adenozindifosfat  va  adenil  kislotalar  birikib  yana  adenozintrifosfat  kislotani  hosil 

qiladi.  Anaerob  fazaning  uchinchi  bosqichida  geksozafosfat  sut  kislota  bilan  fosfat 

kislotalarga  parchalanadi,  oqibatda  ma’lum  miqdorda  energiya  ajralib  chiqadi. 

Ajralib  chiqqan  energiya  hisobiga  hosil  bo’lgan  fosfat  kislota  kreatin  bilan  birikib, 

kreatinfosfat  sintezlanadi.  Shunday  qilib,  bu  fazada  birin-ketin  bo’ladigan  reaksiyalar 




natijasida  adenozintrifosfat  va  kreatinfosfat  kislotalar  qayta  hosil  bo’ladi  va  ma'lum 

miqdorda sut kislota ajralib  chiqadi. 



Aerob  faza.  Anaerob  fazaning  oxirida  hosil  bo’lgan  sut  kislota  kislorod 

ishtirokida  karbonat  angidrid  va  suvgacha  parchalanadi.  Lekin  sut  kislotaning 

hammasi  suv  va  karbonat  angidridgacha  parchalanmay  faqat  1/5  qismigina 

parchalanadi.  Bu  reaksiya  natijasida  ham  energiya  hosil  bo’ladi.  Ana  shu  hosil 

bo’lgan  energiya  hisobiga  parchalanmay  qolgan  4/5  qism  sut  kislota  yana glikogenga 

sintezlanadi.  Muskulda  sodir  bo’ladigan  kimyoviy  jarayonlar  to’g’ri  kechganda  unda 

ATFning  miqdori  kamaymaydi.  Faqat  ma’lum  miqdorda  glikogen  sarf  bo’lib boradi, 

xalos.  Muskulda  glikogen  tanqisligi  yuz  berganda  yog’lar  va  oqsillar  ham  parchalana 

boshlaydi  va  energetik  manba  sifatida  sarf  bo’lib  borishi  mumkin.  Yuqorida  qayd 

qilinganlardan  ko’rinadiki,  muskulning  qisqarishi  uchun  kislorod  bo’lishi  shart  emas, 

kislorod  bo’lmaganda  ham muskul qisqara oladi. Lekin muskul kislorodsiz uzoq vaqt 

davomida  qisqara  olmaydi.  ATF,  kreatin-fosfat  va  geksozafosfatlarning  tanqisligi  va 

sut kislotaning  to’planib qolishi  tufayli,  tezda charchab qoladi. 


Yüklə 185,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin