Muskulga muayyan miqdordagi kuch (yuk) bilan ta'sir etsak, u chuziladi.
Chuzilish darajasi yukning miqdoriga bog’liq bo’ladi. Muskul chuzilgandan keyin
unga ta'sir etgan yukni olib tashlasak, u avvalgi holatini egallashga intiladi. Muskul
biror kuch yordamida chuzilgandan keyin uning dastlabki holatini egallashga
intilishiga va ma'lum darajada egallay olishiga muskul elastikligi deyiladi. Muskul
chuzilgandan keyin hamma vaqt ham o’zining dastlabki holatini to’la egallay
olmaydi. Muskul kuchliroq chuzilsa, u dastlabki holatiga to’la qaytmaydi. Oqibatda
muayyan vaqtgacha shakli va holati bir qadar o’zgarib qoladi. Muskul shakli,
holatining o’zgarib qolishi unga ta'sir qilgan kuch bilan birga plastlikligiga ham
bog’liq. Muskulning muayyan kuch ta'sirida o’zgargan shaklini saqlash xususiyatiga
plastikligi deyiladi.
Dostları ilə paylaş: