Silliq muskullarning xususiyatlari.
Silliq muskullar ham qo’zg’aluvchanlik, qo’zg’alishni o’tkazish, qisqarish,
elastiklik, plastiklik, chuziluvchanlik, tonuslik va avtomatiya xususiyatlariga ega.
Silliq muskullarning qo’zg’aluvchanligi va qo’zg’alishni o’tkazishi ko’ndalang-targil
muskullarnikidan past. Qo’zg’alish bu muskullarning barcha tolalari bo’ylab bemalol
tarqala oladi. Silliq muskullar uzoq vaqt qisqarib tura oladi. Ko’ndalang-targil
muskullarning yakka qisqarishi sekundning o’ndan yoki yuzdan bir bo’laklari
mobaynida davom etsa, silliq muskullarning qisqarishi 100 sekundgacha davom
etishi mumkin. Silliq muskullarning uzoq qisqarib tura olishi ularning faoliyati uchun
katta ahamiyatga ega. Shuning uchun barcha kovak organlar (qon tomirlari,
oshqozon-ichak tizimi, siydik pufagi va boshqalar) ning devori tonik qo’zg’algan
holatda bo’ladi. Silliq muskullarning elastikligi ko’ndalang-targil muskullardagiga
qaraganda kamroq, bu muskullar yaxshi chuziladi va shaklini yengil o’zgartira oladi
(plastiklik). Shu sababli bu muskullardan tuzilgan ichki organlar hajmini tez
o’zgartira oladi. Silliq muskullar avtomatiyalik xususiyatiga ham ega, ya'ni ular
o’zlarida hosil bo’ladigan impulslar ta'sirida qisqara oladi.
Dostları ilə paylaş: |