Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Ta'sirotni ikki tomonlama o’tkazish xususiyati



Yüklə 185,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix09.05.2022
ölçüsü185,34 Kb.
#56819
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
mushak tizimining umumiy fiziologiyasi

Ta'sirotni ikki tomonlama o’tkazish xususiyati. Agar biror nerv o’rta joyidan 

ta'sirlansa,  u  vaqtda  ta'sirot  ham  markazga,  ham  periferiyaga  qarab  tarqaladi.  Nerv 

tolasining  bunday  ikki  tomonlama  o’tkazish  xususiyatini  birinchi  marta  rus  olimi 

A.I.Babuxin  (1877)  aniqlagan.  A.I.Babuxin  Nil  daryosida  yashaydigan  laqqa 

baliqning  elektr  organiga  keladigan  nervi  ustida  tajriba  o’tkazib,  ta'sirot  bu  nervdan 

har  ikki  tomonga  o’tishini  isbotladi.  Nil  laqqa  balig’ida  boshqa  elektrli  baliqlar 

singari,  dushmandan  saqlanish  va  hujum qilish uchun elektr toki chiqaradigan maxsus 

organ  bo’ladi.  Bu  baliqning  elektr  organi  mayda  bo’laklarga  bo’lingan  ustunlardan 

tashkil  topgan.  A.I.Babuxin  bu  nerv  tolasini  kesib  va  organning  o’rta  qismini  olib 

tashlab,  pastki  bo’lakka  keladigan  nerv  tolasini  ta'sirladi.  Buning  natijasida  elektr 

chiqaradigan  organning  shu  pastki  qismidagina  emas,  balki  yuqori  qismlarida  ham 

tok paydo bo’ldi. 

Shundan  ma'lumki,  nerv  ta'sirlanganda  ta'sirot  faqat  periferiyaga  bormay  (ya'ni 

organning  pastki  qismidagina  elektr  toki  hosil  qilib  qolmay)  balki,  nervning  ikkinchi 

tomoniga,  ya'ni  markazga  qarab  ham  o’tadi  va  shuning  uchun  organning  ustki 

qismida ham elektr  toki hosil bo’ladi. 

 


Yüklə 185,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin