Bir nerv hujayrasidan ikkinchi nerv hujayrasiga yoki nerv hujayrasidan u bilan
innervatsiyalanuvchi to’qimaga qo’zg’alish o’tishini ta'minlaydigan murakkab
strukturali tuzilma sinaps deb ataladi. Barcha sinapslar markaziy va periferik
sinapslarga bo’linadi. Markaziy sinapslar bir neyron tanasi yoki dendritining ikkinchi
neyron aksoni bilan tutashgan joyi bo’lsa, periferik sinapslar akson bilan ishchi organ
(muskul,
bez)ning tutashgan joyidir. Hozirgi vaqtda sinapslardan ta'sirot
o’tkazilishida elektr toki (biopotensiallar) bilan birga kimyoviy moddalar -
mediatorlar (atsetilxolin, noradrenalin, adrenalin) ishtirok etishi isbotlangan.
Sinapslar uchta asosiy elementdan: presinaptik (sinapsdan oldingi), postsinaptik
(sinapsdan keyingi) membranalardan va sinaps tirqishidan iborat. Har bir nerv
tolasining oxirini qoplovchi membrana – presinaptik membrana deyiladi. Nerv
oxirida o’ziga xos neyrosekretor apparat bo’lib, ana shundan mediator ishlanib
chiqadi. Tinchlik holatida mediator sinaptik pufakchalarda turadi. Nerv tolasi
qo’zg’alganda uning presinaptik membranasi depolyarizatsiyalanadi, oqibatda
sinaptik pufakchadagi mediator presinaptik membrana orqali sinaps tirqishiga sizib
o’tadi va postsinaptik membrananing depolyarizatsiyalanishiga sabab bo’ladi.
Natijada postsinaptik membranada harakat potensiallari paydo bo’ladi. Oqibatda
tegishli hujayra qo’zg’alib, faol holatga o’tadi. Parasimpatik nerv va ayrim simpatik
nerv tolalari qo’zg’alganda, ularning uchlaridan atsetilxolin, ko’pchilik simpatik nerv
tolalari qo’zg’alganda esa, noradrenalin va bir oz miqdor adrenalin ajraladi. Mana shu
mediator moddalar tegishli fermentlar (atsetilxolin, xolinesteraza, noradrenalin va
adrenalin, amino-oksidaza fermentlari) ta'sirida tez parchalanib ketadi. Shu sababli
sinaptik pufakchadan sinaps tirqishiga bir marta chiqarilgan mediator postsinaptik
membranada bitta harakat potensialini hosil qiladi. Qo’zg’alganda atsetilxolin
ajratadigan tolalar xolinergik tolalar, noradrenalin va adrenalin ajratadigan tolalar esa,
adrenergik tolalar deyiladi. Sinapslar ta'sirotni bir tomonlama, sekinlashtirib
o’tkazadi. Sinapslarning bu xususiyati ulardan ta'sirot o’tkazilishida mediatorlarning
ishtirok etishiga bog’liq. Chunki mediatorlar faqat nerv tolalarining uchlarida hosil
bo’ladi, ya'ni nerv tolasining oxiridan chiqqan mediator muskul tolasi, bez yoki nerv
hujayrasining postsinaptik membranasini qo’zgatadi. Muskul tolasida, bez yoki nerv
hujayrasida vujudga keluvchi harakat potensiali esa, sinaps tirqishi borligidan, nerv
oxirlarini va nerv tolalarini qo’zgata olmaydi. Sinapsdan ta'sirotning sekinlashib,
to’xtalib o’tishi, hosil bo’lgan mediatorning presinaptik membranadan sizib o’tishi va
postsinaptik membranaga yetib borib, ta'sir etishiga va sinapsning boshqa
xususiyatlariga bog’liq. Sinapslarning qo’zg’alganligi va labilligi past. Shu sababdan
bo’lar tez tormozlanadi.
Dostları ilə paylaş: