Ayrim organ va to’qimalarning ishlashi natijasida ish qobiliyatining vaqtincha
charchog’i yozilib, yo’qolib ketadi. Muskul qanchalik tez qisqarsa, u shunchalik tez
charchaydi. Muskulning charchashini tushuntirish uchun bir qancha nazariyalar
yaratilgan. Ba'zi olimlar ishlash natijasida energiya zahirasi tugab qoladi, degan fikrni
bayon qilsa, boshqa bir guruh olimlar ishlash vaqtida organizmda har xil zararli
tushuntiradilar. Charchashni tushuntirish uchun yaratilgan nazariyalarning hech biri
N.E.Vvedenskiy muskulning charchashi mohiyat e'tibori bilan reflektor akt ekanligini
o’z tajribalarida isbotladi. O’sha tajribalarda u muskuldan oldin nerv tizimi
charchashini aniqladi. Muskulning charchashida bosh miya yarim sharlarining
po’stlog’i ham katta rol o’ynaydi. L.A.Orbeli charchagan muskulning ish qobiliyati
vegetativ, ayniqsa uni simpatik bo’limi ta'sirida o’zgarishini, ya'ni muskul charchab
turganida unga keladigan simpatik nerv ta'sirlansa, muskulning yana qaytadan ishlay
boshlashini o’z laboratoriyasida aniqladi. Bu vaqtda simpatik nerv muskulda sodir
bo’layotgan moddalar almashinuvini o’zgartirish yo’li bilan uning ishlashini
yaxshilaydi.
Dostları ilə paylaş: