Bu muskullar qo’zg’aluvchanlik, qo’zg’alishni o’tkazish, qisqarish, elastiklik,
plastiklik,
chuziluvchanlik
va
tonuslik
xususiyatlariga
ega.
Muskulning
qo’zg’aluvchanlik darajasini aniqlash uchun muskul kurare zahari bilan zararlanadi.
Chunki nerv tolalari ham bo’lib, ularning qo’zg’aluvchanligi muskullarnikidan
baland bo’lganligi sababli, ta'sirot berilganda dastlab shular qo’zg’aladi. Nervning
qo’zg’alishi muskulning ham qo’zg’alishi va qisqarishiga sabab bo’ladi. Shunga
ko’ra, muskulning qo’zg’aluvchanligi to’g’risida aniq ma'lumot olib bo’lmay qoladi.
Kurare bilan zararlangan muskul va nervlarning qo’zg’aluvchanligi o’zgarmaydi,
ammo nerv bilan muskulning aloqasi uziladi, ya'ni nervdan muskulga impuls utmay
qo’yadi. Bu muskul ta'sirlanganda uning qo’zg’aluvchanligini to’g’ri aniqlashga
imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: