Nafasga olinadigan va undan chiqariladigan havoning tarkibi (foiz xisobida):
Nafasga olinadigan va undan chiqariladigan havodagi azot miqdorining deyarli
qismi tarkibi jihatidan atmosfera havosining tarkibiga juda yaqin bo’ladi. Chunki
nafas chiqarilayotganda, dastavval, gaz almashinuvida ishtirok etmagan havo “zararli
bo’shliq” havosi chiqariladi. Nafasdan chiqariladigan havoning keyingi, oxirgi qismi
esa, o’z tarkibi jihatidan alveola havosining tarkibiga yaqin turadi. Shu sababli,
nafasdan chiqariladigan havoning oxirgi qismi tarkibini o’rganib, alveola havosining
tarkibi to’g’risida fikr yuritsa bo’ladi. Alveola havosining tarkibi nafas olish va
chiqarish paytlarida kam o’zgaradi, nafas chiqarilayotgandagina tarkibidagi karbonat
angidrid 0,3-0,4% ga kamayadi. Nafasdan chiqarilayotgan havoning bosimi alveola
havosi tarkibidagi suv bug’lari xisobiga bir mincha ko’paygan bo’ladi.
Gazlarning qon bilan tashilishi. Qonning organizmdagi eng muhim
vazifalaridan biri gazlarni (kislorodni) o'pkadan to’qima va hujayralarga va aksincha
to’qimalardan o'pkaga toshishdir. O'pkada alveola havosi bilan venoz qon o’rtasida
gaz almashinar ekan, ma’lum miqdordagi karbonat angidrid venoz qondan alveola
havosiga o’tkaziladi, shu vaqtning o’zida venoz qon alveola havosidan o’tadigan
kislorod bilan tegishli darajagacha to’yinadi. Shunday qilib, o'pkada venoz qon
kislorod bilan to’yinib, arterial qonga aylanadi va kislorodni organizmning barcha
hujayralariga yetkazib beradi. To’qimalarda esa, arterial qon bilan hujayralar
o’rtasidagi gaz almashinuvi tufayli, arterial qondan ma’lum miqdordagi kislorod
hujayralarga o’tadi, shunda arterial qon hujayralardan karbonat angidrid gazini olib,
shu bilan to’yinadi va venoz qonga aylanadi, so’ngra o'pka tomon harakat qiladi. Qon
o'pkada karbonat angidridni, to’qimalarda esa kislorodni o’zidan hech vaqt to’la
bermaydi. Qonda ma’lum miqdordagi kislorod, karbonat angidrid doimo organizm
bo’ylab aylanib yuradi. Qonning gazlari deganda ham qonda bo’ladigan ana shu
gazlar nazarda tutiladi. Organizmda kechayotgan oksidlanish jarayonlari muqarrar
ravishda kislorodning o’zlashtirilishi, sarflanishi va karbonat angidridning ajralib
chiqishi bilan birga davom etadigan bo’lgani uchun qondagi ana shu gazlarni
o’rganish nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. I.M.Sechenov o’tgan asrdayoq
qonning gaz tarkibini o’rganish sohasida katta ishlar qildi va oqibatda birinchi bo’lib
arterial va venoz qonlaridagi kislorod, karbonat angidrid va azot miqdorini to’g’ri
aniqladi. Keyingi paytlarda qonning gaz tarkibini boshqa bir qator olimlar ham
o’rgandi. Hozirgi kunda buni fiziologiyadagi eng yaxshi o’rganilgan masalalardan
biri desa xato bo’lmaydi.
Kislorodning qon bilan tashilishi. Qonda kislorodning bir qismi qon
plazmasida erigan holda, asosiy qismi esa eritrotsitlardagi gemoglobinga birikkan
holda (bunda oksigemoglobin hosil bo’ladi) tashiladi. Kislorodning plazmada
nechog’li erishi, shuningdek gemoglobin bilan birikib, oksigemoglobin hosil qilishi
parsial bosimga ko’p jihatdan bog’liq.
Gemoglobinning ajoyib xususiyatlaridan biri shuki, u kislorodni parsial bosimi
baland joyda –o’pkada juda yengil biriktiradi, parsial bosim past joyda –to’qimalarda
esa uni o’zidan osonlik bilan ajratib chiqaradi. Bir gramm gemoglobin to’liq
oksigemoglobinga aylanganda 1,34ml(dm
3
) kislorodni biriktiradi. Agarda turli
qishloq xo’jalik hayvonlarining qonida o’rtacha 13-15gr.%gemoglobin bo’lishini
xisobga olsak, o'pkada 100ml qondagi gemoglobin to’liq oksigemoglobinga
aylanganda qancha kislorod biriktirib olishini aniqlay olamiz. 100ml qondagi
gemoglobinning to’la oksigemoglobinga aylanishi uchun zarur bo’lgan kislorod
miqdoriga qonning kislorod sig’imi deyiladi.
Qonning kislorod sig’imi turli hayvonlarda o’rtacha17,32-20,0sm
3
ni tashkil
qiladi. Qonning kislorod sig’imini bilgan holda qon tomirlaridan endigina olingan
qon tarkibidagi kislorod miqdorini aniqlab, bu qonning kislorod bilan qay darajada
to’yinganligi to’g’risida fikr yurita olamiz. Kislorodning parsial bosimi bilan
gemoglobinning
oksigemoglobinga
aylanishi
o’rtasidagi
munosabatni,
oksigemoglobinning dissotsiatsiya egri chizig’iga qarab kuzatsa bo’ladi(28-rasm).
Dostları ilə paylaş: