Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Qonda kislorod yetishmasligi va karbonat angidrid gazi ko’pligining nafas



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix02.01.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#46421
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
nafas olish fiziologiyasi

Qonda kislorod yetishmasligi va karbonat angidrid gazi ko’pligining nafas 

olishni boshqarishdagi roli. 

 

Organizm  nafas  olinganda  qabul  qilinadigan  kisloroddan  boshqa  hech  qanaqa 

zahiraga  ega emas. 

Qonda,  uning  parsial  bosimi  pasayib  ketishi  tufayli  yuzaga  keluvchi 

kislorodning 

yetishmasligi 

gipoksemiya, 

to’g’ridan-to’g’ri  nafas  markazini 

qo’zg’atmaydi.  Odam  hayot  uchun  xavfli  gipoksemiyaning  boshlanish  vaqtini 

aniqlash  imkoniga  ega  emas,    kislorod  taqchilligiga  hyech  qanday  belgilarga  ega 

bo’lmasdan  va  hushdan  ketadi  (masalan  sekin-asta  katta  balandlikka  ko’tarilish,  is 

gazi  bilan  zaharlanish  va h.k.). 

Organizmda  yoki  to’qimalarda  kislorod  yetishmasligiga  gipoksiya  deyiladi. 

Uning  bir  necha  xillari  farqlanadi:  1)  nafasli  gipoksiya  –olinadigan  havoda  kislorod 

taqchilligi  yoki  nafas  jarayonlarini  boshqarishining  buzilishi;  2)  sirkulyatorli  –  qon 

aylanishining  buzilishi;  3)  anemiyali  –  qonli  miqdorining  yetishmasligi  yoki  uning 

nafas  funksiyalarining  buzilishi  va  4)  toksinli  –  bir  qator  zaharlar  bilan 

zaharlanganda. 

Organizmni  himoyaviy  moslanishi  gipoksiyani  tipiga  bog’liq  holda  turlichadir. 

Bosh miya  katta yarim  sharlari  va oliy  sezgi organlari  gipoksiyaga  juda sezuvchandir. 

Nafas  markazining  neyronlarini  kislorod  bilan  yetarlicha  ta’minlanmasligi 

(gipoksiya)  o’z-o’zidan  nafas  markazini  qo’zg’atmaydi.  Nafas  markazlarida  uni 

kislorod bilan  yetarlicha  ta’minlanmasligi  tufayli  chiqib  ketmagan  katta  miqdordagi 

kislotalarning  unda  jamlanishi  tufayli  gipoksiya  faqatgina  ikkinchi  safar  nafas  

markazlarini  qo’zg’aydi.  

Kislotalarning  bunday  jamlanishi  u  yerda  vodorod  ionlari  konsentrasiyasining 

ortishi  bilan  birgalikda  kechadi.  O’pka  ventilyasiyasining  tezlashishi,  karbonat 

angidrid  gazining  chiqarilishini  ortishi  va  nihoyat  qondagi  vodorod  ionlari 

konsentrasiyasining  kamayishi  nafas markazlarining  qo’zg’alishini  chaqiradi. 

Shunday qilib, nafas markazi qon pH ning doimiyligini ta’minlaydi. Kislotalarga 

boy  bo’lgan  go’shtli  ovqatlar  bilan  ovqatlanganda  nafas  markazlari  kuchli 



qo’zg’aladi, nafas tezlashadi bu esa karbonat angidrid gazining kuchli  ajralishini  va 

qon pH ning  doimiyligini  saqlaydi. 

Karbonat  angidrid  gazining  nafas  markazlarini  qo’zg’atuvchi  ta’siri  chorraha 

qon  aylanishi  bo’yicha  hayvonlarda  o’tkazilgan  tajribalarda  ko’rsatilgan.  (Fredrik 

tajribasi). 

Bu  tajriba  shundan  iboratki,  narkoz  ostidagi  itlarning  birini  uyqu  arteriyasiga 

ikkinchi  itning  uyqu  atreiyasi  ulanadi,  tomirlarni  ulash  tartibiga  ko’ra,  har  bir  itning 

bosh  miyasi  qonni  boshqa  it  tanasidan  olishi  kerak.  Agar  bir  itga  CO

2

  bilan  nafas 



oldirilsa,  o’pka  ventilyasiya  shu  itda  emas  balki  boshqa  itda  tezlashadi.  Bu  tajriba 

shuni ko’rsatdiki, nafas markazlari uni yuvib o’tuvchi qon tarkibida CO

2

 ning ortishi, 



dastlabkisini  qo’zg’atadi. 

Germetik  jihatdan  yopiq  kenglikda  nafas  olish  odamlarda  nafas  qisishi 

(dispnoe),  ya’ni    nafas  olishning  sekinlashishi  va  chuqurlashishini  chaqirish 

tajribalarda  ko’rsatilgan. 

Olinadigan nafas havosidagi CO

2

 ning  miqdori biroz ko’paytirilganida, alveolar 



havo  tarkibida  uning  miqdori  nafas  markazlarini  qo’zg’alishi  va  o’pka 

ventilyasiyasining  tezlashishi  tufayli  juda  kam  o’zgaradi.  Olinadigan  nafas  havosi 

tarkibidagi CO

2

 miqdori ko’paytirilganida, hattoki o’pka ventilyasiyasini tezlashtirish 



ham  alveolyar  havo  tarkibidagi  uning  miqdorini  kamaytirish  imkonini  bermaydi. 

Natijada  qondan  CO

ning    ajralishini  qiyinlashtiradi,  qonda  uning  parsial  bosimi 



ortadi, oqibatda nafas  markazida  katta qo’zg’alish va kuchli  nafas qisishini  chaqiradi. 

Nafas olish to’xtatilganidan keyin, qonda CO

xohishga bog’liq bo’lmagan holda 



vaqtinchalik  nafas olishning  tezlashishini  (giperknoe)  chaqiradi. 

Qonda  CO

ning  miqdori  kuchli  nafas  olishdan  keyin  nafas  markazi  faoliyatini 



qo’zg’atadi  va  nafas olishni  birmuncha  to’xtatib  turadi  (apnoe) qon  tarkibidagi  CO

odatiy darajaga  yetguniga  qadar yuqoridagi holatni  ushlab turadi. 



Shuning  uchun,  2  daqiqa  davomida  kuchli  nafas  olish  navbatdagi  nafas  olishni 

65-260 soniya davomida ushlab turishni ta’min etadi. Alveolyar havo tarkibidagi CO

 

miqdori  0,2  %  dan  tushib  ketganida  apnoe  yuz  beradi.  Odatiy  nafas  olgandan  keyin 



odam 75 soniya davomida nafas olmay turishi mumkin, mashqlar bilan shug’ullangan 

odamlarda esa bu ancha uzoq davom etishi  mumkin. 



Nafas olishni boshqarilishida xemoreseptorlarni ishtiroki. Kislorod va karbonat 

angidrid  gazining  qondagi  kuchlanishining  o’zgarishi  qon  tomirlaridagi 

xemoreseptorlar retseptorlarga ta’sir etadi. Qondagi CO

2

  ning kuchlanishining ortishi 



(giperkapniya)  uyqu  arteriyasining  ichki  va  tashqi  shoxlarga  bo’linish  joyida,  ya’ni 

sinus  karotidning  hosil  qilgan  burchagida  joylashgan  xemoreseptorlarga  ta’sir 

ko’rsatadi,  bu  esa  nafas  olishni  reflektor  ravishda  chuqurlashishiga  o’ndaydi. 

Aksincha, 

qondagi 

CO



kuchlanishining 

kamayishi 

(gipokapniya

sinus 


karotidlarining  xemoreseptorlari  bilan  nafas  olishni  tormozlanishini  chaqiradi. 

Qondagi  kislorodning  yetishmasligi  (gipoksemiya)  sinus  karotid  xemoreseptorlariga 

ta’sir ko’rsatib nafas olishning  tezlashishiga  olib keladi.   

Asfikasiya  –  nafas  qisishi  ikkita  faza  bilan  tavsiflanadi.  Qonda  kislorod 

yetishmasligi  va  karbonat  angidrid  gazi  miqdorining  qon  tarkibida  ortib  ketishi, 

birinchi  fazada  inspirator  havo  yetishmasligi  va  ikkinchi  fazada  ekspirator  havo 

yetishmasligi yuz beradi. Asfiksiyaning birinchi fazasi katta balandliklarga chiqishda 



(tog’larda,  samolyotlarda)  kuzatiladi.  Ayrim  paytlarda  homilaning  miyasida  qon 

aylanishi  buzilganida  ham  kuzatiladi.  Yangi  tug’ilgan  bolalarda  birinchi  nafas  olishi 

plasenta orqali qon aylanish to’xtaganidan (kindik tomirlarini bog’lash tufayli) keyin 

bosh miyaning  kislorod bilan  ta’minlanishi  buzilganidan  keyin  bajariladi. 

Shunday  qilib,  nafas  markazi  alveolyar  havoda  CO

  ni  foizli  miqdorining  va 



parsial bosimining nisbatan doimiy holda saqlashi bilan birga qonda ham shu vazifani 

bajaradi. Bu esa nafas markazidagi  neyronlarni  qo’zg’aluvchanligini  ta’minlaydi. 




Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin