Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Nafas harakatlarining boshqarilishi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix02.01.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#46421
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
nafas olish fiziologiyasi

Nafas harakatlarining boshqarilishi. 


Hayot  uchun    muhim  ahamiyatga  ega  bo’lgan  nafas  jarayonlarini  nerv  va 

gumoral  sistemalar  boshqaradi.  Shuning  natijasida  nafas  tizimining  faoliyati 

organizmning  faoliyatiga  to’la  moslashib,  uning  ehtiyojini  qondirib  turadi.  Nafas 

olish  tizimining  faoliyatini  boshqaruvchi  markazning  asosiy  qismi  uzunchoq  miyada 

joylashgan,  bu  markaz    1885  yilda  rus  fiziologi      N.D.Mislovskiy    tomonidan 

o’rganilgan.  Agarda  uzunchoq  miya  bilan  orqa  miyaning  o’rtasidan  kesib,  ularning 

o’zaro  aloqasini  uzsak,  bu  vaqtda  nafas  harakatlari,  ya’ni  ko’krak  qafasining 

kengayib-torayishi  darhol  to’xtaydi.  Bu  esa  uzunchoq  miyadagi  markaz  nafasni 

boshqaradigan  asosiy  va  hayotiy  muhim  markaz  ekanligidan  dalolat  beradi. 

Uzunchoq  miyadagi  markaz  juft  simmetrik  qismlardan  tashkil  topgan  bo’lib,  har 

qaysi  tomoni  ko’krak  qafasining  tegishli  tarafida  bo’ladigan  nafas  olish  va  nafas 

chiqarish  harakatlarini  boshqarib,  idora  etadi.  Nafas  markazining  bir  tomonini 

shikastlab  ishdan  chiqarsak,  ko’krak  qafasining  xuddi  o’sha  tarafidagi  nafas 

harakatlari  to’xtaydi. 

Nafasni  boshqaruvchi  ikkinchi  darajali  quyi  markaz  orqa  miyada  joylashgan. 

Shuningdek,  markaziy  asab  tizimining  uzunchoq  miyadan  yuqoriroq,  qismlarida, 

hatto  bosh  miya  yarim  sharlarining  po’stlog’ida  ham  nafasning  boshqarilishida 

ishtirok etadigan nerv  hujayralari guruhi bor. Ana shularga  asoslanib, hozirgi vaqtda  

nafasni boshqaruvchi markaz deganda, markaziy asab tizimining turli qismlarida orqa 

miyadan  tortib  to  bosh  miya  yarim  sharlarining  po'stlog’igacha  bo’lgan  qismlarda 

joylashgan,  funksional  jihatdan  bir-biri  bilan  bog’liq  bu  qon,  nafasni  boshqarishda 

ishtirok  etadigan  nerv  hujayralarining  guruhi  tushuniladi.  Nafas  markazi 

organizmning  turli  qismlaridan  –o’pkadan,  qon  tomirlari  devoridan,  uyqu 

arteriyalarining sinuslaridan, plevra va boshqa organlardan  simpatik va parasimpatik 

nervlarning  tegishli  tolalari  orqali  keladigan  ta’sirotlardan  reflektor  yo’l  bilan 

qo’zg’aladi.  Kelayotgan  ta’sirotlarga  markazning  javobi  ham  simpatik  va 

parasimpatik    nervlarning  tolalari  orqali  nafas  tizimining  tegishli  qismlariga 

yuboriladi.  Tekshirishlar  natijasida  o’pkada  parasimpatik  nervning  ikki  xil  tolasi 

borligi  aniqlangan,  bularning  biri  o’pkada  bosim  pasayganda,  ikkinchisi  esa  bosim 

ko’tarilganda  qo’zg’aladi.  Nafas  jarayonining  o’z-o’zidan  boshqarilib  turishida  ana 

shu  tolalarining  ahamiyati  katta.  Buning  ma’nosi  shuki,  nafas  olinib  o’pkaga  havo 

so’rilganda  parasimpatik  nervning  bosim  ko’tarilishidan  qo’zg’aladigan  tolalari 

ta’sirlanadi.  Bu  ta’sirot  markazga  boradi,  shunda  nafas  olinish  to’xtab,  nafas 

chiqarish  boshlanadi,  nafas  chiqarish  nihoyasiga  yetay  deb  qolganida  parasimpatik 

nervning  bosim  pasayishidan  qo’zg’aladigan  tolalari  ta’sirlanadi  va  bu  ta’sirot  ham 

markazga  beriladi,  unda  nafas  chiqarish  to’xtab,  nafas  olish  boshlanadi.  Organizm 

tirik  ekan mana shu jarayon  muayan  maromda to’xtovsiz davom etib turadi. 

Shunday  qilib,  nafas  olish  nafas  chiqarishga,  nafas  chiqarish  esa  nafas  olishga 

sabab bo’ladi,  ayni  vaqtda  nafas  chiqarish  nafas  olish  hali  to’la  to’xtamasdan,  ya’ni 

o’pka  bor  imkoniyati  bilan  kengaymasdan  turib  boshlanadi,  nafas  olish  esa  nafas 

chiqarish  to’la  nihoyasiga  yetmasdan,ya’ni  o’pka  bor  imkoniyati  bilan  siqilmasdan 

yuzaga chiqadi. Modomiki, shunday ekan, nafasning o’z-o’zidan boshqarilishi tufayli 

nafas  olinganda  o’pka  to’la  bor  imkoniyati  bilan  kengaymaydi,  nafas  chiqarilganda 

esa to’la bor imkoniyati bilan siqilmaydi. Bu esa nafas tizimining, o’pkaning umrbod 

bir  maromda  ishlab  turishi  uchun  benihoya  katta  ahamiyatga  ega.  Nafasning  o’z-



o’zidan  boshqarilishida  nafas  markazidagi  inspirator  va  ekspirator  neyronlarning 

o’zaro  mushtarak  faolligi  ham  juda  katta  ahamiyatga  ega.  Buning  ma’nosi  shuki, 

inspirator  neyronlarning    qo’zg’alishi  ekspirator  neyronlarning  tormozlanishiga  va 

aksincha,  ekspirator  neyronlarning    qo’zg’alishi  inspirator  neyronlarning 

tormozlanishiga  sabab  bo’ladi.  Uyqu  arteriyalarining  sinuslari  va  aorta  yoyidagi 

refleksogen  zonalardan  keladigan  impulslar  nafas  markazining  faoliyatida  alohida 

o’rin  egallaydi.  Bu  refleksogen  zonalarda  joylashgan  xemoretseptorlar  qonning  gaz 

tarkibi  o’zgarganda  –  qonda  karbonat  angidrid  ko’payganda  yohud  kislorod 

kamayganda  qo’zg’aladi.  Qo’zg’alish  tegishli  markazga  intiluvchi  tolalar  orqali 

markazga  uzatilib,  nafasning  tezlashishiga  olib  keladi.  Yurak-tomir  tizimi  bilan  

nafas  tizimining  o’zaro  bir-biriga  mahkam  bog’langan  holda  ishlashi  organizmdagi 

barcha  organlar  faoliyatining  o’zaro  uyg’unlashuvida  asab  tizimining  yetakchi 

o’rinda  turishini  ko’rsatadigan  yorqin  misoldir.  Buni  quyidagilardan  ko’rsatsak 

bo’ladi:  uyqu  arteriyasidagi  refleksogen  zona  retseptorlari  ta’sirlansa,  yurak  ishi 

sekinlashib,  tomirlar  kengayishi  bilan  bir  vaqtda  nafas  olish  ham  siyraklashadi.  Qon 

bosimi pasayganda yurak  ishi tezlashib, tomirlar torayishi bilan bir vaqtda nafas ham 

tezlashib,  bir  muncha  chuqurlashadi.  Hiqildoq,  kekirdak  va  bronxlarning  shilliq 

pardalari  ta’sirlanganda  nafasning  siyraklashuvi  yurak  faoliyatining  sekinlashishiga 

ham  sabab  bo’ladi.  Nafas  tizimi  bilan  yurak-tomirlar  tizimining  bunday  o’zaro 

chambarchas  bog’langan  holda  ishlashi  organizmda  kechadigan  barcha  hayotiy 

hodisalarning  o’zgarib  turgan  tashqi  muhitga  moslashishida  katta  ahamiyatga  ega. 

Nafasning boshqarilishida markaziy asab tizimining  boshqa qismlari bilan birgalikda 

bosh  miya  yarim  sharlarining  po’stlog’i  ham  ishtirok  etad i  va  yetakchi  o’rinni 

egallaydi.  Nafasning  o’zgarishiga  sabab  bo’la  oladigan  ta’sirotlar  bilan  birga 

qo’shilib ta’sir qilib kelgan ta’sirotlar keyinchalik yolg’iz o’zi ham nafasni o’zgartira 

olishi  tajribalarda  juda  ko’plab  isbotlangan.  Demak  nafasning  o’zgarishiga  olib 

boradigan  shartli  reflekslar  hosil  qilish  mumkin.  Hayvonni  karbonat  angidrid  ko’p 

bo’lgan (ma’lumki, bug’ozlik nafas olishni tezlashtiradi), joyga qayta-qayta olib kirib 

o’sha havodan nafas oldirsa va bu holatni biror shartli ta’sirot masalan,  lampochkani 

yoqib  quyish  bilan  birga  olib  borilsa,  keyinchalik  shartli  ta’sirotning  o’zi,  ya’ni 

yo’lg’iz  lampochkani  yoqish  ham  nafasning  xuddi  avvalgidek  tezlashishiga  sabab 

bo’ladi.  Nafasning  boshqarilishida  asab  tizimidan  tashqari  gumoral  sistema  ham 

muhim  o’rinni  egallaydi.  Nafasning  boshqarilishida  ishtirok  etadigan  moddalarning 

eng  muhimi  karbonat  kislotasidir.           Qonda  karbonat  kislotaning  belgili  miqdorda 

bo’lishi  markazning  undan  o’z-o’zidan  qo’zg’alib  turishida  markaz  avtomatizmida 

katta  ahamiyatga  ega  deb  hisoblanadi.  Uzunchoq  miyadagi  nafas  markazining 

avtomatik  ravishda,  o’z-o’zidan  mustaqil  qo’zg’alib  turishini  dastlab  1863yilda 

I.M.Sechenov  kuzatgan  edi.  Markazning  avtomatizmi  unda  kechayotgan  moddalar 

almashinuv  jarayonlariga  bog’liq. 

Karbonat  kislota,  qonda  odatdagidan  ko’payib  ketsa,  nafas  tezlashadi  va 

chuqurlashadi.  Karbonat  kislota  nafas  markazining  faol  qo’zg’atuvchisi  ekanligini 

quyidagi  tajribada  ham  isbotlasak  bo’ladi:  nafas  yo’llari  20-30  sekund  bekitilib 

turilsa,  qondagi  karbonat  kislota  va  boshqa  kislotali  mahsulotlar  ko’payishi  tufayli 

nafas bir qancha tezlashib chuqurlashadi (giperapnoye). Odam tinchgina turganida bir 




necha  marta  tez-tez  nafas  chiqarsa,  bu  vaqtda  qondagi  karbonat  kislota  vaqtincha 

kamayganligi  tufayli  nafas bir oz siyraklashib,  yuzakilashib  qoladi (apnoye).  




Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin