Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix02.01.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#46421
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
nafas olish fiziologiyasi

 

Turli sharoitlarda nafas olish. 

 

Jismoniy ish paytida nafas olish. Jismoniy ishning boshlanishi bilan muskullarda 

moddalar almashishi  tezlasha boshlaydi. Natijada kislotali  mahsulotlar  ko’proq hosil 

bo’lib, qonda to’planadi. 

Muskul bir muncha tezroq qisqara boshlashi bilan unga keltirilayotgan kislorod 

hosil  bo’layotgan  kislotali  moddalarni  oksidlab  ulgura  olmay  qoladi.  Oqibatda  bu 

kislotali  moddalar  muskullardagi  retseptorlarni  qitiqlab  va  bevosita  qon  orqali 

gumoral  yo’l bilan  ta’sir etib, nafas markazini  qo’zg’atadi. Natijada  nafas tezlashadi. 

Keyinchalik,  o’pka  ventilyatsiyasi,  minutlik  hajmining  oshishi,  qon 

aylanishining  tezlashuvi  tufayli  qondagi  ortiqcha  karbonat  angidrid  chiqarib 

yuboriladi va shu vaqtda hosil bo’layotgan kislotali moddalarni keltirayotgan kislorod 

oksidlab  ulgura  boshlaydi,  ya’ni  hosil  bo’layotgan  kislotali  moddalar  bilan 

keltirilayotgan  kislorod  miqdori  o’zaro  muvozanatlashadi.  Shunga  ko’ra  nafas  bir 

muncha siyraklashadi. Jismoniy ish ya’ni muskul faoliyatining dastlabki davrida hosil 

bo’lib,  parchalanmay  qolgan  sut  kislota  va  kislotali  boshqa  mahsulotlar  muskulning  

faolligi to’xtaganidan keyin parchalanadi. Shu sababli organizm  ishdan to’xtagandan 

keyin ham bir oz vaqt davomida nafasi va yurak  ishi tezlashgan bo’ladi. Muskul faol 

ishlab  turgan  paytda  unda  kechayotgan  oksidlanish  jarayonlarining  to’la  amalga 

oshirishda  muskul  mioglobinining  ahamiyati  juda  katta.  Bu  pigmentning  kislorod 

biriktirish  qobiliyati  gemoglobinga  qaraganda  ancha  yuqori  bo’lganligi  sababli  shu 

modda  ko’p  bo’ladigan  muskullarda  –yurak,jag’  muskullari,  qushlarning  qanot 

muskullari  va  boshqalarda  bir  muncha  zahira  kislorod  to’planadi  va  muskullarning 

faol  ishiga sarflanadi. Jismoniy  ish paytida muskullardagi oksidlanish  jarayonlarning 

yaxshi va to’la amalga oshirishda organizmning  chiniqqanligi ham katta ahamiyatga 

ega.  Binobarin,  to’g’ri  muntazam  ravishda  me’yori  bilan  ish  bajarib  yurgan,  ya’ni 

yaxshi chiniqtirilgan organizmlar ish bajarayotganda faol kapillyarlarning soni darhol 

oshadi,  bu  esa  organizm  muskullarida  oksidlanish  jarayonlarining  yaxshi  amalga 

oshishini  ta’minlaydigan  omildir.  Jismoniy  ish  bajarayotgan  organizm  nafasining 

boshqarilishida  bosh  miya  yarim  sharlarining  po’stlog’i  ham  ishtirok  etadi.  Ilgari 

ishlab  yurgan  organizmlarda  ish  boshlanishi  oldidan  nafasning  tezlashishi  ana 

shundan  darak  beradigan  shartli  reflektor  aktdir.  Organizmni  ishga  tayyorlash, 

odatdagi  ishlaydigan  joyiga olib kelish kabi “shartli ta’sirlarning o’zi ham  hayvonda 

hali  ish  boshlamasdan  oldinroq  xuddi  ish  paytidagidek  yurak  ishi,  nafasning 

tezlashuviga,  o’pka ventilyatsiyasi  va minutlik  hajmining  ortishiga  sabab bo’ladi. 

Atmosfera  bosimi  o’zgargan  sharoitlarda  nafas  olish.  Dengiz  sathidan  qancha 

balandlikka  ko’tarila  borilsa,  atmosfera  bosimi  shuncha  pasayib  boradi.  Masalan, 

3000metr  balandlikda  alveola  havosidagi  kislorodning  parchalanish ini  55-56ml.  ga 

tenglashib  qoladi,  natijada  qondagi  kislorodning  parsial  bosimi  ham  pasayib  ketadi. 

Shunga  ko’ra  nafas  tezlashib  o’pka  ventilyatsiyasi  kuchayadi  (giperventilyatsiya). 

O’pka  ventilyatsiyasining  kuchayishi,  qondan  ko’p  miqdorda  karbonat  angidridning 

chiqarib yuborilishi natijasida qonda karbonat kislota kamayib ketadi. Oqibatda nafas 



markazining  qo’zg’alishi  pasayib,  nafas  tezligi,  chuqurligi  va  ritmi  buziladi.  Qonda 

karbonat  kislotaning  juda  kamayib  ketishi  qondagi  kislota-ishqor  muvozanatining 

ishqoriy  tomonga  surilishiga,  natijada  gaz  alkolozining  kelib  chiqishiga  olib  keladi. 

4500-5000metr balandlikda “tog’ kasali”paydo bo’ladi. Bu vaqtda oliy nerv faoliyati 

buziladi,  nafas  va  qon  aylanish  sistemalarining  ishi  izidan  chiqa  boshlaydi. 

Charchoqlik,  bosh  og’rig’i  paydo  bo’ladi,  ko’z  xiralashib,  quloq  og’ir  tortadi, 

o’pkaning tiriklik sig’imi kamayadi. Barometrik bosimi pasaygan sharoitga organizm 

faol  moslashishga  harakat  qiladi.  Jumladan,  qon  aylanishi  tezlashadi,  yurakning 

minutlik  hajmi  oshadi,  qonda  eritrotsitlar,  demak,  gemoglobin  ko’payadi,  miya  va 

boshqa hayotiy muhim organlarning qon bilan ta’minlanishi kuchayadi. Bu moslanish 

jarayonlari hayvon toqqa chiqa boshlashi bilan kuzatila borib, ma’lum chegaragacha 

davom  etadi.  Hayvon  atmosfera  bosimi  past  joyda  uzoq  yashasa,  organizmdagi 

jarayonlar  ana  shu  past  bosim  sharoitiga  moslashadi  (adaptatsiya).  Organizmdagi 

jarayonlar  buzilmasligi  uchun  balandlikka-toqqa  asta-sekinlik  bilan  ko’tarilish 

maqsadga  muvofiqdir.  Bunda  organizmda  moslanish  jarayonlari  ro’y  berib,  ulguradi 

va  hayotiy  jarayonlarning  deyarli  buzilmasligi  ta’minlanadi.  Dengiz  sathidan  pastga 

tushilgan  sari,  atmosfera  bosimi  ortib  boradi.  Bunday  sharoitda  qonda  erigan 

gazlarning  miqdori ham ko’payadi.                                

Yuqori  atmosfera  bosimining  organizmga  ta’siri  havo  tarkibidagi  turli 

gazlarning  parsial  bosimiga  bog’liq,  jumladan,  havo  tarkibidagi  kislorodning  parsial 

bosimi  bir  atmosferaga  yetsa,  nafas  ritmi,  chuqurligi  o’zgara  boshlaydi.  Ayrim 

hollarda  kislorodning  toksik  ta’siri  tufayli  nafas  bir  muncha  tezlashib,  o’pka 

ventilyatsiyasi  kuchayadi.  Kislorodning  parsial  bosimi  haddan  tashqari  oshib  ketsa, 

organizmda turli-tuman o’zgarishlar vujudga kelib, hayvonni titroq bosadi va boshqa 

bir qancha ko’ngilsiz  hollar  ro’y beradi. 

Atmosfera  bosimining  oshishiga  yarasha  qonda  erigan  azot  gazining  miqdori 

ham  ko’payib  boradi.  Erigan  azotning  bir  qismi  yog’  to’qimalariga  o’tadi,  nerv 

to’qimasi  yog’ga  boy  bo’lganligi  sababli    bir  qism  azot    unga  ham  o’tadi. 

Chuqurliklarga  tushilganda  qonda  va  boshqa  to'qimalarda  azotning  ko’payishi  o’z-

o’zidan  organizmda  ko’ngilsiz  hodisalarni  hech  bir  keltirib  chiqarmaydi,  ammo 

barometrik  bosim  baland  joydan    birdaniga  yuqoriga  ko’tarilish  hayot  uchun  ancha 

xavflidir.  Gap  shundaki,  yuqoriga  ko’tarilgan  sari  qonda  va  boshqa  to'qimalarda 

erigan  ortiqcha  azot  asta-sekin  gaz  holatiga  o’tib,  to'qimalardan  chiqib  keta 

boshlaydi.  Yuqoriga  birdan  tezlik  bilan  chiqariladigan  bo’lsa,  organizmda  erigan 

ortiqcha  azot  ko’plab  gaz  holatiga  o’tib,  to’la  chiqib  ketishiga  ulgurmay  qoladi  va 

qonda  gaz  pufakchalari  paydo  bo’ladi,  bular  mayda  qon  tomirlariga  tiqilib  qolishi 

mumkin. Azot pufakchalari hayot uchun muhim organlarning (miya, yurak, o’pka va 

boshqalarning)  tomirlariga  tiqilib  qolsa,  bu  organlarning  qon  bilan  ta’minlanishi 

buzilib,  hayvon  halok  bo’lishi  mumkin.  Bundan  tashqari  nerv  to'qimalaridan 

chiqishga  ulgurolmay  qolgan  gaz  pufakchalari  qattiq  og’riqqa  ham  sabab  bo’ladi 

(vodolazlarda kesson kasali). Qayd qilinganlardan ko’rinib turibdiki, chuqur joylarda 

atmosfera  bosimi  yuqori  bo’lgandan  so’ng,  yuqoriga  asta-sekinlik  bilan  chiqish 

maqsadga muvofiqdir. 

 

 





Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin