―Haqiqiy tarbiya tashqaridan kiritiladigan narsa emas, u odam bilan dunyoga kelgan
xususiyat va qobiliyatni o‘stiradi‖, deydi D.Dyun.
Biogenetiklar (Bolduin, Chemberlin, Stenli Xoll va boshqalar) XX asr boshlarida
bolaning ruhiy jihatdan o‘sishini, zoologlar F.Myuller va E.Gekkellar tomonidan kashf qilingan
biogenetik qonun asosida boradi, degan fikrni ilgari suradilar. Bogenetik qonun ―Ontogenez
filogenezni takrorlaydi‖ deb ta‘riflanadi. Ma‘nosi -har bir organizm o‘zining embrional
taraqqiyotida o‘zidan (oldingi) avvalgi barcha bosqichlarni takrorlaydi, ya‘ni individual
organizm o‘zining tuxum xo‘jayra holatidan mukammal holatga yetguncha boshidan
kechiradigan qator shakllarni shu organizm ajdodlari bosib o‘tgan juda ko‘p shakllarining qisqa,
ixcham takrorlanishi demakdir.
Avstraliyalik ruhshunos K.Byuller hatto bolaning aqliy jihatdan o‘sishini ham
irsiyatga
bog’laydi. Boshqa chet el ruhshunoslari bolaning ruhiy taraqqiyotida tana tizilmalaridagi
endokrin apparati (ichki sekresiya bezlari) dagi o‘zgarishlar va hokazolar katta ahamiyatga ega
deb biladilar.
Ayrim pedagog va ruhshunoslar orasida bolaga boshqacha qarash ham mavjud. Ularning
fikricha, insonning kamolati ikki omilga - irsiyat va ijtimoiy muhitga bog’liqdir. Irsiyat
o’zgarmaydi, ijtimoiy muhit hamma davrlar uchun o’zgarmasdir.
Pedalogiya ta‘limotiga ko‘ra bolani kamol etishi hatto kelajagi faqat irsiyatga va
o‘zgarmas muhitga bog‘liq.
Antropologiya fani yutuqlariga asoslanadigan bo’lsak, tarixiy, ijtimoiy taraqqiyot
natijasida odamning anatomik, fiziologik belgilar (odamning kalla suyagi, qo’li, oyoqlari, aqliy
qobiliyatlari ham) o’zgarishi mumkin.
Demak, bola shaxsining rivojlanishiga naslning ta‘siri deganda, ota-onaga, avlod-
ajdodlarga o‘xshashlikni ifodolovchi biologik belgilarning takrorlanishini tushunmoq kerak.
Har bola ota-onasidan meros sifatida biologik ko‘rinishlarga (tananing tuzilishi,
sochining, ko‘zining, terisining rangi, bo‘yi-basti) ega bo‘lib dunyoga keladi. Bular jismoniy
xususiyatlardir. Bu haqda I.A.Karimov
―Odam tabiiy omillarga - ko‘ra o‘zi mansub
bo‘ladigan irq va ellatni tanlay olmaydi. Ota-onani tanlay olmaydi. Lekin dunyoqarashni,
axloqi, ma‘naviyatini o‘zi, hyech kimning tazyiqimiz va ayniqsa zo‘ravonliksiz tanlab olishi
mumkin va lozim‖ - degan edi (36 bet). XXI asr. Shuningdek, oliy nerv faoliyatining ko‘rinishlar
(xolerik, sangvenik, flegmatik, melanxolik) ham tug‘ma bo‘lib o‘tadi, bu fiziologik
xususiyatlardir.
Ayni vaqtda bolaga, insonlarga xos xususiyatlar ham irsiyat yo‘li bilan tug‘ma o‘tadi.
(Masalan, aqliy yoki jimsmoniy mehnat qilishi va nutqning rivojlanishi va hokazo). Ammo bular
tug‘ma imkoniyatlar bo‘lib, ularning rivojlanishi uchun inson bolasi insoniy muhit, odamlar
orasida yashab, ular bilan aloqa qilishi, ijtimoiy mehnatda ishtirok etmog‘i lozim. Chunki inson
biologik mavjudod sifatida emas, balki ijtimoiy mavjudod sifatida rivojlanadi va kamolga yetadi.
Dostları ilə paylaş: