―Dunyoda mavjud bo‘lgan jami borliq - deb yozgan edi Ibn Sino, - o‘z tabiatiga ko‘ra
kamolot sari intiladi. Kamolot sari intilish esa o‘z mohiyati e‘tiborila yaxshilikdir‖. Ayniqsa
inson tirik mavjudod sifatida kamolotga yetishga doimo intiladi.
Mutafakkir A.R.Beruniyning da‘vosicha, hamma odamlar o‘z qiyofasi jihatidan bir-biriga
o‘xshaydi, ammo ayni choqda ular bir-biridan farq qilib turadi. Bu tafovut ―ular
temperamentining tabiat xususiyatlari va hokazolarining ziddiyatli bo‘lishi tufayli ularning
instentlari zamirida yotadi‖, deb izohlangan. Haqiqatan ham insonlar bir-birlariga umumiy holda
uxshaydi, ammo tabiati,
tabiiy xususiyatlari, xarakteri bilan bir-birlaridan farq qiadi.
―
Odam - deydi Beruniy -tabiati jihatidan bir-biriga zid a‘zolar qo‘shilmasidan tarkib
topgan murakkab tanaga ega‖... va shu boisdan ―uning holati o‘z xarakteriga ko‘ra xilma-xil va
turli-tuman bo‘ladi‖. Haqiqatan ham xatto egizak tug‘ilgan chaqaloqlarning ham bir-biridan farq
qiladigan xususiyatlari, sifatlari hayotda isbotlangan. Ayniqsa ularning xarakteri bir-birlaridan
tubdan farq qiladi.
Individning
shaxs darajasiga ko’tarilishi uchun unga ko‘rsatiladigan ta‘sirlar hal qiluvchi
rol o‘ynaydi. Uning rivojlanishi uchun eng avvalo inson sifatida tug‘ilishi, sharoit,
tarbiya singari
ta‘sirlar mavjud bo‘lmog‘i zarur. Agar bunday ta‘sirlar ko‘rsatilmasa u nobud bo‘ladi. Uning
rivojlanishi uchun vaqt, tabiiy qulay sharoit va unga ko‘rsatiladigan tarbiya zarur bo‘ladi.
Shaxsning kamol topishida va uning hulqida ijtimoiy va biologik omillarning kuchi
doimo ham bir xil bo‘lavermaydi. Chunki uning hulqiga munosabatlariga, aloqalariga, yoshi,
bilimi, odatlari, tajribasi va nihoyat, vaziyat ham ta‘sir etadi. Masalan, bir xildagi ta‘sirga turli
bola turlicha munosabatda bo‘ladi, bu ayni paytda, bolaning ehtiyoji qandayligiga ham bog‘liq.
Berilib shaxmat uynayotgan bolaga endi bo‘ldi qilinglar degan ta‘sir ularga ta‘sir qilmasligi
mumkin.
Xo‘sh, bolalardagi o‘ziga xoslikni, ular ruhiy jarayonlaring turlicha bo‘lishini, hulqidagi
farqlarini qaysi omillar belgilaydi? Biologik omilmi?, Ijtimoiy omilmi?, Ta‘lim-tarbiya omilimi?
Dostları ilə paylaş: