O’z-o’zini tarbiyalash metodlari Pedagogika darsligida 1990 yil olimlaridan V.A.Slastyonin, S.P.Baranov, L.R.Bolotinalar
o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari tarkibiga o‘quvchilarning shaxsiy majburiyat olishlari, o‘z
ishlari haqida hisobot berishlari, o‘z harakatlarini tahlil eta bilishlari, o‘z-o‘zini nazorat eta
olishlari hamda o‘z-o‘ziga baho bera olish kabi usullarni tavsiya etganlar.
Inson insonni va insoniylikni qanchalik ko‘p tushunsa, shuncha ko‘p darajada o‘z-
o‘zining tarbiyachisi bo‘lib yetishadi. O‘z-o‘zini tarbiyalashga undovchi tarbiya ishonchim
komilki - degan edi mohir pedagog V.A.Suxomlinskiy - bu hahiqiy tarbiyadir.
O‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya‘ni o‘zi ustida ongli, batartib ishlashga ehtiyoj
paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblasa bo‘ladi. O‘quvchilarni, ayniqsa
o‘rta va katta o‘quvchilarni o‘z bilim va malakalarini mustaqil oshirish va erkin fikrlashga
yo‘llash kerak. O‘quvchilar o‘qishda, tarbiyada, dam olishda o‘z-o‘zini tarbiyalash usullaridan
foydalanadigan. O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘quvchini tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi.
O‘z-o‘zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bo‘lganda, u o‘zini shaxs deb anglay
boshlagach, amaliy ishlarda mustaqil faoliyat ko‘rsata boshlagan vaqtda paydo bo‘lidi.