o‘z haq-huquqi sari intilish, qonun, huquq, bilim, tarbiya, qonun hukmron bo‘lgan joyda
erkinlik bo‘ladi,
Konstitusiyaviy himoya, huquqiy ko‘nikma, odat va hokazo.
«Ilm ila o‘z haq-huquqi sari intilish bandasi uchun farzdir va u hayot ekanmi, ani ado
etmog‘i zarur» - deb ta‘kidlagan M.Ulug‘bek.
«O‘z haqini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan odamning o‘limi naqadar yaxshi
o‘limdir. Qonunchilik ijtimoiy hodisalardan biridir, u hyech qanday orqaga qaytishga yo‘l
qo‘ymaydi. Undan hatto zarracha orqaga qaytish ham qonunni buzishdir» (Hadis).
Buyuk bobomiz A.Temur «Qonun hukmron bo‘lgan joyda erkinlik bo‘ladi» degan dono
so‘zlarni oltin harflar bilan yozib qo‘yishga amr bergan edi deb ta‘kidlaydi I.A.Karimov «Buyuk
kelajak sari» asarida (624-bet).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvardagi «O‘zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasini o‘rganishni tashkil etish» to‘g‘risidagi farmoyishi asosida
mamlakatimiz
ta‘lim
tizimining
barcha
bosqichlarida
«O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitusiyasini o‘rganish» o‘quv kursi joriy qilindi. Farmoyishga asosan 2001 yil 1 sentyabdan
e‘tiboran respublikamizda uzluksiz ta‘lim tizimida bog‘chadan to oliy ta‘limning yuqori bosqichi
– magistraturagacha huquqiy bilimlarni o‘rganish avvalam bor Konstitusiyadan boshlandi.
Barcha ta‘lim turlari uchun bolalar va o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan
holda, huquqiy ong va madaniyatni shakllantirishga qaratilgan Konstitusiyani o‘rganish bo‘yicha
dasturlar,
darsliklar, adabiyotlar yaratish vazifalari kun tartibiga qo‘yildi.
Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib umumiy o‘rta ta‘limning boshlang‘ich sinflarida 10
soatdan «Konstitusiya alifbosi» va 5-7 sinflarda «Konstitusiya olamiga sayohat» (14 soat)
darslari joriy etildi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili, atrof olamni muhofaza qilish va o‘qish
darslarni o‘rganish tarkibida o‘rganiladigan bo‘ldi.
Hammamizga dunyo xalqlari tarixidan ma‘lumki, har bir millat va elatlar faqat o‘z
erkinliklarini qo‘lga kiritgandan so‘nggina
Markaziy Osiyo xalqlari ko‘p ming yillik boy huquq va huquqiy madaniyatga ega. Islom
huquqshunosligi asosan Qur‘oni Karim va sunnati nabaviyya asosida shakllanadi va sunnat
negizini tashkil etuvchi hadislarni jamlab kelajak avlodni huquqiy tarbiyalash ehtiyoji vujudga
keldi. Dastlabki urinishlar natijasida Zayd ibn al-Hasanning «Majma‘ ul fiqh», Malik ibn
Anasning «al-Muvatga» va Ahmad ibn Hanbaning «al-Musnad» nomli hadislar to‘plamlari
vujudga keldi. Lekin ular hadislarni saralab to‘plashni vazifa qilmay, huquqiy tarbiyaga javob
berishga asos bo‘ladigan zarur hadislarni to‘plash bilan cheklanganlar. Keyinchalik bu faoliyat
hadis ilmi bilan shug‘ullanuvchi olimlar tomonidan davom ettirildi.
Ulardan butun islom olamida
e‘tirof etilgan «Olti ishonchli to‘plam» (Qutub assihah as-sitta) deb yuritiladigan to‘plamlar
alohida o‘rin tutadi. Bular imom al-Buxoriy va imom Muslumlarning «Jome‘ as-sahih»
(ishonchli to‘plam), an Nassoiy, Abu Dovud, at-Termiziy va Ibn Mohjalarning «As-sunan»
nomli hadislar to‘plamidir.
Buyuk islom olimi, faqiq Burxoniddin al-Marg‘inoniy Qur‘oni Karim va hadis ilmini
mukammal egallab, fiqh-islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur bilimga ega bo‘lgan
va huquqiy tarbiya sohasini beqiyos durdonalar yaratgan. U Samarqandga ko‘chib borib, butun
islom olamida mashhur «Al-hidoya» asarini 573 yilda yozgan (1170 yil milodiy). Bu asar ovrupa
xalqlari tillariga tarjima qilinib, katta qiziqish bilan o‘rganilganidan uning ko‘pgina
mamlakatlarda huquq ilmi rivojiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatganiga shubha yo‘q.
O‘zbekiston – mustaqil, demokratik, huquqiy davlat, insonparvarlik qoidalariga
asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e‘tiqodlaridan qat‘iy nazar fuqarolarning huquq
va erkinliklarini ta‘minlab beradigan davlatdir. Qonuniylik va huquq-targ‘ibot tantana qilmasa
shaxsning huquq va erkinliklarini amalga oshirib bo‘lmaydi. Shu jihatdan «O‘zbekiston
Respublikasining ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi» huquqiy tarbiyada asosiy
dasturdir.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil bo‘lishi munosabati bilan maktablardagi ta‘lim-
tarbiya ishlari tinimsiz rivojlanib bormoqda.
Respublikadagi sog‘lom vaziyat, xalqning moddiy farovonligi va madaniy saviyasining
o‘sib borayotganligi mehnatkashlarning onglilik va intizomlilik darajasi yuksalganligi tufayli
huquqbuzarlik holatlari tobora kamayib bormoqda. Kishilar ongiga jamiyat manfaatlari yo‘lida
halol mehnat qilish, sofdil, haqgo‘y bo‘lish, adolatsizlikka, tekinxo‘rlikka, ta‘magirlikka qarshi
murosasiz bo‘lish, qonun me‘yorlariga hurmat nazari bilan qarash kabi hislatlar ko‘proq singib
bormoqda. O‘quvchilar ongiga huquqiy sifatlarni singdirishda tarbiyaning barcha omil va
vositalaridan, pedagogik ishning barcha usullaridan oqilona, maqsadga muvofiq foydalanish,
hyech shubhasiz o‘zining samarali natijalarini beradi.
O‘quvchi va yoshlarga huquqiy tarbiya berishda, ularda yuksak fuqarolik his-
tuyg‘ularini, sifat va hislatlarini tarkib toptirishda ta‘lim-tarbiya birligi muhim. Ta‘limiy va
tarbiyaviy vosita va omillar ko‘p. Hozirgi vaqtda davlat ramzlaridan foydalangan holda o‘quv-
tarbiya ishlarini tashkid etish muhim masalalardan biri bo‘lib turibdi. Hayotga qadam qo‘yuvchi
har bir o‘smir o‘z respublikasining Qomusini bilishi, unga amal qilishi kerak. O‘quvchilarda
O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi, Gerbi va bayrog‘iga nisbatan chuqur hurmat-ehtirom
tuyg‘ularini tarbiyalash ishlarimizning uzviy qismini tashkil etadi.
Hukumat qarorlarida maktablar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari yosh avlodni har
tomonlama yetuk va ma‘naviy barkamol tarbiyalashga da‘vat etilgan. O‘zbekiston Respublikasi
fuqrarosi o‘z vatanini sevishi, xalqiga cheksiz sadoqatli bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasining
qonun va qoidalarini, ramzlarini yaxshi bilishi va ularga chuqur hurmat bilan munosabatda
bo‘lishi shart. O‘quvchi va talabalarda ana shu his-tuyg‘ularni tarbiyalash o‘qituvchining
muqaddas burchidir.
Dostları ilə paylaş: