talablarning ijtimoiy, ma‘naviy, estetik mazmunini ochib berishdan, o‘quvchiga xulq-atvorga va
ijtimoiy munosabatlarga to‘g‘ri
baho berishni shakllantirishda ko‘maklashishdan iborat.
2. Hikoya va suhbat. O‘qituvchining jonli so‘zi orqali hamisha bola shaxsini g‘oyaviy va
ma‘naviy shakllantirishning ta‘sirchan metodi bo‘lib kelgan. Hikoya uchun mavzu tanlayotganda
uning sinf uchun aktualligiga, u bolalarda ma‘naviy ishonch, kechinma, his-tuyg‘uni yuzaga
keltirishi shart.
Suhbat turli mavzularda: etika (insonning yurish turin xaqida), estetik, siyosiy bilim
beruvchi bo‘lishi mumkin. Suhbat vaqtida o‘quvchilar tinglovchilar emas, balki muhokama
qilinayotgan voqyealarning faol qatnashchilari bo‘lishi kerak. Suhbatda o‘qituvchi bolalarning
hissiy tajribasiga, ularning konkret bilimlariga tayanadi.
Mashq va o‘rganish A.S.Makarenkoning ta‘kidlashicha, tarbiya - to‘g‘ri hatti-harakatga
o‘rgatuvchi mashqdan boshqa narsa emas. Mashq - bolalar hayotini oqilona bir maqsadga
qaratiladi, har taraflama faoliyatini jamiyatda qabul qilingan normalar va qoidalarga muvofiq,
tashkil etishdir. Mashq muayyan harakatlar va ishlarni ko‘p marta takrorlashni o‘z ichiga oladi.
Bola uchun mashq - ongli ijodiy jarayondir. Mashqlar natijasida malaka va ko‘nikmalar, odatlar,
yangi
bilimlar hosil qilinadi, aqliy qobiliyat rivojlantiriladi.
―O‘yin sinchkovlik va qiziquvchanlik olovini o‘t oldiruvchi uchqundir", - degan V.A.
Suxomlinskiy. O‘quvchilar hayotida, ayniqsa boshlang‘ich sinflarning o‘quvchilari qayotida
o‘yin faoliyati katta o‘rin tutadi. "Bola uchun o‘yin – voqyelik, - deb yozgan edi K.D.Ushinskiy,
- binobarin, uning tevarak atrofidagi voqyelikdan ko‘ra qiziqarliroq voqyelikdir. U bolaga,
xususan tushunarli bo‘lgani uchun qiziqdir, o‘yin bolaga shuning uchun tushunarliki, unda
qisman bolaning o‘zi yaratgan narsa bor".
Bola o‘yinda qanday bo‘lsa, u katta bo‘lganida ishda ham ko‘p hollarda o‘shanday
bo‘ladi, deb bildirgan. Makarenkoning so‘zlarida katta pedagogik mazmun bor. O‘yin - bolalar
jamoaini jipslashtiradigan va rivojlan- tiradigan faoliyat turlaridan biridir. Bolalar o‘yiniga
e‘tibor bilan razm solinsa, ularning o‘yinlarida kattalar dunyosi qanday aks etishini qanday bilib
olayotganliklarini ko‘rish mumkin.
Bola uchun mashq - ongli, ijodiy jarayondir. Mashqlar natijasida malaka va ko‘nikmalar,
odatlar, (tajriba) bilimlar hosil kilinadi, aqliy qobiliyat rivojlantiriladi. K.D.Ushinskiy
tarbiyaning vazifasi xarakterni shakllantirishdan hamda hayotda hosil qilingan e‘tiqod va
odatlardan tarkib toptirish deb hisoblagan. Odat, Ushinskiyning fikricha, e‘tiqodni maylga
aylantiradigan va fikrni ishga aylantiradigan jarayondir. Odat - odamning ikkinchi tabiati, lekin
tarbiya sanatiga bo‘ysunadigan tabiatdir.
Dostları ilə paylaş: