12-Mavzu: Ta’lim metodlari
Reja:
1. Ta‘lim metodlari haqidagi tushuncha. Sharq mutaffakkirlari va buyuk pedagoglar ta‘lim
metodlari haqida.
2. Ta‘lim metodlariga qo‘yilidigan pedagogik talablar va ularni guruhlash.
3. Ta‘limning og‘zaki metodlari: tushuntirish, hikoya qilish, suhbat, maktab ma‘ruzasi, kitob
bilan ishlash metodlari.
4. Ta‘limning ko‘rsatmali metodlari: namoyish etish, illyustrasiya va ekskursiya.
5. Ta‘limning amaliy metodlari.
Tayanch so’z va iboralar: Metod, usul yo‘l, ikki yo‘l, ilhomlashtiruvchi so‘zlar, majbur
etish, og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy, mustaqil, mantiqiy, nazorat va o‘z - o‘zini nazorat qilish,
muammoli, dasturlash metodlari, Amaliy, mashq, laboratoriya, tajriba, frontal, guruhli,
individual, muammoli o‘qitish, fikrlash, qidirishga o‘rgatish mustaqil va h.k.
Keng ma‘noda metod yunoncha "Metodost" so‘zidan olingan bo‘lib, "yul", "usul" ish
uslubi degan ma‘noni anglatadi. Qo‘llaniladigan (o‘qitish) "metod" - termini kishilarning o‘z
oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish, ma‘lum obyektni o‘zlashtirish borasidagi nazariy va
amaliy faoliyatlari usullarini anglatadi. O‘qitish metodi deganda ta‘lim jarayonida o‘qituvchi va
o‘quvchilarning kugilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi usullari tushuniladi.
Kadrlar
tayyorlash
milliy
dasturida:
"3amonaviy
axborot
texnologiyalari,
kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta‘lim jarayonini axborot bilan
ta‘minlash rivojlanib boradi. Ta‘lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining maqsadi oshib
boradi, televideniye va radioning ta‘lim dasturlari intellektuallashuvi ta‘minlanadi", deb
ta‘kidlangan.
Amaliy fazilatlar va amaliy san‘at (kasb - hunar)lar va ularni bajarishga odatlantirish
masalaga kelganda, bu odatda ikki yo‘l bilan hosil qilinadi: bularda birinchisi - qanoatbaxsh
so‘zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so‘zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga
keltiriladi, odamdagi g‘ayrat, qasd – intilish - harakatga aylantiriladi.
Ikkinchi (usul) yo‘l - majbur etish yo‘li, bu usul gapga ko‘nmovchi qaysar shaharliklar va
boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan ishitiladi. Chunki ular o‘z istaklaricha so‘z bilan g‘ayratga
kirishadiganlardan emas deb ta‘kidlagan A.H.Forobiy.
Yu.K.Babinskiy tahriri ostida nashr qilingan "Hozirgi zamon umumiy o‘rta ta‘lim
maktablarida o‘qitish metodlari (1990 yil) kitobida o‘qitish metodlari quyidagicha
turkumlanadi".
1. O‘qitishning og‘zaki metodlari.
2. O‘qitishning ko‘rgazmali metodlari.
3. O‘qitishning muammoli - izlanishlar va reproduktiv metodlari.
4. O‘qitishning mantiqiy metodlari: induktiv, dediktiv va asoslash mantiqiy metodlari.
5. O‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini rag‘batlantirish va asoslash metodlari:
a) Bo‘limga bo‘lgan qiziqishni shakllantarash metodlari .
b) Bilim berishdagi burch va mas‘uliyatni rag‘batlantirish metodlari.
7. O‘qitishdagi nazorat va o‘z - o‘zini nazorat qilish metodlari:
a) Og‘zaki va yozma nazorat metodlari.
b) O‘quvchilapning tayyorgarliklarini laboratoriya, labaratoriya amaliy yo‘llari bilan
nazorat qilish metodlari.
c) Mashina vositasida nazorat qilish metodlari.
d) O‘z - o‘zini nazorat qilish metodlari va h.k.
Ya.A.Komenskiy "O‘qitish metodlarining o‘chi bolada qiziqish uyg‘otishi uchun uni
jonli qiziqarli qilish zarur, o‘qitish har qancha jiddiy ish bo‘lsa ham, darsni do‘stona, qiziqarli
vaziyatda, suhbat musobaqa, topshiriqlarni topshirish shaklida yoki hikoya va masala shaklida
o‘tish lozim" 1. O‘qitish metodi san‘at darajasiga ko‘tarilishi uchun uni shunday puxta asoslarga
qo‘yish kerak, ―o‘qitish hyech og‘ishmay olg‘a qadam tashlasin va o‘z natijalarida aldanmasin‖ -
deb yozgandi.
I.G.Pestalossi metodik tanlashda bolaning o‘z ichki tabiatini hicobga olgan holda
tabiatning adabiy qonunlariga asoslanishi kerak deb hisoblaydi. "Faqat bitta metod, ya‘ni
tabiatning abadiy qonunlariga to‘la asoslanadigan metodgina yaxshidir".
A.Disterveg o‘qitishning ikki asosiy metodini bayon qiluvchi va o‘stiruvchi metodlarini
ajratadi: ―Tashqi tomondan farq ikki metod mavjuddir. Biri shundan iboratki, unda o‘quvchilarga
predmet aytib beriladi: ikkinchisi shundan iboratki, unda o‘quvchilar predmetning o‘zini
yaratishga va shu bilan bir qatorda o‘qitishning dogmatik va o‘stiruvchi (evristik) metodlarini
yaratishga majbur qiladi‖.
U ta‘lim metodlariga taaluqli ikki qoidani, ya‘ni: "Metod tanlashda predmet xususiyati
bilan hisoblashmoq kerak" va O‘qitish, jetodi o‘qituvchi shaxsiiing o‘zi bilan bog‘langan", -
degan qoidalarni ifodalaydi. Hozir o‘qitish metodlarining samaradorligini oshirish eng dolzarb
masalalardan biridir.
O‘qitish metodlarining muvaffaqiyati, samarasi, natijasi ko‘proq, o‘quvchilar
faoliyatiniig faolligi va mustaqilligini tarkib toptirishga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu yo‘l o‘qitish
metodlarini takomillashtirishning eng samarali shaklidir. Metod shunday vaqtda samarali
bo‘lishi mumkinki, o‘qituvchi darsda shunday vaziyat, sharoit yaratishi kerakki, ularning
mustaqilligini oshirish bilan birga, olayotgan bilimlarni o‘zlashtirishda va fikrlashga o‘rgatishi
zarur.
O‘qitish metodlarini takomillashtirish o‘quvchi shaxcini, uning dunyo qarashiga, uning
pedagogik - psixologix metodik va maxsus ilmiy jihatidan tayyorgarligiga bog‘liq. Ana shunday
omillar o‘qitish metodlarining samaradorligini oshirish omilllari hisoblanadi.
Yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan o‘qituvchida ma‘lum tanlangan metodlarning ustunligini
ko‘rinadi. Tayyorgarligi kam o‘qituvchida buning aksi bo‘lishi mumkin.
Maktab ta‘lim tizimida o‘qitish metodlari bilan birga "metodik usul" va "vosita"lar ham
ishlatiladi. Usul - metodning bir qismi bo‘lagidir. Masalan, o‘quvchining bilimini yozma
tekshirish metodiga xatolarni tuzatish usuli kiradi.
Vosita - ma‘lum bo‘lgan yordamchi o‘quv materiali - asbob, qurol va apparatlardan
foydalanishdir. O‘qitish metodlari dars xarakteriga qarab turli - tuman bo‘lishi mumkin. Lekin
har bir fanni o‘qitishda o‘ziga xos umumiy talablarni hisobga olishi kerak. Masalan, fizika,
ximiya, biologiya fanlarini laboratoriya mashg‘ulotisiz o‘qitish mumkin bo‘lmaganidek,
matematika, ona tili grammatikasini mashq qilmay, misol va masalalar yechmay turib kutilgan
maqsadga erishib bo‘lmaydi. Aksincha tarix, geografiya darslarida misol va masalalar yechishga
hyech qanday zaruriyat yo‘q.
O‘qitish metodlariga quyidagi pedagogik talablar qo‘yiladi:
1. Tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirilishga qaratilishi.
2. Metodning ilmiyligi.
3. Metodning ommabopligi, metod o‘quvchilar rivojlanishining psixologik - pedagogik
imkoniyatlariga muvofiq bo‘lishi.
4. O‘quv materialini mustahkam egallashga qaratilganligi.
5. O‘z ishida ilg‘or metodlarni muntazam o‘rganish, boshqalar tajribasidan foydalanish
zarurligidan iborat.
6. O‘qitish metodlari o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va ularning samarali o‘zlashtira
olishlariga imkon berishi.
7. O‘qitish metodlari butun sinf o‘quvchilar faolligi va mustaqilligini oshirishga qaratilmog‘i
kerak va h.k.
Maktablarda qo‘llanilayotgan o‘qitish metodlari xilma - xil bo‘lib, ularning keng
tarqalganlari quyidagilar:
1. O‘quv materiallarini og‘zaki bayon qilish metodi.
O‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi maktab ta‘limi tizimida eng ko‘p
qo‘llaniladigan metodlardan biri bo‘lib, uni hamma fanlardan, hamma sinflarda qo‘llash
mumkin. Bu metodda o‘qituvchi bilimlarni to‘g‘ridan - to‘g‘ri jonli nutqi bilan bayon qiladi va
o‘quvchilar esa idrok qilishi bilan xarakterlanadi.
Hikoya qilish - o‘qituvchi tomonidan yangi o‘tilayotgan mavzuga doir hodisa va
voqyealarning yaxlit qismlarga bo‘lib, izchil bayon qilinishidir. Hikoya qilish davomida
o‘quvchilar faolligini oshirish, diqqatini bir yerga to‘plash, ularning voqyea ustida fikr yuritish
va almashinishlariga erishishi uchun ayrim savollar berib borish ko‘rsatma materiallardan
foydalanish kerak. Hikoya qilishning muvaffaqiyatli bo‘lishi o‘qituvchi nutqining ravonligi,
tushunarli va emosional bo‘lishiga bog‘liq.
Tushuntirish - o‘qitishning o‘qituvchi tomonidan o‘tilayotgan mavzuning mazmunini
xarakterlaydigan tushuncha, qonun va qoidalarning bayon qilinishidir. O‘quvchi ma‘lum bir
fanning biror mavzusiga doir qonun- qoidalarni qanchalik asosli ekanligini faktlar, misol va
masalalar yechish bilan isbotlab beradi.
Maktab leksiyasi metodi - asosan o‘rta maktabning VII - IX sinflarida qo‘llaniladi.
O‘qituvchi ma‘ruza metodi bilan ish ko‘rar ekan, mavzuning har bir qism albatta tugallangan
bo‘lishi kerak. Bu metodda dars olib borgan o‘qituvchi maktab ta‘lim oldida turgan umumiy
talablarga, tarbiyaviy qoidalarga, nutqining tushunarli hamda emosional bo‘lishiga e‘tibor berishi
kerak. Maktabda o‘quvchilarni qisqacha konspekt olishga o‘rgatish kerak.
Suhbat metodi – bu metod ko‘p qo‘llaniladigan samarali metodlardan biridir. Bu metod
savol – javob metodi deb ham yuritiladi. Chunki dars jarayonida savollar bilan butun sinfga
murojaat qiladi, o‘quvchilar javob qaytaradilar. O‘qituvchi tomonidan berilayotgan ta‘lim
mazmuni hajmi va shakliga bog‘liq.
Darslik va kitob bilan ishlash metodi. Bu metod ham maktabda muhim o‘rin tutadi.
Kitobsiz undan foydalanish madaniyatiga ega bo‘lmay turib, fan-texnika sirlarini egallab
bo‘lmaydi. O‘quv amaliyoti bilan ishlash psixik jarayonni o‘z ichiga oladi. O‘qitish jarayonida
o‘qituvchining bayon qilayotgan bilimlarini o‘quvchilar faqatgina eshitib qolmasdan, shu bilan
birga uni kitob matnidan ko‘rib, ongli idrok qilishi muhim rol tutadi. Darslik va kitob bilan
ishlash metodi ikki shaklda olib boriladi:
1. Dars jarayonida darslik va o‘quv adabiyoti bilan ishlash;
2. Sinf va maktabdan tashqari darslik va o‘quv adabiyoti bilan mustaqil ishlash.
Namoyish qilish va illyustrasiya o‘quvchilar tomonidan materiallarni aniq obrazlar orqali
bevosita idrok etish jihatidan muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilar o‘rganayotgan buyum va hodisalarni konkret va aniq tasavvur etgan
taqdirdagina ularning olgan bilimlari chuqur va puxta bo‘ladi.
Ta‘limda namoyish qilish metodi keng qo‘llaniladi. Bu metoddan darsda ko‘pincha
fizika, ximiya, biologiya fanlariga alohida tabiiy narsa va buyum ko‘rsatiladi. Ta‘lim jarayonida
namoyish qilish metodidan foydalanish juda ko‘p jihatdan namoyish qilish materiallarining
xarakteriga, mazmuniga, shakli va hajmiga bog‘liqdir. Ko‘rsatma materiallardan o‘z mazmuni va
xarakteriga ko‘ra 2 turga bo‘linadi:
1. Tabiiy ko‘rsatmali materiallar: o‘simlik, hayvonlar, foydali qazilmalar, ularning
kolleksiyalari va boshqalar.
2. Tasviriy ko‘rsatma materiallar. Tasviriy ko‘rsatma materiallari ham mazmuni va tizimi
shakliga qarab 2 turga bo‘linadi.
a) Buyum, narsa, hodisa va voqyealarning tasvirini ifodalovchi rasmlar – rasm, surat,
fotosurot, diafilm, kinofilm va h.k.
b) Buyum, narsa, hodisa va voqyealarning biror shartli belgisi orqali simvolik yoki grafik
materiallar – geografiya va tarix kartalari va chizmalar, jadvallar va boshqalar. Tasviriy
ko‘rsatma materiallarini har ikki shakli illyustrasiya materiallari deb yuritiladi.
O‘quvchilar tomonidan o‘rganilayotgan buyum va hodisalarni jonli kuzatib, idrok etish
yo‘li bilan ilm asoslarini egallashga ekskursiya metodi deyiladi. Sa‘diyning ―Guliston‖ asarida
―safarning foydasi ko‘pdir: bag‘ri diling ochiladi, foyda topasan, ajoyibotlarni tko‘rasan,
g‘oyibotlarni eshitasan, shaharlarni tomosha qilasan, do‘stlar bilan suhbatda bo‘lasan, bilim
orttirasan, molu-mulk, davlatingni ko‘paytirasan, do‘stlaringni yaqindan tanib, taqdirni imtixon
qilasan‖ deyilgan. Ekskursiya zavodlarga, fabrika, qo‘shma korxona kabilarda o‘tkaziladi.
Ekskursiya o‘tkazishda bir qancha talablarga amal qilish lozim. Ekskursiya to‘rt yo‘nalishda
bo‘lmog‘i lozim:
1. Tabiatni kuzatish va o‘rganish maqsadida;
2. Sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga doir;
3. Ijtimoiy va maishiy mazmundagi;
4. San‘at va adabiyot materiallari bilan tanishishga oid ekskursiyalar.
Ekskursiya quyidagi tartibda olib boriladi:
1. Ekskursiya haqida ekskursovodning muqaddama suhbati;
2. Marshrut bo‘yicha obyektni kuzatish;
3. Ekskursiya davomida yoki oxirida zarur materiallarni to‘plash.
1. Og‘zaki, yozma mashq va grafik ishlari metodi.
2. Amaliy, laboratoriya mashg‘uloti metodi.
3. Tajriba yer uchastkasida mashg‘ulot.
4. Muammoli o‘qitish metodi.
Bu metodlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, hamma sinflarda, o‘quv fanlari bo‘yicha keng
qo‘llaniladi. Mashq metodi o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilim hosil qilingan ko‘nikmalarni
mustahkamlash va ularni hayotda qo‘llay olish qobiliyatini o‘rgatish maqsadida tashkil etiladi.
O‘quvchilar mustaqil ishlarning xususiyatlari va mazmuniga qarab og‘zaki, yozma, grafik va
amaliy turlarda olib boriladi:
1. og‘zaki mashq;
2. yozma mashq;
3. grafik ishlar (metod);
4. amaliy ishlari.
Dostları ilə paylaş: |