Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 298,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/20
tarix02.01.2022
ölçüsü298,89 Kb.
#42715
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
soz va uning xususiyatlari

Undov.  

Undovlar maxsus turkum sifatida o’ziga xos xususiyatlari  bilan boshqa 

so’zlar guruhlaridan farqlanadi. Ular leksik jihatdan nominativlikni 

ko’rsatmaydigan so’zlar guruhida bo’lsa, grammatik jihatdan o’zgarmaydigan 

so’zlar qatoriga kiradi. 

Undovlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ular faqat umumiy gap 

mazmuni  bilan ma’lum darajada bog’lanib, ba’zan u asosiy gapning ekvivalenti

ba’zan esa shu gapning umumiy  sifatida qo’llanadi. Ular gap sastavida kelganda 

shu gapdan ifodalangan umumiy ma’noga so’zlovchining munosabatini bildiradi, 

unga emotsional bo’yoq beradi. 

Undovlarning yana eng muhum xususiyatlaridan biri ularning undov gap 

sifatida, ya’ni so’z-gap sifatida qo’llanishidir. 

Ular yolg’iz ishlatilganda turli xil his – tuyg’u, buyruq-xitob, rasm-odatlarni 

bildiruvchi so’z-gaplar sanaladi. Ammo yolg’iz  undov orqali ifodalangan gap 

mazmuni eshituvchi uchun ham, so’zlovchi uchun ham noma’lum bo’ladi. Undov 

gaplar strukturasiga ko’ra birgina yoki bir necha undovlardan tashkil topgan 

bo’lishi mumkun. Hatto ba’zan birgina tovushdan tashkil topgan undovlar ham gap 



 

43 


bo’lib kela oladi. Undov gaplar alohida gap sifatida ham, qo’shimcha gap 

sostavida ham boshqa gaplar bilan mazmunan aloqador bo’ladi. Ba’zan undovlar 

otlashish xarakteriga ega bo’ladi. 

Undovlar anglatgan ma’nolariga ko’ra ikki katta guruhga bo’linadi: 

ematsional undovlar, imperativ undovlar. Bulardan tashqari, bu ikki guruhga ham 

kiritish mumkin bo’lmagan va alohida guruhni tashkil qiluvchi undovlar ham bor. 

Bundan tashqari bir  undovturli o’rinda turli xil his-tuyg’u bildirishi ham 

mumkun.


24

  

 Undovlar  mustaqil ma’noli so’zlar bilan  yordamchi so’zlar orasidagi bir 



kategoriya bo’lib, ular leksik ma’no grammatik ma’no bilan  diolektik  birlikni 

tashkil qiladi. Undov nutqda ko’pincha modal ma’noni ifodalash uchun xizmat 

qiladi.

25

 



 

Undovlar  og’zaki  so’zlashuv,  badiiy,  qisman  publisistik  uslubda  keng 

qo’llanilib,  rasmiy  va  ilmiy  uslubda  keng  qo’llanish  doirasi  cheklangan.  Nutq 

jarayonida  so’zlashuvchilarning  yoshi,  amali  nuqtai  nazaridan  undovlardan 

foydanalish  ham  ma’lum  darajada  farq  qiladi.  Xususan,  o’zidan  katta 

yoshdagilarga  murojaat  qilganda  yoki  ma’lum  lavozimni  egallagan  shaxslarga 

uning qo’l ostida ishlayotgan shaxslarga uning qo’l ostida ishlayotgan shaxslar xoy 

deb  murojaat  etmaydi  yoki  balli  undovi  kattalar  tomonidan  kichiklarning  qilgan 

yoki  qilayotgan  ishlaridan  mamnunligini  ifodalash,  ular  mehnatini  baholash 

maqsadida  ishlatiladi,  lekin  kichiklar  tomonidan  kattalarning  ishlariga  nisbatan 

bunday undov orqali baho berilmaydi. 

 

Prof.Sh.Raxmatullayev so’z-gaplar deb yuritilayotgan ayrim so’z 



turkumlariga  boshqacha  yondoshganligini ko’ramiz. …Adabiyotlarda modal 

so’zlar, undovlar, taqlid so’zlari mustaqil turkumlarga ham, yordamchi so’zlarga 

ham kiritilmay, alohida-alohida tur turkum deb qaraladi. 

                                                 

24

 

Ўзбек тили грамматикаси. I том. –Тошкент: Фан, 1975, 592- бет 



25

 

Ҳозирги замон ўзбек тили. – Тошкент: Фан, 1957, 510-бет 




 

44 


 

Bulardan taqlid so’zlari “tasvir  birliklari turkumi” nomi  bilan leksik birlik 

turkumlari qatoriga kiritib tasvirlandi. 

 

Modal birliklar va  undovlarni grammatik birlik turkumlari bo’lgani uchun 



bog’lovchi va yuklama turkumlari qatoriga kiritib tasvirlaydi. Ushbu  to’rt turkum 

uchun umumiy belgi deb ularning grammatik ma’no ifodalashi va birikmaning

gap shaklning bo’lagi vazifasida kelmasligi ta’kidlanadi. Bu turkumlarning har biri 

o’ziga xos belgilari bilan farqlanadi.

26

 

 



Ushbu fikr to’g’risida fikr yuritiladigan bo’lsa, birinchidan so’zlarni 

marfologik  jihatdan  grammatik birliklar turkumini va ikkinchidan so’z-gaplarni 

yordamchi so’z turkumlari qatoriga kiritilishi maqsadga muvofiq emas deb 

hisoblaymiz. 

 

O’z navbatida prof.Sh.Rahmatullayev undovlar to’g’risida ham boshqacha 



yo’l tutganligini ko’ramiz.  

 

… Undov deb avvalo kishining his-hayojonini bevosita ifodalaydigan tovush 



birliklariga aytiladi: oh, eh, uh, uf, e, be, voy, a, o, ye, he, hah, ehho, ohho, voydod 

kabi. 


 

1. Undov bilan qanday his-hayajon ifodalayotgani ko’pincha aniq 

bo’lmaydi; undovdan keyin (ba’zan  oldin) keladigan jumlaning mazmuni undov 

qanday his-hayojonni ifodalashni, qanday ohangda talaffuz qilishini ko’rsatib 

turadi. 

 

Ba’zi undovlar aniq bir his-hayajonni ifodalanishga hoslangan bo’ladi. 



Masalan, be-undovi rozi bo’lmaslik, qo’shilmaslik kabi his-hayajonni iya undovi 

“ataylanish” kabi his-hayajonni ifodalaydi. Tinglovchining diqqatini tortish uchun 

ishlatiladigan hoy undovi ham aniq bir ma’noni ifodalaydi. 

 

Ko’pchilik undovlar esa har xil ohang bilan aytilib, turli his-hayajonlarni 



ifodalashga xizmat qiladi. 

 

2. Adabiyotlarda undovlarning ikkinchi ma’no turi deb xitob birliklariga 



aytiladi. Bular his-hayojon birliklaridan keskin farq qiladi: biror harakatni qilish-

                                                 

26

 Rahmatullayev  Sh. Hozirgi adabiy o’zbek tili. – Toshkent: 2006, 129-130- betlar 




 

45 


qilmaslikka ko’rsatma beradi. Shunga ko’ra ikkiga guruhlanadi: a) harakatni 

bajarishga chaquruvchi undovlar; b) harakatni bajarmaslikka chaqiruvchi 

undovlar.

27

 



 

“Hozirgi zamon o’zbek tili”da undovlarning ma’nolari yetarli darajada o’z 

ifodasini topganligini uchratamiz. 

 

His-hayajon undovlari: eh (ex), ox, oh, uh, hm (him, em), be, xo, he, e, ey, 



ha, uf, fu, tuf, dod, voy, hoh, obbo, ura, o’ho’, o’hho’, oho, (ohho), eha, (ehha), ie 

va shu kabilar. 

 

Ular quyidagi ma’nolarni anglatadi. 



1)  Sevinch, mamnunlikni anglatadi. 

-  Eh, biram chiroyliki! (O’.H. 37). 

2)  Qayg’u, hafalikni anglatadi. 

-  E, yo’qol! –dedim alam bilan… 

-  Ie, tushib qopti! dedim boshyalangligim endi esimga kelgandek sochimni 

changallab. (O’.H. 17). 

3)  Qo’rqinchni anglatadi. 

-  Ie, menda oltin nima qiladi (61). 

4)  Bezovtalanishni anglatadi. 

-  Hoh, qurub ketkur! –  Menda fayf xondrit dollor, -  dedim beshta 

barmog’imni ko’rsatib. 

5)  Taajubni anglatadi. 

-  Ie, ayajon, siz Hamidaxonning ayalari bo’lasizmi? (O’.H. 12). 

-  Ie, assalomu alaykum, kuyov to’ra!.. 

-  Ie, tanimadilar shekilli kuyov? – dedi u ranjib. – Qishloqqa borganlarida 

hamsuhbat bo’lgandik. Karta o’ynagandik. Pisra (O’.H. 77). 

O’z navbatida ma, tiss, marsh, bos va sh.k. so’zlovchining eshituvchi 

shaxsga nisbatan buyrug’ini, istak-hohishini ifodalaydi. 

                                                 

27

 Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o’zbek tili. – Toshkent: 2006,. 138-bet. 




 

46 


 

Rasm-odat undovlari kishilarning uchrashishi, ayrilishi vaqtida 

so’zlovchining eshituvchiga nisbatan bo’lgan munosabatlarini ham ifodalaydi. 

Bular o’z navbatida boshqa so’z turkumlaridan undovga ko’chgan undovlardir. 

Ularga hormang, bor bo’ling, esonmisiz-omonmisiz, xayr, marhamat, salom 

kabilarni ko’rsatish mumkun. 

-  Marhamat oling! … 

-  Bo’lmasam xayr,  men daryo bo’yiga pristangga ketdim! (Sh.X.267). 

Yuqoridagi ushbu so’zlar nutqda o’zlarini taalluqli bo’lgan so’z 

turkumlariga xos semantik va sentaktik xususiyatlariga ko’ra ham ishlatiladi. 

Undov vazifasida qo’llanganda o’zlarining o’sha xususiyatlarini yo’qotadilar.  

Nutq jarayonida barakalla, ofarin, balli, rahmat, tashakkur so’zlar ham 

undov vazifasida qo’llanadi.  

-  Ofarin, bor bo’ling! 

-  Uzur, bekam! – dedi Toshpo’lat yerga qarab. 

Biror ish harakatni bajartirish maqsadida ishlatiladigan buyruq-  hitob 

undovlari ma’nolariga ko’ra guruhlarga ajratiladi.  

A) chaqirish undovlari: kuch-kuch, goh, mosh-mosh, pish-pish, beh-beh, tu-

tu, ti-ti, xov-xov va shu kabi. 

B) Xaydash undovlari: xayt, pish, kish, kish-kish, chuv, chu, chuk, xix va 

shu kabi. 

C) Xayvonlarni harakatdan to’xtatish yoki tinchitish maqsadida 

ishlatiladigan buyruq-xitob undovlari ham bor: dirr, tok, xo’o’sh, ho’o’q, 

ish va shu kabi. 

Undovlar o’ziga xos sintaktik xususiyatlarga egadir. Ular bir tarkibdan iborat 

bo’lgan ayrim gap sifatida buyruq, istak, xis-hayajon kabi  tuyg’ularni  ifodalaydi.   

Bunday gap ega va kesimga bo’linmaydi. 

Undov maxsus grammatik shakillarsiz ohang yordami bilangina gap yoki 

gap bo’laklaridan biri bilan bog’lanadi, birgapda va uning ma’nosini 

kuchaytiruvchi vazifani bajaradi.  




 

47 


Takroriy emotsional undovlar, buyruq-hitob undovlari, urf odat va tabrik 

undovlaridan boshqa hamma undovlar ana shu vazifani bajaradi.  

-  E, xalqqa nima ta’sir qilar edi!  

-  Dedi G’olib. – turibdida, eski qabr… 

-  E, qarshimisiz, G’olibboy?!  Menga maslahat berish o’rniga bu qabrning 

yonini olasizmi?  

-  Kim biladi, balki bu bir shayxning mozoridir? Balki bir eshonning, 

mo’llaning qabridir? Bo’lishi mumkunmi? Juda mumkunda! Shunaqa!  

-  He, qo’ysangizchi, men qayerdan bilay (Sh.X.94). 

Undovlar otlashib ega, aniqlovchi, to’ldiruvchi, kesim vazifalarida 

qo’llanadi. 


Yüklə 298,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin