Hayvon va qush, hashoratlar chiqargan tovishga taqlid so’zlar.
vov - it xurishiga taqlid;
uv - it yoki bo’ri ulishiga taqlid;
irr - it yoki bo’ri irillashiga taqlid;
mo’/mu – sigir ma’rashiga taqlid;
maa-baa – qo’y ma’rashiga taqlid;
miyov-miyov – mushukning miyovlashiga taqlid;
vaq-vaq – vuqir-vuqir – qurbaqaning vaqillashiga taqlid;
vish-vish – ilonning vishillashiga taqlid;
quq-ququr-qu – xo’rozning qichqirishiga taqlid;
g’a-g’a-g’a-g’aq-g’aq –o’rdak va g’ozning g’aqillashiga taqlid;
qag’-qag’ – qarg’aning qag’illashiga taqlid;
pit-pildiq – bedananing sayrashiga taqlid;
parr- qush uchgandagi parillashiga taqlid;
viz-viz-g’uv-g’uv – qo’ng’iz, ari va shu kabi hashoratlarning uchish
tovushiga taqlid;
51
g’uv-g’uv uchar bolari.
29
Mavjud darslikik va ilmiy adabiyotlarda ma’naviy guruhga ega bo’lgan
tasdiq-inkor so’zlar, odatda, modal so’zlar tarkibida tahlil etilmoqda. Jumladan, ha,
mayli, xo’sh, xo’p so’zlari tasdiqni
- Ha, ikkoviyam bog’chaga boradi.
- Mayli, domlajon, siz nima desangiz shuda.
- Ha, yo’q … Qo’yavering … -domlam yarim yo’lga to’xtadi. (O’.H. 38).
Yo’q, mutlaqo, also, sira so’zlari inkorni ifodalovchi so’zlardir.
- Yo’g’e… -dedim bo’shashib. Bir-ikki osham yeb ko’rdim. Yo’q
nozanindan osh! (O’.H. 36).
- Also, hafa bo’lish yo’q. So’rayvering!
- Yo’q. Mana, Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotnomasi! Bunisi
Elchixonadan olingan spravkalar. (O’.H. 80-126 betlar).
Taklif – ishora so’zlarga qo’llanishi tana a’zolarining maxsus harakati bilan
uzviy bog’liq bo’lgan ma, mang, qani, marhamat so’zlarini kiritish mumkun. Ular
tinglovchiga qaratilgan, uni biror ish-harakatni bajarishga undaydi.
- Qani, Shoniyozboy, o’tiring oshna!
Buyuring! Ichkiliksiz buyuring!
- Marhamat, siz nima desangiz shuda. (Sh.X. 212).
- Ma, ol!
- E, qo’y, olmayman!
- Yo’q, desang, aloqalarimiz buzilib ketadi-da.
- Nima qilasan? (Sh.X.247).
Shuni alohida takidlash lozimki, so’z-gaplarning juda ko’pchiligi boshqa
so’z turkumidan tarixiy taraqqiyot jarayonida o’ziga xos nutqiy qo’llanish
natijasida shakillangan va rivojlangan.
Yuqorida ta’kidlaganidek, nutq jarayonida ayrim mustaqil so’zlar matnda
modalsimon shunday qilib, baxtga qarshi, tovba, xudo saqlasin, undovsimonlarga
29
Шоабдураҳмонов Ш. ва б. Кўрсатилган манба. 442 бет.
52
erkalash ma’noli asalim, oppog’im, toychog’im va undalma ma’noli ey, do’stlar
kabi; tasdiq inkorsimonlarga boshlang ko’rinishli so’zlar misol.
Qisqasi, so’z-gaplarning leksik-semantik turi bo’lgan sof so’z-gap o’zi
tarixan kelib chiqadigan so’z turkumidan batomom uzulgan ko’pchiligi ravish,
sifat, ot sifatida mutlaqo qo’llanmaydi. So’z-gaplashgan unsur esa o’zlari tarixan
kelib chiqqan so’z bilan omonimik munosabat hosil qiladi va boshqa turkumdan
aloqasini to’la uzmagan bo’ladi. So’z-gaplashayotgan unsurlarga o’zi boshqa
so’zlar turkumi (ravish, sifat, olmosh, son, fe’l) ga tegishli, leksik so’z-gaplarga
xos ma’no va vazifada qo’lanila oladigan birliklar kerida va buning so’z-
gapsimonlardan farqi shundaki, ushbu qatlamga oid so’z tarixiy taraqiyot natijasida
batomom so’z-geplarga o’tib ketishi mumkun. So’z-gapsimonlar esa o’z turkumi
doirasida qoladi.
So’z-gaplarning sintaktik xususiyati yuqorida ta’kidlaganidek, ularning
kesimlik qo’shimchasini qabul qilmasligi bog’lam bilan birika olmasligida. So’z-
gaplar ham undalma, sodda gap kabi kengaygan yoyiq holda bo’la olishidir. Har
bir so’z-gap shu gapga xos bo’lgan ma’noni ifodalashga xoslangan bo’ladi.
Chunonchi xa so’zi tasdiqni ifodalaydi. Uning bo’lishsiz formasi
30
xa emas, balki
alohida so’z “yo’q”dir.
Albatta yoki shubhasiz modal so’zi qat’iy ichonch va tasdiqni ifodalaydi,
inkor ma’nosi mutlaqo, also so’z-gapi bilan beriladi.
So’z-gaplarda zamon va shaxs ma’noasini nol ko’rsatkichli bo’lib, matnda
muayanlashadi. O’zbek tilida gap zamon va shaxs ma’nosidan xoli bo’la olmaydi.
Zero, so’z-gaplarda zamon va shaxs son ma’nosining kontekstual aniqlanish
xususiyati bu so’zlarning asosiy sintaktik xususiyati-kesimlik qo’shimchasini
qabul qilmay gap bo’lib kela olishi bilan shakillanadi.
So’z-gaplarning yana bir sintaktik xususiyatlari – gap tarkibida alohida
pozitsiyada turishi, ya’ni boshqa gap bo’lagi bilan bog’lanmasligi va o’zi gap
sifatida “yashay olishi”, hamisha lisoniy alohidalikni saqlab qolishi. Chunonchi,
30
Замонавий ўзбек тили. Марфология. 449 - бет.
53
- Ertaga kelasizmi? – albatta.
- Engil tortingizmi qizim?
- Shukur.
So’z-gaplarning umumiy sintaktik xususiyati ular kesimlik qo’shimchasini
qabul qilmagan holda gap va uning markazini tuza olishda.
Modal, undov, tasdiq-inkor, taklif-ishora kesimlik kategoriyasini tashkil
etuvchi ma’nodan har biri alohida bo’rtirilgan, “yalong’och” holda yuzaga chiqadi:
modallar so’zlovchining munosabatini, maylini; taklif va ishoralar shaxsga
qaratilganlik ma’nosini, tasdiq va inkorlar, tasdiq-inkorlar, undovlar bo’lg’usi
harakatni ifodalashga hizmat qiladi.
54
XULOSA
Barchaga ayonki, XX asr tilshunoslik fani uchun muhum burilish davri
bo’ldi. Tilga tizm sifatida yondoshildi, til va nutq xodisasi farqlandi.
Zamonaviy tilshunoslik nuqtai nazardan leksema hozirgi kunga kelib
ma’noviy, sintaktik va marfologik nuqtai nazardan tasnif etila boshlandi.
Manashu asosda ishora, undov va taqlidlar sof ma’noviy asosda; ot, sifat,
son, fe’llar sof marfologik asosda; bog’lovchi, ko’makchi, undov va modallar
sintaktik asosda ajratiladi.
So’z-gaplar ya’ni oraliq so’z turkumlarining o’ziga xos xususiyatlari
mavjud:
- Mustaqil holda gap bo’la olish; gap tarkibida ushbu gapning biror bo’lagi
bilan sintaktik aloqaga kirisha olmasligi;
- O’ziga xos g’ayritabiiy ma’noga ega bo’lish;
- Bog’lama bilan ham birika olmasligi.
So’z-gaplar mustaqil gap bo’la olganligi uchun ularni semantik, funktsional
so’z-gap deyishga asos bo’la oladi.
- So’z-gaplar mustaqil gap bo’la olganligi uchun, ularni semantik
fuktsional so’z-gap deyishga asos bo’la oladi.
- So’z-gaplarning ma’no imkoniyati chegaralangan.
- So’z-gaplar grammatik shaklni talab qilmaydi.
- So’z-gaplar boshqa so’zlar bilan birika olmasligi bilan farqlanadi.
- So’z-gaplar ma’noli qismlarga ajrala olmaydi.
Ma’noviy xususiyatga ega bo’lganligi uchun mutlaqo, also, sira, yo’q, mayli,
xo’sh, xo’p so’zlarini garchi modallik xususiyati ularda aks etsa ham ularni tasdiq
inkor so’zlari sifatida so’z-gap deyishga asos bor, deb hisoblaymiz. Shular bilan
bir qatorda taklif ishora bildiruvchi ma, mang, qani, marhamat kabi so’zlar
muloqot jarayonida qo’llanilgani uchun ular ham so’zsiz so’z-gaplar qatorida
o’rganiladi.
55
Albatta, vaxolangki, valohialam, mutlaqo, also kabi sof so’z-gaplar bilan bir
qator undovlashayotgan, modalashayotgan, inkorlashayotgan so’zlar mavjudki
(to’ppa- to’g’ri, balki to’g’risi, bahtga qarshi, huddi shunday, boshlang, attang)
ular nutq jarayonida o’zlarining asl ma’nosidan uzoqlashgan bo’ladi.
Zero so’z-gaplarning deyarli barchasi tarixiy taraqiyot jarayonida mustaqil
so’z turkumlaridan o’sib chiqqanligidir.
So’z-gaplarning gap tarkibida alohida o’rin egallashi, ya’ni o’zi gap sifatida
yashay olishi hamisha lisoniy alohidalikni saqlab qolishi yuqorida
ko’rsatilganlarning isbotidir.
So’zlarni turkumlarga ajratishda hozirga qadar ularning lug’aviy ma’nosi
asos qilib olinganligi sababli, so’z-gaplar lug’aviy ma’no anglatmaslik nuqtai
nazardan turlicha talqin etganligiga chek qo’yish zarurdir. So’zlarni turkumlarga
ajratishda ularni semantik, morfologik va sentaktik xususiyatiga ko’ra tasnif etish
zarur deb hisoblaymiz. Bizningcha so’zlar semantik nuqtai nazardan quyidagilarga
ajratilmog’i zarur.
a) mustaqil ma’no anglatuvchi so’zlar: fe’l, ot, sifat, son, ravish;
b) nomustaqil lug’aviy ma’no anglatuvchi so’zlar: olmosh;
c) lug’aviy ma’no anglatmaydigan so’zlar: ko’makchi, bog’lovchi, yuklama.
Agarda leksemaning sintaktik tasnif nuqtai nazardan yondashiladigan bo’lsa
uning nutqda boshqa leksema bilan bog’lana olish olmasligi, gap bo’lagi bo’lib
kela olishi-kela olmasligi inobatga olinishi zarur deb hisoblaymiz. Mana shu nuqtai
nazardan gap bo’lagi bo’lishiga xoslanmagan so’z-gaplar guruhiga kiritilib ular:
modal so’z, undov so’z va taqlid so’zlardir. O’z navbatida so’z-gap boshqa so’z
bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi. O’zi mustaqil gap bo’lib kelish qobiliyatiga
ya’ni ajralish xususiyatiga ega. Bir so’z bilan aytganda, akademik A.Hojiyev
to’g’ri etirof etganidek hozirga qadar o’zbek tilshunosligida rus tilshunosligi
asosida so’zni turlarga ajratish davom etayotgan bir paytda so’zlarni turkumlarga
ajratishda qator chalkashliklar mavjuddir. Yuqorilardan kelib chiqib biz so’z-
gaplar guruhini tashkil etuvchi taqlid so’zlarni, undovlarni va modal so’zlarni
56
oraliq so’z turkumlari deb qaralayotgan fikrga qo’shilamiz. Zero, ular so’z-gap deb
hisoblanadigan bo’lsa, u morfologiyaning emas balki sintaksisning ob’ekti bo’lib,
qoladi. Vaholangki morfologiyaning tekshirish ob’ekti so’z bo’ladigan bo’lsa
lug’at tarkibidagi so’zlar biz hohlaymizmi yo’qmi ma’lum bir turkumga kiritilishi
shart.
So’z-gaplarni tashkil etuvchi modallar so’zlovchining munosabatini, taklif-
ishoralar shaxsga qaratilganlik ma’noni, tasdiq-inkorlar, tasdiq-inkorni, undovlar
bo’lg’usi harakatni ifodalash uchun hizmat qiladi.
|