Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


  Tasdiq va inkor so’zlari



Yüklə 298,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/20
tarix02.01.2022
ölçüsü298,89 Kb.
#42715
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
soz va uning xususiyatlari

3.  Tasdiq va inkor so’zlari: 

-  Tasdiq va inkor ma’noli leksemalar; 

-  O’zgarmaslik; 

-  Ajraluvchilik (gap bo’laklari bilan munosabatga kirisha olmaslik); 

-  Ma’naviy va sintaktik. 

4.  Taklif so’zlar: 

-  Taklif ma’noli leksemalar: 

-  O’zgarmaslik; 

-  Ajraluvchilik (gap bo’laklari bilan munosabatga kirisha olmaslik); 

-  Ma’naviy va sintaktik. 

Avvolo so’z-gaplarning tamoillari to’g’risida shuni aytish lozimki, garchi 

o’zbek tilshunosligida  so’z-gaplarning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali 

tasnifi, qo’llanish xususiyati  empirik asosda yetarlicha bayon qilinganiga 

qaramasdan, so’z-gaplar qatoriga kirituvchilar hamon turli tuman ravishda o’z 

ifodasini topmoqda. Biz bular to’g’risida avval to’xtalganimiz uchun ularni 

qaytarmasdan balki ayrimlarini keltirishni lozim topdik. 

… So’zlar dastlab shunday to’dalarga bo’linadi: mustaqil so’zlarning har biri 

ma’lum bir ma’noni bildirish bilan harakterlanadi. Yordamchi so’zlar yakka holda 

ma’no bermaydi, ma’nosi nutq ichidagina bilinadi, ular odatda o’z ayrim urg’usiga 

ega bo’lmaydi; morfologik jihatdan o’zgarmaydi. Ular mustaqil so’zlarning 



 

31 


munosabatini ko’rsatadi, yoki so’z (mustaqil so’z) va gaplarning ma’nosiga bir oz 

boshqacha tus-ottenka berish uchun xizmat qiladi. Yordamchi so’zlar: ko’makchi, 

bog’lovchi va yuklama. 

So’zlovchining aytayotgan fikrga, voqelikka munosabatini bildiradigan 

balki, albatta kabi so’zlar modal so’zlar deyiladi. 

Undov  va memimalar turli emotsiyalarni, taqlidlarni (masalan, tovush 

taqlidi) va shuning  kabilarni bildiradi. Ular o’z xususiyatlariga ko’ra  mustaqil 

so’zlardan  ham,  yordamchi so’zlardan ham ajraladi.  Alohida kategoriyani ayrim 

to’dani tashkil qiladi. 

Modal so’zlar ayrim mustaqil so’zga o’xshab ko’rinsa ham, lekin ularning 

vazifasi yuklamalarga yaqin keladi:  ular so’zlovchining voqelik hodisalariga 

aytiladigan  fikrga munosabatini bildiradi:  aniqlik  (to’g’ri, u borgan edi), ishonch 

(shubhasiz, albatta), taxmin.gumon (balki.mazmuni) va boshqalar.   

Demak, bular mustaqil  so’zlar bilan yordamchi so’zlar orasidagidagi ayrim 

bir so’z kategoriyasidir. Modal so’zlar formal jihatdan o’zgarmadi va gap bo’lagi 

bo’lolmaydi . 

Undov va mimemalar turli emotsiyalarni  , his-tuyg’ularni    bildiradigan 

so’zlar (eh, oh  kabi) ,hitob-chaqiriq  so’zlari  (ey, hoy kabi),  hayday uchun 

ishalatiladigan (beh, beh. Kisht, qurey-qurey)  kabi so’zlar ; shuningdek (taq-tuq) 

kabi taqlid so’zlar.  Bu kategoriyadagi so’zlarning taq-tuq tipidan  boshqalari 

undovlar sanaladi, taq-tuq tipi esa mimemalar sanaladi.  Mimemalar  taqlid 

bildiradigan so’zlar bo’lib, bular ikki hol; 1) tovushga taqlid (taqir-tuqur kabi), 2) 

obrazga-holatga taqlid (yalt-yult g’ivir-g’ivir kabi).

15

 



A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh.Yusupovalar tomonidan nashr etilgan “Hozirgi 

o’zbek adabiy tili” darsligida esa  so’z-gaplar to’g’risida quyidagi ma’lumotni 

beradi. …Mustaqil so’zlarga ham, yordamchi so’zlarga ham kirmaydigan, ularning 

har ikkisiga xos belgini o’zida ma’lum darajada aks  ettiradigan oraliqdagi  so’zlar 

                                                 

15

 



Ҳозирги замон ўзбек тили. – Тошкент: Фан, 1957. 303-304; 307-бетлар 


 

32 


bor. Bunday so’zlar undov so’zlar, modal so’zlar, taqlid so’zlarni o’z  ichiga 

oladi.


16

 

Umumta’lim maktablarining 7-sinf uchun darslikda  esa so’z-gaplar 



undovlar, taqlid so’zlar, modal so’zlar, tasdiq va inkor so’zlar mustaqil  so’z 

turkumlariga ham, yordamchi so’z turkumlariga ham kiritilmasdan tasnif etilganini 

ko’ramiz.

17

 



Xullas mavjud  manbalarda so’z-gaplar, oraliq so’z turkumlari hamon 

turlicha tamoyillar asosida ta’rif etilmoqda. Yuqorida ta’kidlanganidek keyingi 

yillarda ular so’z-gap deb e’tirof etilmoqda. 

Mavjud har xilliklarga  chek  qo’yish maqsadida ushbu muammoga 

boshqacha qaraliyotganini ko’ramiz. … Substansial yondoshuvda gapning eng 

kichik qurilish qolipi [Wpm] sifatida qayd etilgach, ziddiyotli, izohtalab nuqtalarga 

ega bo’lgan so’z-gapga ham “lison-nutq” tamoyili asosida yondashish zaruratin 

paydo bo’ldi va har bir gapning o’z qolipi  mavjud bo’lgani kabi, so’z-gaplarning 

ham o’ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish modeli bo’lishi shartligi e’tirof etiladi. 

Til  –  sof  lisoniy qobiliyat va imkoniyat. U tafakkurni shakillantirishga, 

kodlashtirishga xotirada  qat’iy sistemaga tizib saqlashga, axborotni uzatish va 

qabul qilishga imkoniyat beruvchi muhum lisoniy-ijtimoiy-ruhiy komunikatsiya 

vositasi. Tilda bosh ichki  ziddiyat-atash-nomunativ va ifodalash-ekspressiv 

vazifalarning dialektiv birligidir. 

Lison – UMIS tabiatli lisoniy birliklarning  serqirra, ko’p qavatli sathlaridan 

tashkil topgan barqaror, tashqi muhit ta’siriga o’ta sezgir, o’zgarish, rivojlanish va 

moslashish  immanent qobilyatni o’z ichida mujassamlashtirgan murakkab 

qurilishli  ierarxik, sistemadir. Lison deyilganda, ma’lum bir jamiyatning barcha 

a’zolari uchun avvaldan (oldingi avlodlar tomonidan) tayyor holga keltirib 

qo’yilgan, hamma uchun umumiy va majburiy, fikrni ifodalash va boshqa maqsad 

                                                 

16

 



Нурмонов А. ва б. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. Мофология. – Тошкент:  2001, 164 –бет. 

17

 Muhmudov N. va b. ona tili 7- sinf uchun darslik - Toshkent. 96-108-betlar. 




 

33 


uchun xizmat qiladigan birliklar hamda bu birliklarning o’zaro birikish 

qonuniyatlari yig’indisi tushuniladi. 

Me’yor  –  lisonning ichki qurilish tizimiga nisbatan tashqi omil  bo’lib, 

lisoniy imkoniyat –  sinonimik qator, lisoniy birliklarning dublet, ollovariant va 

variantlari, sohaviy birliklardan har birining voqiylanish o’rni va xususiyatini 

belgilaydi. 

Nutq  –  lisonning me’yor egaligidan o’tgan muayyan moddiy yozma

og’zaki, tasviriy, imo-ishora, signal va h.k. shakillarudan birida voqlanishidir. 

Demak, lisondabirlik va birikish qonuniyati farqlashadi.  

Har qanday lisoniy birlik psixofizik tabiatli bo’ladi. Shu bilan birgaular ikki 

tomonining bir butunligidan iborat: 

a)  lisoniy birlikning shakliy, tashqi tomoni; 

b)  lisoniy birlikning ma’lum bir vazifasi, ma’naviy qiymati. Lisoniy birlik 

UMIS sifatida mavjud ekan, umoddiylikdanholi bo’lmog’i lozim.

18

  

UMIS va AHVO munosabati  dialektikaning  (ya’ni butun borliq –  tabiat, 



jamiyatva inson tafakkurining  asosiy yashash)  qonuniyatidan biri bo’lganligi 

sababli, u harbir fanda o’ziga xos tarzda xususiyatlashadi. UMISning  tildagi 

tajallisi lison, AHVOniki esa nutq deb yuritiladi.lison va nutqning majmui til 

deyiladi. 

Tilshunoslikda lisoniy va nutqiy  jihatni farqlashga intilish ushbu fan  bilan 

tengdosh.  Chunki  har qanday fan  cheksiz  hodisalahni umumlashtirishni  o’z  

oldiga maqsad  qilib quyadi. Xususiy  hodisalar  zamiridagi  umumiylikni  

ko’rishga  intilish  bilishning  har  ikkala  bosqichi (faxmiy  va idrokiy) da  ham  

mavjud. Shu  hodisadan  aytish  mumkinki,  bilishning  fahmiy bosqichi mutlaq  

xususiylik  bilan o’ralashib  qolmaganligi   kabi,  idrokiy bosqich ham mutlaq  

umumiylikni UMIS ni tiklay olmaydi. Biroq har bosqich  o’z  vazifasiga ega. 

Chunki har bir  davr  o’z  fani oldiga muayyan maqsad  va  aniq talablarni  qo’yadi. 

Fanlarning taraqqiyoti  shu davrning  ilg’or  falsafiy fikri, davr uchun yetakchi  

                                                 

18

 Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o’zbek tili. – Toshkent, 2009, 33-betlar. 




 

34 


bo’lgan fan sohalarinig  yutuqlari  bilan uzviy  bog’liq. Turli fanlarning  manbalari 

ko’p  qirrali  bo’lganligi  sababli, davrning yetakchi falsafiy  fikri aniq fanlardan 

o’rganish manbaining qaysi  tomonlariga alohida e’tibor berish  lozimligini, 

borliqdagi  mavjud  qonuniyatlarni mantiqiy kategoriyalarda qay usulda  aks  

ettirish yo’llarini belgilab  beradi:  

 

Shu asosda  aytish mumkinki, zamonaviy o’zbek  tilshunosligining   birinchi 



bosqichi dialektika  nuqtai  nazaridan, tildagi  UMIS  va YAHVOni bir-biridan   

farqlamay  tasnif etish  bosqichi. Tilshunoslikda lison  va nutqni izchil farqlab  

o’rganish   avvolo, tilshunoslar V.fon Humboldt, B.de Kurtene va F.de Sossyur 

nomi bilan bog’liq. Lison va nutqning farqlanishi, tilga tizim sifatida yondashuv  

XX asr jahon tilshunosligida tub burilish  sifatida baholanadi. Chunki u  mavjud 

qarashlarni tubdan o’zgartirib yubordi.

19

    


 Insoniyat tarixida fanlar taraqqiyot dialektikasi shuni ko’rsatadiki, har bir 

fanning taraqqiyoti uzluksiz “empirik” dialektik zanjirdan iboratdir. Bu zanjirning 

o’zgarish ob’ekti ularni umumlashtirish, ularning mohiyatini ochib berish, fanni 

ma’lum darajada turg’unlikdan chiqarish uchun emperik tahlilni ochishdir, mana 

shu zaruriyat fanda inqilobiy vaziyatni yuzaga keltiradi; shunday, avvalo, jonli 

mushohada, bevosita kuzatish vositasida o’rganilib, uning xususiyatlari, qirralari, 

tomonlari aniqlanadi, natijada bu xususiyatlar, dalillar, hodisalar to’planadi, 

saralanadi: to’plangan dalillar asosida aqliy, diolektik  tahlil usullariga o’tish 

ehtiyoji paydo bo’ladi.

20

 



Mana  shu  nuqtai  nazardan  ham  so’z-gaplarga  yangicha  qarashlar  vujudga 

kelmoqda. 

So’z-gap  umumiy  atamasi  ostida  birlashitiriladigan  so’zlarning  alohida 

belgilari mavjudki, ular shu belgisi bilan mustaqil, yordamchi so’zdan shuningdek, 

yohud qo’shma gapdan farq qiladi. Bular quyidagilar: 

1)  mustaqil holda gap bo’la olish; 

                                                 

19

 Sayfullayeva R va b. Hozirgi o’zbek tili. – Toshkent, 2009, 32-b. 



20

 

Неъматов Ҳ., Бозоров О. Тил ва нутқ. – Тошкент: Ўқитувчи, 1993, 27-б. 




 

35 


2)  gap tarkibida shu gapning biror bo’lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha 

olishlik; 

3)  o’ziga xos g’ayri oddiy ma’noga ega bo’lish; 

4)  bog’lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl, zamon, 

shaxs-son shakillariga ega emaslik. 

So’z-gap sirasiga shu to’rt asosiy belgi bilan bir majmuaga  birlashuvchi 

birliklar kiradi (bu tipdagi birliklar kirish so’z vazifasida ham keladi, lekin ularning 

substansial belgisi – so’z-gap bo’lib kelishi). 

1. Mustaqil holda gap bo’la olish belgisi. Bu belgi yuqoridagi belgilar bilan 

chambarchas  bog’langan. O’zbek lisoniy tizimi gapda ma’lum bir axborotni 

tashuvchi tasdiq-inkor, mayl-zamon, shaxs-son ma’no va munosabatini ifodalovchi 

tarkibiy qism zarur bo’lishini talab qiladi. So’z-gapda bunday tarkibiyqismni 

alohida-alohida ajratish mumkun emas. Lekin kesimlik  ma’no va munosabatni 

so’z-gapning o’zida mujassamlashgan va ularning ichki mohiyatini tashkil qiladi. 

Bunday gaplarda  kesimlik kategoriyasi ma’nolari hamda kesimlik  gap markazi 

mavqeida kelishda-fikrni shakillantirish, ifodalash vazifasi bor. Ular gap sifatida 

voqeilanuvchi so’zning leksik ma’nosida mujassam, shu sababdan bunday gapda 

kesimlik mavjud, ammo kesimlik shakli ifodalanmagan. 

2. So’z-gap mustaqil gap bo’la olish qobiliyatiga ega bo’lganligidan bu 

so’zga  nisbatan semantik funktsional shakillangan  so’z-gap atamasi qo’llaniladi. 

Bu atamadagi “semantik” tarkibiy qismi hodisaning lug’aviy “ma’naviy” tomoniga 

ishora qilib turadi. Gap markazi mavqeida kelgan bunday leksemaning ikki tabiiy 

xususiyati nomoyon bo’ladi, ya’ni leksik birlik ham so’z, ham gap. Bu atamaning 

funktsional tarkibiy qismi esa so’z-gapning sintiktik vazifa bajarishi  faqat gap 

markazi vazifasida kela olishi bilan chegaralanganligini  ifodalaydi. Demak, 

semantik-funktsional shakillangan gap Grammatik  shakillangan gap [Wpm] dan 

farq qiladi va kesimlik ma’nosi so’z-gapda leksik birlikning yoki atov birligi [W] 

ning o’zida mujassamlashganligi tufayli lisoniy qurulish qolipi [W]  sifatida 

namoyon bo’ladi. 



 

36 


3. So’z-gapning o’ziga xos g’ayri oddiy lug’aviy ma’noga  egaligi. Bu 

xususiyat quyidagilardan iborat: 

a) ma’no imkoniyati chegaralangan; 

b) grammatik shakilni talab qilmaydi; 

c) boshqa so’z bilan birikish qobiliyatidan maxrum. 

g) gapda bajara oladigan vazifasi cheklangan. 

d) ma’noli qismga ajralmaydi. 

 

Shuning uchun ham bu tur leksemalar  boshqa leksemalarga nisbatan 



g’ayrioddiy, biroq ma’no va vazifa jihatdan alohida barqaror til birligi hisoblanadi. 

 

Aytilganlardan  shunday xulosaga kelish mumkunki, ot, sifat, son, olmosh, 



fe’l, ravish, taqlid so’z turkumlari gapning istalgan  bir bo’lagi vazifasida kela olsa, 

so’z-gap vazifasida kela olsa, so’z-gap vazifasida  kela olishga xoslangan, 

bog’lovchi, ko’makchi, yuklama esa sintaktik aloqani ifodalash uchun xizmat 

qiladi. 


 

So’z-gap tasnifi. So’z-gap ichida bir necha ma’naviy guruhga ajratiladi: 

1.  Modal 

2.  Undov 

3.  Tasdiq-inkor 

4.  Taklif-ishora.

21

  

1.  Modal. 



Modallar gap shaklga bir butun holda qo’shilib so’zlovchining o’zi 

anglatayotgan fikrning  aniqligiga, chinligiga ishonch darajasini, voqeilikdan 

taajjublanishini, afsuslanishini ifodalaydi. 

 

Modal so’zlar gap bo’laklari  bilan odatda  grammatik aloqaga kirishmaydi. 



Shunga ko’ramodal so’zlar asosan ko’rish so’z vazifasida keladi. Bunday sintaktik 

vazifa ko’proq fikrning aniqligini ko’rsatuvchi modal so’zlar guruhiga xosdir. 

Masalan, “Albatta, mening ota-onam  bo’lganida, men ham o’shalarning yonida 

                                                 

21

 Sayfullayeva R va b. Hozirgi o’zbek tili. – Toshkent, 2009, 279-28-betlar. 



 


 

37 


bo’lishni afzal ko’rardim”, dedi o’ziga. (Sh.X. 280. Bundan keyingi barcha 

misollar Shukur Xolmirzayevning I tom. Saylanma asaridan va O’.Hoshimovning 

“So’qqa bosh bevoshka” asarlaridan olinadi). 

 

Aksariyat modal so’zlar nutq oqimida  pauza bilan ajralib turmaydi, shunga 



mos holda ular yozuvda  ham doimo vergul bilan ajratilavermaydi. Ammo bunday 

so’zlar ham gap bo’laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydi, gapda ma’lum 

modallikni yuklaydi. “O’zi odamlarning tayini yo’q. Bir kun qarasang, yaxshi 

ko’radi, bir kun qarasang, yomon ko’radi. Fu! Balki yana bitta  erga tegay, keyin 

yana kim yaxshi – Masturaxon yaxshi bo’ladi”. (Sh.X. 283). 

 

Darhaqiqat, qo’shnilar va tanish-bilishlarning unga munosabati avvalgidek 



davom etar. Mastura ularga erkalanar, u yana beihtiyor ravishda hurmat talab va 

mehr talab bo’lib qolgan edi. (Sh.X. 279). 

 

Modal so’zlarni kirish so’zlardan farqlash kerak. Bu ikki tushuncha o’zaro 



teng emas: modal  so’z marfologik hodisa bo’lsa, kirish so’z sintaktik hodisadir. 

Kirish so’z vazifasida turlicha turkumlardagi so’zlar kela oladi va ular shodlik, 

afsus kabi ematsional ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi; fikrning manbaini, 

ifodalanish tartibini, usulini ko’rsatadi. Modal so’zlar kirish  so’z vazifasida 

qo’llanuvchi so’z tiblaridan biridir, xulas. Demak, har bir kirish so’z modal so’zga 

teng bo’la bermaydi. Kirish so’z bilan modal so’zlarning o’zaro munosabati butun 

bilan bo’lak munosabatidekdir. 

 

Modal so’zlar sinonimik kategoriyada bo’lishi ham mumkun: chamasi  – 



chog’i-  mazmuni; albatta-shubhasiz-so’zsiz; tabiiy-o’z-o’zidan; aslida –  (aslan)-

haqiqatda (haqiqatan) –darhaqiqat kabi. Bunday boy sinonimika, so’zsiz,   nozim 

ma’no ottenkalarini ifodalash talabi bilan tug’ulgandir. 

 

Sinonimik modal so’zlar o’zaro ma’no ottenkasidagina emas, balki nutqda 



qo’llanilishiga 

ko’ra ham farq qiladi. Masalan, ehtimol-balki-shekilli 

sinonimlarining qo’llanishida shaklli modal so’zi asosan gapning tugallanishida, 

balki  modal so’zi asosan gapning boshlanishida keladi, ehtimol modal  so’zining 

qo’llanish o’rni erkin, u gapning boshlanishida ham,  ichida ham, tugallanishida 



 

38 


ham kela oladi. Bundan tashqari, balki,  ehtimol, modal  so’zlari dialoglarda javob 

tariqasida  yolg’iz qo’llana olsa, shekilli modal so’zida bunday xususiyat yo’q. 

  

Modal so’zlar badiiy asarlarda odatda persanajlar nutqida ishlatiladi. Chunki  



modal so’zlar o’z qo’llanishiga ko’ra ko’proq so’zlashuv tiliga xosdir

22



 – Voy, Gulya! Bormisan bu dunyoda? Voy, turmushga chiqdigmi?  

– Uch oy bo’ldi.  

– ... 

–  Albatta, to’ydan keyin Gavaya orollariga nikox  sayliga bordik (O’. 



H.175). 

Dilfuza.Univermagmas, universitet.  Chol.  (Gulsaraga) Univermagda ishlasangiz, 

kollega ekamiz. 

Kontrakt tuzamiz. Balki 

biznes qilamiz. Bugun 

bayram.(O’.H.177). 

 

– Mayli, ertaga borib olarman,– dedim hamon shubhalanib. Rosdan, shunsha 



pul  qayerdan kelishi mumkin? (O’.H.177). 

 

So’z-gap shaklida qo’llanuvchi modal so’zlarning ma’no turlarida ham 



ma’lum  bir sistema mavjud emas.  Biz boshqa tasniflarga qaraganda 

SH.Rahmatullayev keltirilgan  tasnifi ma’lum darajada to’liq bo’lganligi uchun 

modallarning ma’no turlariga asoslandik.

23

 



 

…  1.  Fikrning aniqligini ifodalovchi modallar o’z nabatida quydagicha  

guruhlanadi: 

1)  fikrning rostligini,  realligini ifodalovchilar: darhaqiqat, haqiqatan, 

haqiqatdan, tilhaqiqata kabi: 

Haqiqatan, bu masalani Akobirdan oldin Mastura onasi bilan  hal qilgan edi. 

(SH.X.279). 

– O’zimning Mo’minchigim!–dedi erkalanib. 

                                                 

22

 Hozirgi zamon o’zbek tili. –Toshkent: Fan, 1957, 487-b. 



23

 Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o’zbek tili. – Toshkent, 2006, 135-138-betlar. 

 

 



 


 

39 


–  Men siz haqiqatan ham hech kimga alishmayman,jonim!Ana,bo’larkan-

ku!Mo’mintoyning chehrasi bahor qiyoshdek charaqlab ketdi.(O’.H.145). 

2)  Fikrning qat’iyligini ifodalovchilar: shubhasiz, so’zsiz, shaksiz  kabi: Bu, 

shubhasiz, bizning yutuq “yuvamiz!”  –dedim haydovchiga,  -anchadan 

beri  Chaqarning lag’moniga bormay qo’ydik-a? 

-  Bugun boramiz! Jigar kabobniyam sayratvoradi, azamat! (O’.H. 178). 

3)  anglatilayotgan voqelikning yuz berishiga ishonch bildiruvchi: albatta. 

-  Cho’rt poveri! –  dedi ozod aka. –  Endi “Plishi”ni ko’rsam  ko’nglim 

ayniydigan bo’ladi. Bahodir aka astoydil yalindi. 

-  Qo’yinglar endi, shu gap shu yerda qolsin, eshitgan quloqqa yaxshima. 

-  Albatta, deb tasdiqladi Ozod aka. (O’.H. 193). 

4. Anglatilayotgan voqeylikning yuzaga kelishi tabiiy ekanini ifodalovchilar: 

o’z-o’zidan, tabiiy kabi. 

… O’z-o’zidan u Tursunoyni hamon sevadi! O’sha g’alati “ko’z boylag’ich” 

sevgisi bilan sevadi! (Sh.X. 329).  Tabiiy Mansurjon ham  bujoyni tashlab 

ketolmasdi. Bu yerda uning ota bobolari o’tgan. (Sh.X.361). 

5) Fikrning chinligi, realligini eslatuvchilar: rostdan, darvoqe, aslida, ba’zan: 

 

Rostdan bu yolg’on gap! – baqirib yubordi Berdiyor. 



-  Mana bu shipyonbachchadan chiqqan bu gap. Ho’, ko’zingni… 

(Sh.X.259). 

2. Fikrning noaniqligini ifodalovchi modallar o’z navbatida quyidagicha 

guruhlanadi.  

 

 

1) fikrning taxminiy ekanini ifodalovchilar: shekilli, chog’i, chamasi kabi. 



 

Jarrohlik jarayonida dotsent falonchilar, assestent fismadonchilar, - 

deganimda “Informatsiya qiroli”-ning tinglayverib qulog’i, yozaverib qo’li 

charchab ketdi shekilli, toqati tog’ bo’lib so’radi. (O’.H. 51). 

 

2)  fikrning gumonligi ekanini ifodalovchilar: ehtimol, balki kabi: Boshqa 



payt bo’lganda Mastura, ehtimol, bu faryodga chidab turolmasdi. (Sh.X. 221). 


 

40 


 

3) fikrning tusmoli ekanini ifodalovchilar: xoy-naxoy, aftidan, mazmuni 

kabi. 

… aftidan jiyani  direktorini olib kelmoqchi ekan. Bechora bir qo’y so’yib, 



osh damlab o’tirdi. (Sh.X. 22). 

4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham ifodalovchilar har qalay, har 

holda kabi. 

To’g’ri, safdoshlarimiz o’ng keldi degancha gurullab o’zini do’konga uradi. 

Nima zaril! Biz, har holda, intelligentmiz! Pedagogmiz! Unaqa ochko’z 

emasmiz… (O’.H. 65). 

3. Ayrim  modallar  yuz bergan  voqea-hodisadan  so’zlovchining taajubini, 

afsusini ifodalaydi: ajabo, attang,essiz, xayriyat kabi.  

Ajabo, shu o’zimizningKenjamizmi? (O’.H. 51). 

Men yerga qaradim. – Yo’q. – attang, attang – Nima edi? Deb qoldilar Zokir 

aka. 

 

Ba’zan bir modal  so’z takrorlanib keladi, bunday qo’llanilish ma’noni 



kuchaytirish uchun xizmat qiladi. 

-  Yaxshi. Ko’klik qayerda ko’p bo’lsa, o’sha yerga boramiz. 

-  Mayli.  Undov bo’lsa, mayli. (Sh. X. 20). 

-  Ovul bor, qatiq ichamizmi? 

-  Albatta,  albatta, qatiq. Qatiqdan kim yuz o’giradi? Hademay kun qizib 

ketadi. (Sh. X. 25). 

Ba’zan modal so’z ematsional ma’noni ifodalovchi so’z bilan birlikda 

qo’llanadi, bunday qo’llanish uchun ham ma’noni kuchaytirish uchun xizmat 

qiladi. 

Gap shundaki, o’zingiz tushinadigan xotinsiz, planimiz katta! Lekin sovxoz 

o’z moli bilan  uzolmaydi. … To’xtangda! Bizda individualniy  plan deganiyam 

borda. Bu planni tushunasizmi?  

-  Bo’lmasamchi, albatta, albatta. (Sh.X. 211). 



 

41 


Ba’zan bir gapda birdn ortiq modal so’z qatnashishi  mumkun. Bunday hol 

ko’proq so’zlashuv tilining xususiyatini aks ettiradi. 

… Hanifa haqiqatdan ham, aeroport yonida xayrlashayotganida mag’rurlik 

va o’jarlik xalal berdi, chamasi, mazmunan biror narsa deyishga jazm eta olmadi. 

(Sh.X. 269). 

Modallar asosan  boshqa so’z turkumlaridan o’sib chiqqan. 

1.  Ot  leksema shakldan  o’sib chiqqan modallarning ko’pchilik qismini 

shular tashkil qiladi. 

Bunda modal: 

1)  Tub leksema shaklga teng deb qaraladi: ehtimol kabi. 

2)  Asli arabcha leksemaning tushum  kelishigi shakliga teng bo’lib, o’zbek 

tili nuqtai nazaridan tub deb qaraladi: haqiqatan (haqiqattan) kabi; 

 

asli prelog va leksemadan iborat bo’lib, o’zbek tili nuqtai nazaridan tub deb 



qaraladi: darhaqiqat (tojikcha dar predlogi va arab tilidan o’zlashgan haqiqat 

leksemasidan iborat bo’lib, tojik tilida analitik grammatik  shakilli leksema  shakl 

sifatida dar haqiqat tarzida ajratib yoziladi), dar voqe (bu modal ham xuddi 

shunday tuzilgan: tojikcha dar predlogi + arabcha voqe =darvoqe -haqiqatda) kabi. 

 

4) asli “ot leksema” +  atributiv shakl yasovchi” tarkibiga ega 



leksemashakldan o’sib chiqqan va ma’noli qismlarga ajratilmaydigan bo’lgan: 

Shubha – siz, shakl-li = shekilli kabi. 

 

5) asli leksema va shakl hosil qiladigan morfemadan tuzilgan bo’lib, modal 



turkum birligi sifatida o’sib chiqqan, shakl hosil qiladigan morfemalar o’z 

grammatik mohiyatini yo’qotgan, ajratilmaydigan bo’lak. 

 

2. Otdan boshqa turkum leksema shakillaridan o’sib chiqqan: 



 

1) Sifat leksema shakildan o’sib chiqqan: tabiiy kabi; 

 

2) Ravish leksema shakildan o’sib chiqqan: albatta kabi; 



 

3) Tojikcha xoh –noxoh fe’l shaklidan o’sib chiqqan: bunda xoh-ista, no-ma 

=  xoh  –  noxoh  –  ista  –  istama,  o’zbek tilida har ikki qism oxiradagi h tovushi y 

tovushiga o’tgan, ya’ni ista – istama 

→ tusmol. 



 

42 


 

4) Bog’lovchidan o’sib chiqqan: balki. 

 

3. Birikma  shakl hokim a’zosining ellipslanishi (tushurilishi) natijasida 



yuzaga kelgan: o’z-o’zidan. 

 

4. Birikma shaklning modalga aylanishi bilan yuzaga kelgan: har qalay, har 



holda kabi. 

 

Yuqoridagi bayon etilganlardan kelib chiqib, xulosa qilib aytganda modallik 



munosabatini bildiruvchi so’z-gaplarda so’zlovchining bayon etilayotgan fikrlarga 

munosabati – qat’iy ishonch, gumon, tahmin kabi ma’noni ifodalab keladigan so’z 

– modaldir.  

Modal so’z o’z mohiyatiga ko’ra so’z tiplarining alohida bir guruhini tashkil 

qiladi. Nominativlik modal so’zlarga xos emas. Ular gap bo’lagi bo’lib kelmaydi. 

Bu tomonlari bilan mustaqil so’z turkumlaridan farq qiladi. 




Yüklə 298,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin