Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Boshlangich sinflarda otni o’rganish vazifalari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix30.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#60055
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O‘zbekiston respublikasi

Boshlangich sinflarda otni o’rganish vazifalari:
1) «ot» haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish ; 2) kim? Surog’iga 
javob bo’lgan (shaxs bildirgan) otlardan nima? surog’iga javob bo’lgan (narsa, 
hayvon, jonivor va boshalarni bildirgan otlarni farlashko’nikmasini xosil qilish; 3) 
kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, xayvonlarga qo’yilgan nomlar va 
geografiq nomlarni bosh harf bilan yozish ko’nikmasini shaklantirish; 4) otlarda son 
(otning birlik va ko’plikda qo’llanishi) bilan tanishtirish; 5) otlarni egalik 
qo’shimchalari bilan to’g’ri qo’llashko’nikmasini shakllantirish ; 6) otlarning 
kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo’shimchalarning yozilishi haqida malaqa hosil 
qilish; 7) o’quvchilar lug’atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq urinli 
foydalanish malaqasini o’stirish; 8) so’zlarni tahlil qilish, taqqoslash, 
umumlashtirishni bilish hisoblanadi. 
 I. Bu vazifalarning har biri alohida emas, balki bir-biri bilan o’zaro bog’liq 
holda hal etiladi. Shu bilan birga, «Ot» mavzusini o’rganishning muayyan bosqichida 
bajarish lozim bo’lgan bir, vazifani hal qilishga ko’proq; ahamiyat beriladi Masalan, 
I—II sinflarda so’z turkumi sifatida otning belgilari (nimani bildirishi, suroqlari 3-
sinfda esa otga atama beriladi, birlik va ko’plikda qo’llanishi)ni o’zlashtirishga, 4-
sinfda otning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va 
kelishik qo’shimchalarining yozilishini o’rganishga e’tibor beriladi. O’quvchilarning 
nutqi va tafakkurini o’stirish vazifasi esa mavzuni o’rganishning barcha bosqichlarida 
hal qilinadi. Grammatik materialni o’rganish va Orfografik malaqa xosil qilishning 
butun jarayoni o’quvchilar lug’atini boyitishga, bog’lanishli nutq malakalari va 
fikrlash qobiliyatlarini o’stirishga qaratiladi. 
So’z turkumi sifatida ot muayyan leqsnq ma’nolari va grammatik belgilari bilan 
ajralib turadi, barcha otlarning umumiy leksik ma’nosi shaxs va narsani ifodalash 
hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar (kishi, qush, .xayvon, asalari), er va osmonga oid 
narsalar (qissh, yulduz, daryo, tog )- usimliqlar (paxta, beda, gul) voqealar (yigin, 
majlis, revolyusiya), tabiat hodisalari (skamol, bo’ron, yomgir, momasaldirq), belgi-
xususiyat (xilliq quchliliq, samimiyat), haraqat xolat (uyqusevinch, qurash), o’rin va 
vaqt (yoz, baxor, joy) nomlarini bildiradi. 
Otlarning grammatik belgilari: otlar birlik va ko’plikda qo’llanadi, egalik 
qo’shimchalari bilan o’zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko’proq, ega, 
to’ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdeq, xol va qesim vazifasida keladi. Ot nutqda sifat, 
son, olmosh, fe’l bilan biriqa oladi. 
Otining ma’nolari
|
grammatik belgilari xiyla murakkab, shuning uchun ham ot 
halqidagi bilim o’quvchilarda amaliy vazifalarni bajarish jarayonida asta shakllantira 
boriladi. Otni o’rganishda izchilliq. Otni o’rganishga tayyorlov bosqichi savod
o’rgatish davriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda o’quvchilar shaxs va narsalarni va 
ularning nomi bo’lgan so’zlarni farqlashga o’rganadilar, so’zning leksik ma’nosiga 
e’tibor oshiriladi,ma’nolarini hisobga olgan holda so’zlar (qushlar, meva va 
sabzavotlar, qiyimlar va hoqazolarni bildirgan otlar) ni guruhlashko’nikmasi 



shakllantiriladi. So’zlarni leksik ma’nosi asosida guruhlash mashqlari otlarni 
taqqoslash, o’xshash tomonlarini aniqlash, abstraqtlashtirishko’nikmasini o’stiradi. 
Shunga qaramay, grammatik tushunchani shakllantirish uchun o’quvchilar so’znnng 
aniq ma’nosini etarli bimaydilar, so’zning leksik ma’nosini bilish bilan birgalikda 
uning grammatik belgilarini ham o’zlashtirish zarur. kiyingi bosqichda otning leksik 
ma’nolari va grammatik belgilari ustida maxsus ishlanadi (k i m? yoki n i m a? 
so’rog’iga javob bo’lishi, shaxs, narsani bildirishi tushuntiriladi). O’quvchilar kim? 
so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni nima? so’rog’iga javob bo’lgan otlardan farqlashga 
o’rganadilar. Bu bosqichda ular so’zlarni so’roq, berish bilan farqlashni bilib oladilar, 
bolalarda mavxum grammatik tafakkur o’sa boradi. Bolalarda ko’pgina atoqli otlarni 
bosh harf bilan yozishko’nikmasi shakllana boradi. II- sinfda otlarning leksik ma’nosi, 
atoqli va turdosh otlar (atamasiz) haqidagi bilim chuqurlashtiriladi.
«Ot» tushunchasini shakllantirish uchun shu so’z turkumiga kiradigan otlarni 
asosiy leksik guruhlarga ajratish, barcha otlarga xos bo’lgan belgilarni qo’rsatish, 
ularning nutqimizdagi ahamiyatini ochish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda 
mavzuni o’rganishga bagishlangan birichi darslardayoq shaxs, narsani bildiradigan 
so’zlar tizimga solinadi, kishilarni, buyum, o’simliqlarni, hayvonlarni, tabiat 
hodisalarini, voqealarni bildiradigan so’zlar guruhlarga ajratiladi. Shu so’zlarning
hammasi uchun umumiy bo’lgan belgilar aniqlanadi: bu so’zlar shaxs, narsalarni 
bildirib k i m? yoki ni m a? so’rog’iga javob bo’ladi. Dasturga qo’ra, boshlang’ich sinf 
o’quvchilarini sifat va boshqa so’z turqumlaridan yasalgan mavhum ma’nodagi
(yaxshiliq, go’zalliq, ishonch, sevinch, o’qinch, qo’rqinch, tayanch kabi) otlar bilan 
tanishtirish talab etilmaydi. Ammo matnda uchrasa va o’quvchilar qiziqib so’rasalar, 
otning bolalar o’rgangan belgilari asosida (n i m a? surog’iga javob bo’lishi, shaxs, 
narsa nomini bildirishi) tushuntiriladi.Otlarning nutqda katta ahamiyatga ega ekanini 
qo’rsatish uchun o’qituvchi o’qish qitobidan matn tanlab, uquvchilarga matndagi
otlarni topishni, so’ngra matnni shu so’zlarsiz o’qishni topshiradi. O’quvchilar matnni 
otlarni tushirib qoldirinb o’qiganda, matn mazmunini tushunib bo’lmasligini 
anglaydilar. Xulosa chiqariladi: ot atrofimizni o’rab olgan shaxs va narsalarning
nomi, bu so’zlarsiz bir-birimizga o’z fikrimizni tushuntira olmaymiz. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin