32
bilan bog’liq shartnoma bulsa korxona subpudratchilarni jalb qilishi
mumkin. Subpudratchining hamma bajargan ishining tannarxi
shartnomaning tug’ri xarajati sifatida qaralib shartnoma hisobiga olib
boriladi.
Ko’plab pudratchilar uz xarajatlarini alohida shartnomalar buyicha
taqsimlamaydilar, chunki ular odatda tug’ri xarajatlarga nisbatan muhim
hisoblanmaydi. Lekin, alohida hollarda shartnoma buyicha egri
xarajatlar alohida shartnomalar urtasida korxona uchun belgilangan usul
buyicha taqsimlanishi mumkin.
Har bir shartnomaning qiymati ijrochi va mijoz urtasida kelishib olinadi
va u shartnoma qiymati hisoblanadi. Agar shartnomalar yirik buladigan
bulsa, pudratchi mijozdan bajargan ish hajmi va shartnoma qiymatiga
mos ravishda oraliq tulovlarni olishi mumkin.
Ushbu hollarda shartnomaning bajarilgan ishi buyicha buyurtmachining
eksperti xulosa beradi, unda shartnomaning jami qiymatidan bir qismi
aniqlanadi va u ijrochiga bajargan ish hajmiga muvofiq ravishda
tulanishi mumkin. Ijrochi uz navbatida buyurtmachiga oraliq tulov
summasi uchun schet faktura beradi.
Shartnomaning bajarilish davrida ijrochi odatda ekspert xulosasida
kursatilgan qiymatning bir qismini oladi. Buyurtmachi ishlab qoladigan
qolgan summa ijrochiga shartnomani bajarilishi bilan va deffektlarni
tuzatishi bilan (agar ular bulsa) tulab beradi.
Dostları ilə paylaş: