sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tahlili
41 2-Bob. Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tahlili 2.1.Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tarkibiy tahlili Mamlakatimiz
ishlab
chikaruvchilari
raqobatbardoshligini
oshirish,
mahsulotlarini ichki va tashqi bozorda Sotish xajmini kengaytirish, shuningdek
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi PF-4058-sn farmoni
bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini
qo’llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport saloxiyatini
oshirish chora-tadbirlari dasturiga va Vazirlar maxkamasining 26-sonli K,aroriga
muvofiq yirik sanoat korxonalari, xo’jalik birlashmalari tomonidan O’zbekiston
Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda tanqidiy tahlil
asosida texnologiya jarayonlarini xamda xom ashyo, materiallar va energiya
resurslari sarfi normalarini maqbullashtirish, quvvatlardan foydalanish darajasini
kupaytirish va Mehnat unumdorligini oshirish, foydalanish va qo’shimcha sarf
xarajatlarni qisqartirish, xarid kilinadigan xom ashyo materiallar va butlovchi
buyumlar qiymatini pasaytirish, xodimlar xisobini maqbullashtirish xisobiga sanoat
mahsulotlari tannarxini kamaytirishga yo’naltirilgan kompleks chora tadbirlar ishlab
chikildi xamda xo’jalik birlashmalari va yirik sanoat korxonalarida ishlab chiqarish
tannarxini qisqartirishning yig’ma parametrlari tasdiqlandi. Mazkur tasdiqlangan
yig’ma parametrlarga muvofiq ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish darajasi
respublika bo’yicha o’rtacha 20,6% kilib belgilandi.
Quyida «URG-ANTEP-YASHAM” qo’shma korxonasi tomonidan sotilgan
mahsulot tannarxining 2011-2012 yillar davomida o’zgarish tendensiyasini ko’rib
chiqamiz.