35
haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi.
Xarajatlarni tahlil qilishda mahsulot
tannarxining normativ
kursatkichlari haqiqiy xarajatlar bilan solishtirish uchun asos bulib
hisoblanadi va ular yordamida yo’l qo’yilgan farqlari va ularning kelib
chiqish sabablari aniqlanadi.
Haqiqiy xarajatlar
farqi ularning turlari, mahsulot birligi va
xarajatlar umumiy summasining chetlanishini aniqlanishi buyicha
hisobga olib boriladi.
Tannarxning normativ kalkulyasiyasi
buyicha xarajatlar tahlili
quyidagi kursatkichlar asosida amalga oshiriladi: norma-soat, ishlab
chiqarsh
hajmi koeffisiyenti, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish
koeffisiyenti, ishlab chiqarish quvvati samaradorligi (unumdorligi)
koeffisiyenti.
Norma-soat – bu normativ unumdorligi bilan bir soatda bajarilishi
kerak bulgan ish hajmi, masalan, bir soatda mahsulot ishlab chiqarsh 20
ta mahsulotni tashkil qilsa, unda 100 dona
mahsulotni ishlab chiqarish
normativi buyicha 5 soat bulishi kerak va ularni ishlab chiqarish uchun
sarflangan haqiqiy vaqtdan qat’iy nazar shu 5 soatning normativ
qiymati buyicha baholanadi.
Dostları ilə paylaş: