31
bilan bog’liq ofis ishini, bevosita
zavoddagi ishlab chiqarish
operasiyalarini va qurilish maydonchasidagi ishlarni uz ichiga oladi.
Qurilish joyidagi barcha ishlarga shartnoma buyicha tug’ri mehnat
sifatida qaraladi.
Har xil maydonchalardagi quruvchilarning ish vaqtlari mahsus ish
vaqtining hisobi tabellarida olib boriladi. Bunday mehnat bilan bohliq
barcha xarajatlar shartnoma hisobiga yoziladi.
Materiallar va mehnatdan tashqari shartnoma buyicha tug’ri xarajatlar
ham mavjud. Ularga subshartnoma buyicha ishlar va ishlab chiqarish
qurilmalari uchun sarflar kiradi.
Ishlab chiqarish qurilmalari va jihozlari uchun xarajatlar maxsus ushbu
shartnoma uchun qilingan bulishi mumkin yoki ijarachi foydalanishi
uchun berilgan bulishi mumkin.
Agar ishlab chiqarish qurilmalari va jihozlar
ushbu shartnoma uchun
maxsus sotib olingan bulsa, unda sotib olingan jihozlarning tannarxi
butunlay shartnoma hisobiga utadi.
Agar ishlab chiqarish qurilmalari va jihozlar boshqa shartnomalarga
berilsa, unda ularning hisobdan chiqarilgan
qiymati dastlabki
shartnomada qoladi, qolgan summa esa yangi shartnomaga utadi.
Ishlab chiqarish qurilmalari ma’lum bir shartnoma buyicha foydalanish
uchun ijaraga olingan bulishi mumkin. Ushbu holatda kompaniya bu
ishlab chiqarish qurilmalariga egalik qilaolmasligi uchun ijara summasi
shartnoma hisobiga kuchiriladi.
Yirik shartnoma yoki ma’lum bir ish turi buyicha mutaxassis faoliyati
32
bilan bog’liq shartnoma bulsa korxona subpudratchilarni
jalb qilishi
mumkin. Subpudratchining hamma bajargan ishining tannarxi
shartnomaning tug’ri xarajati sifatida qaralib shartnoma hisobiga olib
boriladi.
Ko’plab pudratchilar uz xarajatlarini alohida shartnomalar buyicha
taqsimlamaydilar, chunki ular odatda tug’ri xarajatlarga nisbatan muhim
hisoblanmaydi. Lekin, alohida hollarda
shartnoma buyicha egri
xarajatlar alohida shartnomalar urtasida korxona uchun belgilangan usul
buyicha taqsimlanishi mumkin.
Har bir shartnomaning qiymati ijrochi va mijoz urtasida kelishib olinadi
va u shartnoma qiymati hisoblanadi. Agar shartnomalar yirik buladigan
bulsa, pudratchi mijozdan bajargan ish hajmi va shartnoma qiymatiga
mos ravishda oraliq tulovlarni olishi mumkin.
Ushbu hollarda shartnomaning bajarilgan ishi buyicha buyurtmachining
eksperti xulosa beradi, unda shartnomaning jami qiymatidan bir qismi
aniqlanadi va u ijrochiga bajargan ish
hajmiga muvofiq ravishda
tulanishi mumkin. Ijrochi uz navbatida buyurtmachiga oraliq tulov
summasi uchun schet faktura beradi.
Shartnomaning bajarilish davrida ijrochi odatda ekspert xulosasida
kursatilgan qiymatning bir qismini oladi. Buyurtmachi ishlab qoladigan
qolgan summa ijrochiga shartnomani bajarilishi
bilan va deffektlarni
tuzatishi bilan (agar ular bulsa) tulab beradi.
Dostları ilə paylaş: