24
Real
haq
- hisobat davrida haqiqatda realizasiya qilingan mahsulot
summasi.
Keyinchalik ichki va tashqi omillarni korxonaning xarajatlar hajmiga
ta’sirini hisoblash va urganish zarur. Korxonaning xarajatlar darajasiga
va summasiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarga quyidagilar kiradi:
Ishlab chiqarilgan va realizasiya qilingan mahsulot hajmi;
Xom ashyo va material xarajatlari;
Ishlab chiqarish xodimlari va boshqaruv personalining miqdoriy va sifat
tarkibi;
Ishchilarning mehnat unumdorligi;
Boshqa tashkilotlarning xizmatlari va ta’rifi;
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning ishlatilishi
samaradorligi;
Joriy (oborot) mablag’larining ishlatilish samaradorligi;
Xaridorlar va mol yetkazib beruvchilar bilan shartnomaning uz vaqtida
va sifatli tuzilishi va tulov-hisob intizomining tashkil etilishi.
Bu omillarning har biri u yoki bu xarajatlarga ta’sir qilib uzining
hisoblash usuliga ega.
Korxona rahbarlari, analitiklar va auditorlar
xarajatlarni urganish va tahlilchi qilishida bu omillarning ta’sirini
hisoblashni bilishi kerak, har bir faktorni alohida tahlil qilib, ular asosida
mablag’larning
tejamkorlik
bilan
sarflanishi
va
kamayish
imkoniyatlarini aniqlab, xarajtlar samaradorligi buyicha boshqaruv
qarorlarini qabul qilish uchun tegishli va tavsiyalar
maslahatlar ishlab
chiqarishlari lozim.
Hisoblash uchun ma’lumotlarni «Foyda va zararlar tug’risida»gi 2-
shakl, ya’ni moliyaviy hisobotdan olamiz. Shuning bilan birga
25
xarajatlarni uzgaruvchi va shartli doimiy xarajatlarga bulinishini hisobga
olish kerak. Uzgaruvchi xarajatlarga «sotilgan tovarlar,
mahsulot, ish,
xizmat tannarxi»ni va «tijorat xarajatlari»ni kiritish mumkin. Doimiy
xarajatlarga (ishlab chiqarish hajmiga va mahsulot realizasiyasiga tobe
bulmagan) quyidagilar kiradi: «Boshqaruv xarajatlari», «Realizasiyaga
taalluqli bulmagan xarajatlar» va «Favqulodda xarajat»lar.
Uzgaruvchi xarajat moddalari yuqorida ta’kidlanganidek ishlab
chiqarilgan va realizasiya qilingan mahsulot hajmiga tobe bulib, ularning
uzgarishiga muvofiq ravishda uzgaradi.
Uzgaruvchi moddalar summasiga realizasiya qilingan mahsulot
hajmi uzgarishining ta’sirini aniqlash uchun realizasiya qilingan tovarlar
summasining farqini sotilgan tovar, mahsulot, ish,
xizmatlarning
tannarxini bazis darajasiga kupaytirish kerak. Hisob quyidagi formula
orqali amalga oshiriladi:
Dostları ilə paylaş: