21
bazis davri va biznes reja ma’lumotlari bilan solishtirilishi natijasida
xarajatlarning mutloq va nisbiy farqlari;
Ishlab chiqarish
xarajatlari summasi korxona, bulim buyicha alohida
mahsulot (ish, xizmat) turlarining aniq bir davri uchun ishlab chiqarish
xarajatlarining puldagi uzgarishini xarakterlaydi. Ular asosida, ishlab
chiqarish xarajatlari hajmiga, bir necha yillik dinamikasiga va ularning
uzgarishi tug’risidagi axborotlarga miqdoriy baho berish mumkin.
Bu kursatkich menedjerlarga xarajatlarni ular turlari buyicha va butunlay
rejalashtirish,
shuningdek, zarur bulgan tovar-material zahiralarini,
mehnat va moliyaviy resurslarni sotib olish buyicha pul mablag’larini
ajratish uchun kerakdir.
Xarajatlar tarkibi ularning umumiy summasi tarkibidagi alohida
xarajat turlarining ulushini aniqlash bilan birga xom ashyo va materiallar
ishlatiladigan,
avtomatlashtirilgan, mehnat va mexanizasiya darajasi
yuqori bulgan korxonalarning materialtalabligini va mehnattalabligini
tahlil qilish uchun zarurdir. Xarajatlar tarkibining
uzgarishini urganish
kelgusi davr xarajatlari tarkibini yaxshilash va ularning samaradorligini
oshirish buyicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo’ladi.
Xarajatlar tarkibini aniqlash uchun ma’lumotlar moliyaviy hisobatning
«Daromadlar va zararlar haqida hisobat» 2-shakl, «Buxgalteriya
balansiga ilova» 5-shakllardan, shuningdek, «Ishlab chiqarish xarajatlari
haqida xisobat» statistik hisobatdan olinadi.
Xarajatlar darajasi bu tayyor, tovar yoki sotilgan
mahsulot bir sumiga
to’g’ri keadigan xarajatlardir. Bu xarajatlar samaradorligini,
dinamikasini va ularning nisbiy farqini hisoblash uchun zarur bo’ladi.