sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tahlili
- 72 - boshlang’ich yillarda tezlashtirilgan usulda ko’p mikdordan amartizasiya xisoblash
natijasida mahsulot tannarxi oshishi, keyingi yillarda kam amartizasiya xisoblaydi va
mahsulot tannarxi kamayadi.
Mehnat unumdorligi oshirilishi natijasida mahsulot tannarxi tarkibiga kiruvchi
ijtimoiy sug’urta fondiga ajratmadan xam samarali foydalangan bo’ladi. Bu ajratma
xam korxona uchun asosiy xarajatlardan biri bo’lib, Mehnatga xak to’lash
xarajatlariga to’g’ri proporsional xisoblanadi. Agarda korxona Mehnatga xak to’lash
xarajatlarining samaradorligiga erishilsa, o’z navbatida mazkur xarajatning xam
samaradorligiga erishgan bo’ladi.
Demak korxonalar xar qanday vaziyatda, jumladan iqtisodiyotni
modernizasiyalash sharoitida mahsulot sifati xamda xajmini oshirishi, turli davlat
tomonidan berilayotgan imtiyozlardan okilona foydalanishi, ishchi va xodimlaridan
yanada samarali foydalanishi natijasida mahsulot ishlab chiqarish tannarxini
kamaytirishi mumkin ekan. Bu esa korxonaning moliyaviy barqarorligini yanada
oshiradi.
Yukoridagi xulosalar asosida bitiruv malakaviy ishimizning quyidagi
takliflarini keltirdik:
1.
Sanoat korxonalarda xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish, ya’ni
ulardan ortikcha isrofgarchilikka yul kuyilmasligi lozim. Aks xolatda korxonaning
xom ashyo va materiallarga bo’lgan xarajatlarini oshirib mahsulot ishlab chiqarish
tannarxini oshiradi. Agarda ulardan okilona foydalanishni yo’lga kuyilsa mahsulot
ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishga erishgan bo’ladi.
2.
Korxona ishchi xodimlaridan samarali foydalanishni yo’lga kuyish orqali
Mehnat unumdorligini oshirish lozim. Ulardan mahsulot ishlab chiqarishda sifat va
mikdorining yaxshilashi ustidan nazoratni kuchaytirish lozim. Mehnat unumdorligi
qancha oshsa mahsulot tannarxi xam shuncha kamayadi.
3.
Asosiy vositalardan samarali foydalanishni yo’lga kuyish lozim. Ishlab
chiqarishda kam samara berayotgan asosiy vositalarni Sotishi yoki Boshqa
Xo’jalik yurituvchi subyektlarga ijaraga berish lozim. Natijada amartizasiya kam