13
Korxona ishlab chiqarish xajmini o’zgartirish uchun kiska muddatli davrda
faqat o’zining o’zgaruvchi xarajatlari mikdorini o’zgartirishi mumkin. Bu kiska
muddatli xarajatlardir.
Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish inshoatlari maydoni, mashina
va uskunalar mikdori) doimiy bo’lib koladi, xamda bu davr faqat ulardan
foydalanish darajasini o’zgartirish uchun yetarli bo’lishi mumkin.
Uzoq muddatli davr - bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini xam o’z
ichiga olgan, bugun band bo’lgan resurslari mikdorini o’zgartirish uchun yetarli
bo’lgan davrdir. Bu davr davomida Boshqa tarmoqlar faoliyat kilib turgan korxonalar
mazkur tarmoqka kirib kelishi mumkin.
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o’zgarishi
takozo qilingan kiska va uzoq muddatli davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona
xususiyatidan kelib chikib farqlanish mumkin. Masalan, yengil sanoat tarmogida
kiyim kechak ishlab chikaradigan kichkina firma, bir necha qo’shimcha tikuv
mashina urnatish bilan o’zining ishlab chiqarish quvvatlarini kiska vaktda (bir necha
kunda) oshirish mumkin. Og’ir sanoat tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga tushirish
uchun bir necha yil talab kilinadi. Okibat natijasida barcha xarajat turlari o’zgaradi va
o’zgaruvchi mikdorlar bo’lib koladi.
Dostları ilə paylaş: