1.1.1-чизма
Корхонада махсулот ишлаб чиқариш ва уни сотиш билан боғлиқ
харажатлар
o’rganish mumkin: bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari.
Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari deganda mahsulotni bevosita ishlab chiqarish
uchun kilinadigan barcha sarflar (ish xaqi, xom ashyo va material sarflari,
amortizasiya va x.k) tushuniladi. Tovar birligining qiymatida ishlab chiqarish
xarajatlari faqat uning bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar
qiymatidan foyda mikdoriga kam. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni Sotish
jarayoni bilan bog’liq bo’lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste’molchiga
yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi. Ular ikki guruxga bo’linadi: qo’shimcha
muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Tovarlarni o’rash, chizmada
korxonada mahsulot ishlab chiqarish xamda muomala xarajatlari va ularning
tarkibini ko’rishimiz mumkin. Demak bunda ishlab chiqarish xarajatlariga yukorida
ta’kidlaganimizdek xom ashyo materiallari, yoqilgi va moylash xarajatlari, ish xaqi
10
xarajatlari, amartizasiya xarajatlari, amartizasiya xamda boshqa xarajatlar kiritilgan.
Muomala xarajatlari davr xarajatlari ham deb ataladi. Sof muomala xarajatlari
(sotuvchi maoshi va boshqalar), marketing (iste’molchilik talabini o’rganish),
reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo’ladi. Sof muomala xarajatlari tovar
qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan
keyin olingan foyda hisobidan koplanadi. Hozirgi zamon sarf-xarajatlar g’oyasi
bo’yicha korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar o’z resurslari
yoki jalb qilingan resurslar bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra xarajatlar ichki yoki
tashqi xarajatlarga bo’linadi. Tashqi xarajatlar korxona o’zi uchun zarur resurs va
xizmatlarga to’lovlarni amalga oshirishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir.
Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish xaqi, xom ashyo va materiallar uchun
to’lovlar, kredit uchun foiz to’lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta, transport
xizmati va boshqa xar xil xizmatlar uchun to’lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to’lov
xujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb xam
ataladi.
Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslar foydalanish bilan bog’liq
xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul to’lovlari shaklida
chiqmaydi. Shu sabali ichki xarajatlar darajasini baholash o’z resurslari qiymatini
shunga o’xshash resurslarning bozor baholariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
|