Mahsulot tannarxi - shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan barcha
bevosita va bilvosita xarajatlarning qiymat ifodasidir. Maxslot (ish, xizmat) tannarxi
- mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan tabiiy resurslar, xom ashyo,
materiallar, yokilgi, energiya, asosiy vositalar, Mehnat resurslari, va Boshqa
xarajatlarning qiymat bahosi.
Sanoat korxonalarda mahsulot tannarxi xisobi Vazirlar maxkamasining 1999
yil 5 fevraldagi mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va va sotish
xarajatlarining tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida
NIZOM ga muvofiq amalga oshiriladi.
Mahsulot tannarxi tarkibiga quyidagi xarajatlar kiritiladi. Bu xarajatlar
korxona mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashib mahsulot tannarxini
shakllantiradi:
Moddiy xarajatlar;
Mehnatga xak to’lash xarajatlari;
Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar;
Amartizasiya xarajatlari;
Boshqa xarajatlar.
Moddiy xarajatlar - ishlab chiqarishning asosiy xarajatlaridan biri bo’lib,
mahsulot (ish, xizmat) larga qarab jami ishlab chiqarish xarajatlarining 60-80 %
atrofida bo’lishi mumkin. Moddiy xarajatlar o’z ichiga xom ashyo va materiallarga
7
qilingan xarajatlarni o’z ichiga oladi. Xom ashyo va materiallarga qilingan xarajatlar
deyilganda, mahsulot sotib olgandan to korxonaga olib kelgunga kadar barcha
komission va vositachilik xarajatlar tushuniladi.
Moddiy xarajatlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
•
Texnologik maqsadlar va xo’jalik extiyojlariga sarflanadigan yokilgi va energiya
xarajatlari;
•
Yarim tayyor mahsulotlarni sotib olinishi;
•
Mahsulotga tara va upakovka uchun xarajatlar;
•
Arzon va tez eskiruvchan inventarlarning eskirishi;
•
Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog’liq soliqlar va ajratmalar;
•
Ichki ishlab chiqarish bilan bog’liq brakdan yuqotishlar;
•
Ishlab chiqarish jarayonida xizmat qiladigan transport xarajatlari;
•
Ishlab chiqarishda ishtirok etadigan boshqa xarajatlar.
Mehnatga xak to’lash xarajatlari - bu korxonaning asosiy ishlab chiqarish
jarayonida
qatnashuvchi
ishchi
va
xodimlar
mehnat
xaqlari,
jumladan
rag’batlanttiruvchi va kompensasion to’lovlar uchun xarajatlardir.
Mehnatga xaq to’lash xarajatlari o’z ichiga quyidagilarni oladi:
•
Lavozimdagi okladi, tarif stavklaraiga muvofiq anik bajarilgan ishlar uchun
to’lovlar;
•
Ishchilarga ma’lum bir tartibda berilgan mahsulot qiymati;
•
Ishlab chiqarish natijalari uchun okladga qo’shimcha mukofot va ustamalar;
•
Ishchilarga tekin ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq ovqat, uy- joy xaqini
to’lash uchun xarajatlar;
•
Ishchilarga to’lanadigan boshqa ko’rinishdagi xarajatlar.
Mahsulot tannarxi shakllanishida ta’sir etuvchi xarajatlardan biri ijtimoiy
sug’urta fondiga ajratma xisoblanadi. Bu ajratma korxonada shakllanadigan ish xaqi
fondiga nisbatan xisoblanadi. Korxonada qancha ish xaqi fondi shakllansa, shu
summaga nisbatan 25 foiz ajratiladi. Bunda 25 % dan 24,8 % i davlat pensiya
fondiga o’tkaziladi,
8
0,
1% i bandlik fondiga, kolgan 0,1 % i kasaba uyushmalari fondiga o’tkaziladi.
Umuman olganda bu 25 %li ajratma davlatning iqtisodiyotni tartibga solib turishda
xamda davlat pensiya fondini shakllantirishda foydalaniladi. Ish xaqi fondi
ishchilarga mehnat xaqi to’lash uchun shakllansada, lekin unga qo’shimcha tarzda
korxonaning o’zi bu fondga nisbatan ijtimoiy sug’urta fondiga ajratma to’lashga
majburdir. Shuning uchun amaliyotda korxonalar ishchilarga ish xaqi xisoblashda
albatta bu ajratmani xam xisobga oladi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi boshqa xarajatlar. Bu
xarajatlarga korxona mulkini majburiy sug’urta kilish, belgilangan tartibdagi safar
xarajatlari, kadrlar tayyorlash bo’yicha xarajatlar, aloqa xizmatlari uchun to’lovlar,
brak tufayli kelib chiqadigan yo’qotishlar, yong’indan saqlash va qo’riqlash
xarajatlari, ijara xarajatlari va boshqa barcha ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan
xarajatlar.
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona) o’z faoliyati
natijalaridan ko’prok daromad olishga xarakat qiladi. H,ar qanday korxona nafaqat
o’zining tovarini ancha yukori baholarda Sotishga, balki mahsulot ishlab chiqarish va
uni Sotishga kilinadigan sarf- xarajatlarni kamaytirishga xam intiladi.
Tovarlarni Sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog’liq bo’lmagan
tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf- xarajatlari korxonaning
ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni Sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi
darajasiga bog’liq. Lekin xar qanday tovarni ishlab chiqarish va Sotish uchun
ma’lum sarf xarajatlar talab etiladi.
Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish
va iste’molchilarga yetkazib berishga kilinadigan barcha sarflar tushuniladi.
Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi
materillar, yonilgi va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital
amortizasiyasi, ish xaqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar, foiz to’lovlari va boshqa
xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi
ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo’lib
9
қадоқлаш, саралаш, транспортга ортиш, ташиш ва сақлаш харажатлари
қўшимча муомала харажатлари хисобланади. Муомала харажатларининг бу
турлари ишлаб чиқариш харажатларига яқин туриб, товар қийматига киради
ва унинг қийматини оширади. Харажатлар товарлар сотилгандан кейин
олинган пул тушум суммасидан қопланади.
Dostları ilə paylaş: |