Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘ zbek tili va adabiyoti universiteti o‘ zbek filologiyasi fakulteti



Yüklə 80,6 Kb.
səhifə17/20
tarix21.01.2023
ölçüsü80,6 Kb.
#79937
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
abdullayeva rayhon.

E voh, yer shuncha qattiq, Osmon shuncha uzoqmi?! 31
Bu misralar bugungi o‘zbek she’riyatining eng iste’dodli va yirik vakillaridan biri Usmon Azim qalamiga mansub. Bu ritorik so‘roq gap orqali muallif o‘zining kuchli hayajonini ifodlashni niyat qilgan. Chunki bu oddiy, odatiy savol gap emas. Uning kuchli hayajonni ifodlayotgan ritorik gap ekanligi esa, misra boshida kelgan e, voh undovi va bayt oxiridagi tinish belgilaridan anglashilmoqda. Ritorik gaplarni hosil qilishda tinish belgilari ahamiyatli bo‘lganidek, undov so‘zlar, olmoshlar va yuklamalarning ham o‘z o‘rni borligi xususida yuqorida fiklarimizni bayon qilgandik. Bu misolda esa olmosh yoki yuklama emas, aynan undov so‘z orqali ritorik gapga kuchli his-hayajon ma’nosi yuklanmoqda.
Quyida Erkin Vohidovning hammaga mashhur “Kamtarlik haqida”gi she’ridan olingan parchadagi ritorik gapni aniqlashga va uni tahlil qilishga urinamiz:


Garchi shuncha mag‘rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun, Kibr-u havo nimaga kerak? 32





31 Usmon Azim. Saylanma.- T.: Sharq.,1995.
32 Erkin Vohidov. Saylanma. – T.: Sharq., 2000
Bu bandning yuqoridagi ikki misrasida berilgan fikrlarga nisbatan keyingi ikki misra javob sifatida ritorik so‘roq gap vositasida ifodalangan. Ya’ni garchi shuncha mag‘rur turgan choynak piyolaga egilar ekan, manmanlk va kibr-u havo odamzotga ham kerak emas degan yashirin inkor aynan ritorik so‘roq gap vositasida ifodalangan. Shoirning bunday ta’sirli, yuksak mahorat bilan yozgan misralari talaygina. Mana yana ulardan biri:
O‘n sakkizga kirmagan kim bor, Bog‘ingdan gul termagan kim bor… 33
Bu gap orqali ham yashirin tasdqi ma’nosi ifodalanganini ko‘rish mumkin. Bu ma’no kim so‘roq olmoshi vositasida yuzaga kelgan, ifodalangan. Agar bandni mazmuniga diqqat qiladigan bo‘lsak, o‘n sakkiz yoshga hamma kirgan, bog‘ingdan hamma gul tergan degan fikr ifodalanganini ko‘ramiz.


Kimni etmas bu ko‘ngil shaydo,
Kim sher yozmas mening yoshimda? 34
Bu band ham xuddi oldingisi kabi shakllantirilgan bo‘lib, unda ham olmosh, ya’ni kim so‘roq olmoshi vositasida yashirin tasdiqli gap berilgan. Uning impliqit ma’nosi quyidagicha bo‘ladi: bu ko‘ngil hammani shaydo etadi, mening yoshimda hamma she’r yozadi degan mazmun mujassamlashgan.
Sevgi vodiysida menga
Teng bo‘lolgay qaysi qays?! Ko‘nglim ochmas, ikki dunyo Bu kabi afsona yo‘q.
Bu bandda esa muallif afsonaviy qays, ya’ni sevgi yo‘lida majnunga aylangan oshiq yigit timsolini qo‘llab, ritorik so‘roq gap hosil qilgan. Ya’ni band mazmuni shuki, sevgi vodiysida menga hech bir qays teng bo‘lolmaydi tarzidagi mazmunni uqish mumkin. Bilamizki, majnun, ya’ni qays sevgi olamida eng mashhur shaxslardan. Undan-da kuchli sevgan bo‘lish, undan-da baland mavqeda





33 Erkin Vohidov. Saylanma. – T.: Sharq., 2000
34 .Erkin Vohidov. Saylanma. – T.: Sharq., 2000
ekanligi aytish orqali shoir she’riyatdagi mubolag‘a san’atidan ham mohirona foydalangan. Umuman, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ijodida ham ritorik so‘roq gaplarning xilma-xil mazmunni ifodalagan holda qo‘llangani, bu orqali shoir o‘z tuyg‘u va kechinma, g‘oyalarinini berganligini uning yana ko‘plab ijod namunalari orqali bilishimiz mumkin.
Ritorik so‘roq gaplarsiz she’riyatni tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki ularsiz she’rning o‘zi bo‘lmaydi. Shu bois ham istalgan ijodkordan bunday misollarni istagancha topishimiz mumkin. Shoir Iqbol Mirzo she’rlari ham ana shunday go‘zal va ta’sirchan namuna-yu misollarga boy hisoblandi. Quyida shoirning she’rlaridan olingan parchalardagi ritorik so‘roq gaplarni tahliliga e’tibor qilamiz, ularning mazmuni chaqishga urinamiz.
Shoirning mashhur “Yolg‘iz” she’ridan olingan mana bu parchada ham ritorik gap mavjud:
Yaratganga borib aytaman seni! O‘zi hukm etsin odil va xolis.
Men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi? Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz...35
Bu bandda biz ajratib ko‘rsatganimiz- men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi? Gapi ritorik so‘roq gap hisoblanib, unda ta’kidlash ma’nosi mavjud. Ya’ni lirik qahraon qaytib kelmasligini ta’kidlash uchun tushunyapsanmi shakildagi so‘roq gapdan foydalangan.
To‘y buzishga yetarmidi jur’atim? Un tortgani tegirmonga jo‘nadim. Tuguniga sig‘magandir suratim…
Tugunchagin tugib qo‘ygan tayyor qiz, Yolg‘on yig‘lab, erga borar ayyor qiz.
Yuqoridagi bandda esa birinchi misradagi gap ritorik so‘roq gap, unda yashirin inkor ma’nosi impliqit tarzda ifodalangan. Bu o‘rinda ritorik so‘roq gapni hosil qilgan vosita –mi so‘roq yuklamasi sanaladi. Bu qo‘shimcha yuklama ham



35 Iqbol Mirzo . Sizni kuylayman.- T.: Sharq., 2000
ritorik so‘roq gap hosil qilishda faol ishtirok etuvchi vositalardan biri sanaladi. Aslida oddiy so‘roq gapni yasaganida unga ha yoki yo‘q shaklidagi javob talab qilinadi. Ammo u ritorik gap tarkibida kelar ekan unga bunday javoblar shart emas. Chunki uning javobi o‘z ichidadir. Yuqoidagi gapdan esa to‘y buzishga jur’atim yetmaydi degan ma’noni anglashimiz mumkin.
Ey qaldirg‘och qoshligim, Kel, ahdimiz bir bo‘lsin.
Uchta odam bilgan gap Qanday qilib sir bo‘lsin?
Bu misolda esa uchta odam bilgan gap qanday qilib sir bo‘lsin? Ritorik gapi orqali uchta odam bilgan gap sir bo‘la olmaydi degan mazmun mavjud.
Iqbol Mirzo qalamiga mansub quyidagi to‘rtliklarda ham ritorik so‘roq gaplarning go‘zal namunalari qo‘llangan.
Bordir saroy qurganlar, Bordir davron surganlar. Bormi bizdek bir tushni Birgalashib ko‘rganlar?


Binafsha, boychechak, bodrezak Yonida ochilib kulmadi.
Bunaqa ko‘klam kimga kerak? Faqat gul kelmadi, kelmadi.


Sen neni bilasan, osmondagi qiz? Bahorday bildirmay qariydi bu his. Esiz, yoshligimiz, sevgilarimiz… Bugun sevgi oddiy ishga aylandi.


Shamol yalab ado qilgan duvolmidik, Toshloqqa tup qo‘yolmagan niholmidik,
Qorda qolgan qaldirg‘ochdek uvolmidik, Osmon – yuksak, zamin tuban, pastmi, salim, Sening darding mening dardimmasmi, salim?
Quyida berilgan ikki misolda esa ritorik so‘roq gaplar nahot, nahotki yuklamalari bilan shakllantirilgan bo‘lib, ularda taajjub ma’nosi ustunlik qiladi.
Bugun seskantirdi, bir sovuq savol, Tilimni tishladim, tishlarim sindi. Nahot, yer ustida bizga yo‘q visol, Nahot, yer ostida ko‘rishsak endi?!


Birinchi bor o‘zimga yoqib qoldi tovushim:
«Ko‘zimga ishonmayman, nahotki o‘zingsan shu?!»36
Demak, o‘zbek she’riyati, she’riy matnlari ham tilning, umuman og‘zaki nutqimizning barcha xususyatlarini o‘zida jamlagan bo‘lishi kerak. Chunki har qanday milliy adabiyotning yaratuvchisi, albatta xalq vakili bo‘ladi. Shu boisdan ham u yaratgan ijod namunalarida ma’lum bir tilning barcha boyliklari, imkoniyatlari o‘z aksini topadi. Shunday bo‘lsagina uning yozgan asarlari xoh u nasriy bo‘lsin, xoh nazmiy o‘quvchi, kitobxon qalbiga tezroq yetib boradi va o‘zining o‘quvchisini topadi. Mobodo, buning aksi bo‘lsa, ya’ni badiiy matn faqat oddiy so‘zlashuv uslubidagi matnlardan farq qilmasa unday asar kitobxonni tez zeriktiradi. Shu boisdan yozuvchi, shoirlarimiz estetik ta’sirni kuchaytirish uchun o‘z asarlarida lingvistik vositalarning turli ko‘rinishlarini qo‘llaydilar. Ularning ichida, ayniqsa, ritorik so‘roq gaplar alohida ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi tahlillardan ham ma’lum bo‘ladiki, she’riy matnlarni ritorik gaplarsiz taavvur qilish mumkin emas. Ular o‘zida singdirgan bir necha ma’no orqali, ya’ni qisqa satrlardagi ko‘p mazmunlilik asosida she’riy matnning o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Shu sabab ham shoirlar bu lingvistik vositaga qayta-qayta murojaat qilaveradilar.



36 Iqbol Mirzo . Sizni kuylayman.- T.: Sharq., 2000

Yüklə 80,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin