Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘ zbek tili va adabiyoti universiteti o‘ zbek filologiyasi fakulteti



Yüklə 80,6 Kb.
səhifə18/20
tarix21.01.2023
ölçüsü80,6 Kb.
#79937
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
abdullayeva rayhon.

Bob bo‘yicha xulosa


Nasriy matnlarda ritorik so‘roq gaplar juda faol qo‘llanilib, ular asar qahramoning monologik nutqida uning o‘y-xayollari, ichki kechinmalarini yanada ta’sirchan ifodalaydi,asarning badiiy etetik qiymaatini oshiradi. Dialogik nutqda esa so‘zlovchining tinglovchiga ta’sir etish, fikrini tasdiqlatish yoki inkor etish vazifalarini bajaradi. Shu bois ham mahoratli yozuvchi va adiblar ritorik gaplardan o‘z asarlarida mohirlik bilan foydalanadilar.
Mazkur bobimizda ritorik so‘roq gaplarning amalda qo‘llanilishi, yanayam aniqlashtiradigan bo‘lsak, badiiy matndagi xususiyatlari va o‘ziga xos vazifalarini tahlil qilishga urindik. Ritorik gaplar tilimizning imkoniyatlarini o‘zida mukammal tarzda namoyon eta olish xususiyati tufayli ular ijodkorlar tomonidan badiiy matnlarda faol qo‘llanilishi haqidagi fikrlarimizni umumlashtirib quyidagi xulosaga keldik:
She’riy matnlarda ritorik so‘roq gaplar juda faol qo‘llanilib, ular asar qahramoning monologik nutqida uning o‘y-xayollari, ichki kechinmalarini yanada ta’sirchan ifodalaydi,asarning badiiy estetik qiymatini oshiradi. She'riy matnda so‘zlovchining tinglovchiga ta’sir etish, fikrini tasdiqlatish yoki inkor etish vazifalarini bajaradi.

Umumiy xulosalar


“O‘zbek tilida ritorik so‘roq gaplar va ularning lingvistik xususiyatlari” tahlili natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
Ma’lumki,tilshunoslikda gaplar, kuzatilgan maqsadning har xilligiga — maqsadning yo‘nalishiga qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi

    1. Darak gaplar

    2. So‘roq gaplar

    3. Buyruq gaplar

    4. Undov gaplar

So‘roq gaplar quyidagi yirik guruhlarga bo‘linadi:

  1. Sof so‘roq gaplar (asl so‘roq gaplar). Bular javob talab qiladigan so‘roqni ifodalaydi. Masalan: Bugun qaerga borasan? Bunday so‘roq gaplar shubha, taajjub kabi ottenkalarga ham ega bo‘la oladi. Bunday ottenkani og‘zaki nutqda ohang ko‘rsatadi.

  2. Ritorik so‘roq gaplar. Bunday gaplar javob talab qilmaydi. Bunda so‘roq yo‘li bilan tasdiq mazmuni beriladi (yashirin tasdiq). So‘roq gapning bu turi fikrni emotsional tusda, kuchli, ifodali, ta’sirli qilib beradi.

  3. So‘roq-buyruq gaplar. Bunday gaplar so‘roq yo‘li bilan bu- yurish ottenkasini ham beradi.

So‘roq gapning kuzatilgan maqsad bilan bog‘langan grammatik- ohang xususiyatlari ham bor. Bunda biz mustaqil qo‘llangan, so‘roq gapligi aniq bilinib turadigan turlarni nazarda tutamiz. Qo‘shma gaplarda to‘ldiruvchi ergash gapning bir turi, so‘roq gap tusida tuzilgan bo‘lishi mumkin, lekin bu ergash gapda so‘roq xususiyati deyarli yo‘qolgan bo‘ladi (bunday hollarda so‘roq belgisi qo‘llanmaydi). So‘roq gapning intonatsiyasi darak gapnikiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Gapdagi eng so‘ nggi elementning keyingi bo‘g‘ini darak gapda tushuvchi ohang bilan aytilsa, so‘roq gapda ko‘tariluvchi ohang bilan aytiladi (u aytdi gapi so‘roq va darak gaplar tusiga kiritib aytilsa, bu holat ochiq ko‘rinadi). So‘roq gap maxsus so‘z — element orqali ifodalanganda, bu gapning ohangi darak gapning ohangiga bir oz
yaqinlashadi (bunda ohang so‘roqni ifodalashda bosh rolni o‘ynamaydi). Lekin shunda ham gapning oxiridagi ohang darak gapdagidek, u bilan tenglasharli darajada past bo‘lmaydi.
So‘roqni bildiruvchi so‘z gapning oxirida bo‘lmagan vaqtda bu element boshqa so‘zlarga nisbatan kuchli aytilib, qolganlari bunga qaraganda past ohang bilan aytiladi
Nasriy matnlarda ritorik so‘roq gaplar juda faol qo‘llanilib, ular asar qahramoning monologik nutqida uning o‘y-xayollari, ichki kechinmalarini yanada ta’sirchan ifodalaydi, asarning badiiy estetik qiymatini oshiradi.
Dialogik nutqda esa so‘zlovchining tinglovchiga ta’sir etish, fikrini tasdiqlatish yoki inkor etish vazifalarini bajaradi. Shu bois ham mahoratli yozuvchi va adiblar ritorik gaplardan o‘z asarlarida mohirlik bilan foydalanadilar.
Nasriy matnlarda ritorik so‘roq gaplar yashirin tasdiq, g‘azab, kinoya, taajjub kabi ma’nolar ifodalanib, dialogik nutqda qahramonlar nutqining jonli chiqishiga va ta’sirchan bo‘lishiga xizmat qiladi. Ular orqali muallif o‘zi yaratayotgan obrazlarning fikrlarini ixcham, ta’sirchan tarzda berishga erishadi, bu esa asarning o‘qimishli bo‘lishiga, asarning badiiy - estetik qimmatini oshirishga xizmat qiladi. She’riy matnlardan olingan namunlarni tahlil qilish asnosida shunday xulosa qilish mumkinki, ularda ta’sirchanlikni oshiruvchi, lirik qahramon tuyg‘ularini ifodalovchi vositalardan biri bu ritorik so‘roq gaplardir.
Ular she’riy manlarda turli ma’nolarni, xususan yashirin inkor, tasdiq, taajjub, g‘azab, gumon, ta’kid kabilarni turli leksik birliklar: olmosh, yuklama, tinish belgilari orqali ifodalab keladi. Shuningdek, ritorik gaplarning qo‘llanilishi shoir mahoratidan va she’rning mukammalligidan darak beradi.
Nasriy matnlardan farqli o‘laroq, she’riy asarlarda ritorik so‘roq gaplarni juda ko‘p uchratish mumkin. Bunday gaplar she’riyatning haqiqiy bezagi, ifoda va ta’sir etish vositasi sanaladi. Bizga ma’lumki, she’riy asarlarda qahramon bitta yoki ikkita bo‘ladi va asosan biror shaxsga, asosan yorga murojaat yo‘llanadi. Bunday vaziyatda fikrni eng ta’sirchan, ixcham ifodalashning yagona va maqbul vositalaridan biri bu nazmda ritorik gaplardan unumli foydalanishdir. She’riyat
mulkining sultoni hisoblangan Navoiy bobomiz asarlaridan tortib, to bugungi kungacha ijod qilayotgan shoirlarimiz o‘z asarlarida bunday gaplardan ustalik bilan foydalanib kelmoqdalar.

Bizga ma’lumki, she’riyatda qahramon odatda bitta, ikkita yoki uchta bo‘lishi mumkin. Ularning birinchisi muallifning o‘zi yoki lirik qahramon. Odatda 90 foiz she’rlarda faqat shu lirik qahramon mavjud bo‘ladi va butun she’rda uning ichki kechinmalari, tuyg‘ulari, boshidan o‘tkazgan voqea-hodisalari oniy lahzada aks etgan qalb kechinmalari sifatida qog‘ozga to‘kiladi. Bu o‘rinda u she’riy matnda aksariyat hollarda o‘zi bilan o‘zi gaplashadi, ya’ni monologiik nutq yuzaga keladi. Lirik qahramon o‘z ichki meni bilan gaplashganligi sababli ham unda savol- javoblar bo‘lishi mumkin. Aksariyat hollarda esa bu ritorik so‘roq gaplar orqali yuzaga chiqadi. Shu bilan birga, lirik qahramon, she’riy matn ichida o‘z yoriga, sevgilisiga, do‘stiga, Ollohga murojat qilishi va raqibiga yuzlanishi ham mumkin. Ularga ham savollar beradi, ammo ularning javobini o‘zi bilib turadi. Shu bois ham bunday o‘rinlarda shoirlar ritorik so‘roq gaplardan unumli foydalanadilar.



Yüklə 80,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin