Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘ zbek tili va adabiyoti universiteti o‘ zbek filologiyasi fakulteti



Yüklə 80,6 Kb.
səhifə2/20
tarix21.01.2023
ölçüsü80,6 Kb.
#79937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
abdullayeva rayhon.

Mavzuning o‘rganilish darajasi. O‘zbek tilshunosligida bu masalalar Abdurauf Fitrat, Ayub G‘ulomov, S. Nurmonov, N. Mahmudov, B. Ahmedov,

  1. Ismatullayevlar tomonidan tadqiq qilingan. Ritorik so‘roq gaplarning lingvopoetik xususiyatlari M. Qurbonova, M.Yo‘ldoshevlar tomonidan o‘rganilgan. Biroq o‘zbek tilshunosligida ritorik so`roq gaplar masalasi alohida tadqiqot obyekti bo‘lmagan.

Tadqiqotning maqsad va vazifasi: mazkur BMIning maqsadi o‘zbek tilidagi ritorik so‘roq gaplarni tadqiq etishdir. Ushbu maqsaddan kelib chiqib bitiruv malakaviy ishida quyidagi vazifalar belgilandi:

    • o‘zbek tilida ritorik so‘roq gaplarni o‘rganish;

    • badiiy matnda ritorik so‘roq gaplarning qo‘llanilishini belgilash;

    • she’riy matnda ritorik so‘roq gaplarning qo‘llanilishini belgilash;

    • nasriy matnda ritorik so‘roq gaplarning qo‘llanilishini belgilash.

Tadqiqot metodlari. Ushby bitiruv malakaviy ishini tayyorlashda tavsifiy, qiyoslash, struktural metodlardan foydalanildi.
Tadqiqotning obyekti va predmeti. Ushby bitiruv malakaviy ishining obyekti o‘zbek tilidagi badiiy matnlar bo‘lsa, o‘zbek tilidagi badiiy matnlarda
qo‘llanilgan ritorik so‘roq gaplar ishning predmetini tashkil qiladi.
Tadqiqotning tuzilishi: Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning hajmi … betni tashkil qiladi.

I BOB. SODDA GAPNING TURLARI


    1. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari

Gaplar, kuzatilgan maqsadning har xilligiga — maqsadning yo‘nalishiga qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. Darak gaplar: Derazamning oldida bir tup o‘rik oppoq bo‘lib gulladi. (H.O.) Paxtaning birinchi terimi boshlandi. (“S. Uzb.”)

  2. So‘roq gaplar: Hoy, qiz! Qayga? Maktabga borasanmi? (U.) Bolani doktorga ko‘rsatmadingizmi? ( Q.)

  3. Buyruq gaplar: Bir daqiqadan keyin hamma joyida bo‘lsin.

Gapning bu turlari kuchli emotsionallikka, shuni ko‘rsatuvchi undov intonatsiyasiga ega bo‘lish bilan undov gap bo‘ladi. Misollar: Ko‘klam keldi (darak gap).— ko‘klam keldi! (undov gap). Havo qanday? (so‘roq gap).— havo qanday! (undov gap). Yana chog‘ishtiring: Kecha o‘zingizning oldingizda aytgan emasmi? gapi (so‘roq gap) undov intonatsiyasi bilan aytilganda, “kecha o‘zingizning oldingizda aytgan edi-ku!” degan mazmunni beradi.1
Yuqoridagi uch turning undov gapga xos intonatsiya olib, keyingi turga o‘tishi, buning emotsionallikni bildirish bilan bog‘lanishi undov gapning tasnifi biroz boshqacharoq ekanligini ko‘rsatadi (“kuchli emotsionallik tusida bo‘lish — bunday tusga ega bo‘lmaslik” tamoyili), lekin shunday bo‘lsa ham, ularning yaqinlik, o‘xshash tomonlari bor. Masalan, buyruq gap ko‘pincha emotsionallik tusiga ega bo‘ladi: Yoz keldi! kabi gaplarning xususiyati (darak berish+bu bilan o‘zining juda se- vinganligini, emotsiyani ifodalash) ham shu yaqinlikni ko‘rsatadi.
Undov gaplarga misollar: May tongi. Havo qanday yoqimli!.. Eh, totli soz chalib o‘tdingiz! (U.)
Yuqoridagi turlarning har biri o‘z ichida modallik jihatidan har xil bo‘lishi mumkin. Masalan: U boradi. U borar (borsa kerak). U bormoqchi.



1 Ғуломов А., Аскарова М., Ҳозирги ўзбек адабий тили.- Т.: Ўқитувчи, 1987, 55-б.
U borsa. Terak daraxt. Bularning hammasi darak gap bo‘lsa ham, lekin birinchisi xabarni, darakni, hodisaning realligini bildiradi, ikkinchisi gumon ottenkasiga ega; uchinchisi maqsadni ifodalaydi; to‘rtinchisi istak, orzu bil - diradi; beshinchisi tasviriy xarakterga ega (terak jins jihatidan daraxtdir — daraxtga kiradi). Sen bording. Sen bor gaplarini ham solishtiraylik. Birinchisi — darak gap (kesimi — aniqlik maylidagi fe’l), ikkinchisi — buyruq gap (kesimi-— buyruq maylidagi fe’l). Demak, gapning turini aniqlash so‘zlovchining voqelikka munosabati, kesimning qanday so‘zdan bo‘lishi, kesim vazifasidagi fe’lning formasi, qaysi maylda bo‘lishi kabi hodisalarga bog‘liq.
Gapning yuqorida ko‘rsatilgan turlari, maqsadning har xil bo‘lishi jihatidan bir-biridan farq qilishi bilan birga, o‘z ayrim ohang strukturasiga, grammatik xususiyatlariga ham ega: har bir turning o‘ziga mos keladigan formalari bor. Bular gapdagi elementlarning tartibi, tarkibidagi so‘zlarning turi jihatidan ham farq qiladi: so‘roq gaplarda ko‘pincha so‘roq, bildiradigan elementlarning bo‘lishi, darak gaplarda kesimning, odatda, shunga mos xarakterdagi fe’llar bilan ifodalanishi va b. Demak, bu turlar mazmundagi farq bilangina chegaralanmaydi, bular logik-grammatik hodisadir.
Xullas, gapning yuqoridagi turlari bir-biridan maqsad, ohang, o‘z tarkibidagi so‘zlarning turi va tartibi bilan ajralib turadi. Biroq bundagi uchinchi va to‘rtinchi farqlar (gap tarkibidagi so‘zlarning turi va tartibi) qat’iy, doimiy belgilar emas.
Yuqoridagi misollardan bilinadiki, gapning bu turlarida fikr materiali boshqa bo‘lib ketmaydi (sen kitobni o‘qiding.— sen kitobni o‘qidingmi?— sen kitobni o‘qi!) Hammasida ham material bir xil: bajaruvchi shaxs — predmet — harakat (subyekt— obyekt — predikat), lekin maqsad har xil bo‘ladi. Gapning kuzatilgan maqsadga ko‘ra turlarini, har bir turning ayrim
ottenkalarini va boshqa xususiyatlarini ko‘rsatishda ohangning roli katta. 2 Gap,odatda, nutq ichida, kontekstda, boshqa gaplar bilan birgalikda qo‘llanadi. Gapning qanday maqsad ifodasi uchun ishlatilganligi umumiy mundarijaga, vaziyatga, ohangga qarab konkretlashadi. Bunda so‘zlovchi bilan tinglovchining birligi, ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi. Misollarni chog‘ishtiring: 1. Bir bola ikkinchisini turtgandek bo‘ldi, Salim buni aniqlash uchun bir boladan so‘radi: kim turtdi? ...boshqa bir bolaning oldiga borib: «sen turtgansan!»— dedi. U bola biroz xafalanib javob berdi:— kim turtdi!? (birinchisi so‘roq bildiradi, ikkinchisi “hech kim turtgani yo‘q-ku! Turtgan men emasman!” mazmunini ifodalaydi.) Qarzdor dehqonga boyning kuz keldi deb qichqirgani oddiy xabar uchun emas, balki “qarzingni to‘la!” mazmuni uchun ishlatilgan gapdir.
Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, har bir gapning har bir turning o‘z tipik strukturasi bor, lekin nutqda bir turning shu turga xos modelning boshqa tur uchun ishlatilishi ham uchraydi: buyruq mazmuni uchun so‘roq gap formasini, so‘roq mazmuni uchun — darak gap formasini, darak mazmuni uchun — so‘roq gap formasini ishlatish va b. Bu hodisa sintaktik transpozitsiyadir. Bunday qo‘llashlar stilistik xususiyat, turli ottenkalarni berish kabi holatlar bilan xarakterlanadi.
Darak gap biror hodisa haqida xabar berish, biror faktni, belgini konstatatsiya qilish, tasdiqlash xususiyati bilan xarakterlanadi. Misollar: Shakar qovunlarning mayin hidlari sabo bilan tarqalar sekin. (U.)
Darak gap bir qancha modallik xususiyatlariga ega bo‘la oladi: ba’zan faqat darakni, hodisaning bo‘lish-bo‘lmasligi konkret, aniq ekanligini bildiradi (poezd qo‘zg‘aldi.) Ba’zan taxmin, tusmol ottenkasini ifodalaydi (ertaga majlis bo‘lar.- ...bo‘lsa kerak). Ba’zan tilak-maqsad, orzu ottenkasiga (bugun muzeyga borsam.—...bormoqchiman.), ba’zan gumon ottenkasiga ega bo‘ladi (u ertaga kelar emish.). Ko‘rinadiki, bunday har
xillikda kesimning formasi katta rol o‘ynaydi.
Darak gapning leksik-morfologik xususiyatlari gapning boshqa turlaridagiga qaraganda uncha xarakterli emas, bunda intonatsion, sintaktik belgilar bo‘ladi.
Darak gapning grammatik, intonatsion xususiyatlari:

    1. Gapning bu turi darak intonatsiyasiga ega bo‘ladi: bunda tinch ohang gapning birinchi — bosh qismida ko‘tarilib, ikkinchi — keyingi qismida pasayadi; eng keyingi element, ayniqsa, uning so‘nggi bo‘g‘ini, past ohangga ega bo‘ladi. Bu darak intonatsiyasi sanaladi. Darak gapda tovush tempi o‘rtacha bo‘ladi. Bunda mantiqiy urg‘uli bo‘lak hamma bo‘lakka nisbatan yuqori ohang bilan aytiladi, u ko‘pincha boshqa bo‘laklarga qaraganda tezroq aytiladi va undan oldin qisqa pauza bo‘ladi. Darak gaplar bir-biridan to‘la pauza bilan ajralib turadi.

    2. Darak gapning bo‘laklari normal tartibda o‘rinlashgan bo‘ladi (gapdagi bo‘laklarning odatdagi tartibini va uning o‘zgarishini — inversiyani belgilashda asosiy tayanch darak gapdagi holatdir).

    3. Darak gapning kesimi ham ayrim xususiyatga ega (bu kesim buyruq maylidagi fe’ldan bo‘lmaydi): u ko‘pincha darak xarakteridagi fe’llar bilan ifodalanadi, so‘roq, undov va buyruq belgilaridan xalos bo‘ladi. Masalan: bugun uchrashuv kechasi bo‘ladi. Biz ham boramiz. Kecha miting bo‘ldi. Kesim fe’ldan boshqa so‘z bilan ifodalanganda, gap tasviriy xarakterda bo‘ladi (biror narsaning xarakteristikasini anglatadi. Masalan, egadan anglashilgan predmetning nima ekanligini, biror predmetga, belgiga egaligi, predmet, belgining bor-yo‘qligini ko‘rsatadi): charos — uzum. Temir — metall. Tol — daraxt. Xachir — hayvon. Chumchuq — parranda. Shu kichik ariqchada ham baliq bor kabi.3

Darak gap o‘z xususiyatlari bilan, ayniqsa, ilmiy uslub, hikoya qilish tusidagi asarlar uchun xarakterlidir.
So‘roq gapning xususiyatlari esa quyidagicha: ba’zan faqat so‘roqni (Karima uydami?), ba’zan ham so‘roq, ham hayratlanishni, so‘roq yo‘li bilan ifodalangan taajjubni bildiradi (Shunday issiq kunda ham yomg‘ir yog‘adimi?). Ba’zan so‘roq bilan birga, turli hayajonlar, tuyg‘ular ifodalanadi (Kino boshlandimi? Opam mukofotlandimi?!), ba’zan so‘roq yo‘li bilan berilgan buyruq ifodalanadi (Tezroq bormaysanmi?!). So‘roq gap shubha, gumon ottenkasini bildirishi ham mumkin (Soat yetti bo‘lib qoldi. Kino boshlanguncha yetib borarmikanmiz?— “yetib borishimiz gumon”). Ba’zan so‘roq yo‘li bilan taxminni bildiradi. Bu gap so‘roq-gumon gapga ancha o‘xshasa ham, lekin ayrim xususiyatlari bilan undan ajralib turadi (hoy qizcha, sen nazarovning qizi emasmisan?) Ba’zan darak gapga juda yaqinlashgan bo‘ladi. Bunday gaplardan biror hodisa haqida so‘roq yo‘li bilan ifodalangan xabar, hukm anglashilib turadi (musobaqada mendan kim o‘za oladi?!— so‘roq bilan birga, javob — “hech kim o‘za olmaydi” mazmunidagi darak, qat’iy hukm ifodalangan).
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Gaplar, kuzatilgan maqsadning har xilligiga — maqsadning yo‘nalishiga qarab, darak, so‘roq, buyruq va undov gaplarga bo‘linadi. Darak gapning leksik-morfologik xususiyatlari gapning boshqa turlaridagiga qaraganda uncha xarakterli emas, bunda intonatsion, sintaktik belgilar bo‘ladi. So‘roq gap ba’zan faqat so‘roqni (Karima uydami?), ba’zan ham so‘roq, ham hayratlanishni, so‘roq yo‘li bilan ifodalangan taajjubni bildiradi.

    1. Yüklə 80,6 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin