12 Abdulla Qahhor., Tanlangan asarlar 3-jild., Anor. – T.: Yangi asr avlodi., 2015, 11-b.
Bu misol Abdulla Qahhorning “Mayiz yemagan xotin” hikoyasidan olingan bo‘lib, uning syujeti ko‘pchilika yaxshi tanish. Konteksdagi ayb emasmi?! Gapi ritorik so‘roq gap bo‘lib, bu ayb degan ma’noni bildirmoqda. Ya’ni sof so‘roq gap emas. Bu gapda inkor orqali yashirin tasdiqqa ishora mavjud.
Yuqorida tahlil qilishga uringan hikoyalarimizdagi ritorik so‘roq gaplar asosan dialogik nutqda keng qo‘llangan bo‘lsa, ba’zi nasriy asarlarda ular monologik nutq tarkibida faol ishtirok etadi. Bunday gaplar orqali muallif yoki asar bosh qahramoning o‘y-kechinmalari, o‘z-o‘ziga bergan savol va javoblari aks etadi. Bunday gaplar ayniqsa, o‘ziga xos yo‘nalishda ijod qiladigan Nazar Eshonqul asarlarida ko‘p uchraydi.
Balki, mana shu sabab bog‘ bilan Samandarni bir-biriga yaqin qilib qo‘ygandir?! Bog‘ ham Samandarning nazarida unga o‘rganib qolganday edi. Uch yildan beri u bilan suhbatlashar va Samandar o‘zi engil tortgani sayin bog‘ ham tashlandiqligini unutayapti, menga dardlarini aytib berayapti debo‘ylardi.14 “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasidan olingan parchada aynan monologik nutqdagi ritorik so‘roq gapga misol mavjud. Bu o‘rinda asar qahramoni o‘ziga o‘zi javobi ichida bo‘lgan savol berib, fikrlamoqda. Uning mazmunini keying gaplar bevosita to‘ldirib kelmoqda. Bu ritorik so‘roq gapning ostida ham yashirin tasdiq mavjud.
Sukunatni yana otaning tovushi buzdi.
Hech narsa deyolmaysan! Qaysi yuz bilan gapirasan?! Sendaylardan tug‘ilmaslaringdan oldin voz kechish kerak edi. Lekin, afsus, sizlar tug‘ildilaring, unib-o‘sdilaring, so‘ng unib-o‘sgan yerlaringga tupurdilaring, unib-o‘stirgan odamlarni ....dilaring. Yana ko‘kraklaringga mushtlab “xalqparvarmiz, ... parvarmiz”deb da'voqildilaring.
13 Abdulla Qahhor., Tanlangan asarlar 3-jild., Mayiz yemagan xotin. – T.: Yangi asr avlodi., 2015, 15-b.
14 Nazar Eshonqul. Yalpiz hidi., Shamolni tutib bo‘lmaydi. – T.: Sharq., 2008, 251-b.
Bu misolda esa ritorik so‘roq gap orqali yashirin inkor ma’nosi anglashilmoqda, ya’ni “endi gapira olmaysan” ma’nosi aynan ritorik gap vositaida berilmoqda.
men-chi, men charchamadimmi? - cholning tovushi zorlanib chiqdi. - menga osonmi?!15
Bu misolda esa “men ham charchadim, menga ham oson emas” ham yashirin tasdiq, ham yashirin inkor ma’nolari berilmoqda. Ritorik so‘roq gapning bunday mazmunni ifodalashi quyidagi misollarda ham kuzatiladi.
Muhabbat chuqur xo‘rsindi: Kuyi shunday bo‘lsa g‘amning o‘ziga qanday chiday olgan ekan odamzot?!16bu misol “Choli iroq” hikoyasidan olingan bo‘lib, unda Abdulla Oripovning “Munojot” she’ridagi ritorik gap shunday qahramon nutqiga olib o‘tilgan. Bu gapda ham taajjub, kuchli hayajon yashiringanini bilishimiz mumkin.
Nima, men o‘lik ilonni ko‘rmaganmanmi? –dedi Rustam. 17 bu gap esa ham g‘azab, ham tasdiq ma’nosidagi men o‘lik ilonni ko‘rganman degan mazmunni ifodalamoqda.
Polvon bo‘g‘ilibroq kuldi. O‘zining ne alfozda kelayotganini o‘yladi: yelkalari qisiq, qaddi bukik, bo‘yning musht tusharini kutgandek. Uyat, uyat ne kunlarga qo‘yding, xatcha? Sendan shuni kutib edimmi, xatcha? Ko‘rgan birov nima deb o‘ylaydi, enag‘ar xatcha?! Yer bilan bitta qilding-ku!.. 18bu misollar esa Murod Muhammad Do‘stning “Dasht-u dalalarda” hikoyasidan olingan parcha bo‘lib, unda hikoya qahramoni Polvon yolg‘izlik azobida o‘zi bilan muloqotga kirishgan va ritorik so‘roq gaplardan foydalanish uning ruhiyatini yanada jonliroq tasvirlash, to‘liqroq ochib berish uchun xizmat qilgan.