A, bizni quchoq ochib kutib oladi! — deb xitob qildim. Shunday deyishim kerak-da: bo‘lmasam Toshkentdan joy olishosonmi?
Berilgan kontekstda oxirgi gap ritorik so‘roq gapga misol bo‘la oladi. U -mi so‘roq yuklamasi orqali hosil qilingan bo‘lib, Toshkentdan joy olish oson emas degan ma’noni anglatmoqda.
Keldingmi yana? — dedi.
E, shu hovlining tagiga o‘t qo‘yib yuboraman! — dedim. — shusiz kunim o‘tmaydimi?22
Bu misolda esa shusiz ham kunim o‘tadi degan fikr, yashirin tasdiq ifodalangan.
Yozuvchi Tog‘ay Murod ijodi ham o‘ziga xos va betakror. Uning asarlari tilining xalq tiliga yaqinligi, so‘zlashuv uslubining saqlanib qolinganligi uchun
22 Xolmirzayev Sh., Tog‘larga qor tushdi.-T.: G‘.G‘ulom., 1987.
ulardan ritorik gaplarga misollarni istagancha toppish mumkin. Quyida uning asarlaridan olingan parchalardagi gaplarni tahlilga tortamiz.
— Shu, Bakirboyning Samarqandda o‘qiyotgan jonibek uli kelgan. Yaxshi olishibor-da. O‘tgan yili kelganda sariosiyoni mom qilib edi.
Uning kelganini ko‘pchilik bilmaydi-ya? Ma’qul. Ayt, tom ustiga chiqib, o‘zini yashirib o‘tirsin.
—Hay. Bu parchada uning kelganini hech kim bilmaydi-ya ritorik so‘roq gap orqali javobi ham ichida tasdiq ma’no mujassamlashgan.
Ha, momoqizning oldiga, ha! — dedi. — senga shu gapkerakmidi?
E, bor, menga desa, oyog‘iga yiqil! Bu misolda esa senga shu gap kerakmidi? Ritorik gapi orqali g‘azab ma’nosi berilgan. Chunki unda qahramon holati yaqqol aks etib turibdi.
Bo‘ri,borma!
Nega hukm qilasan? Nima,hosilotmisan?!
Bo‘ri, meni jo‘ram desangbormaysan.
Nima, hosilotmisan?! So‘rog‘i orqali ham jahl-g‘azab, ham yashirin inkor ma’nosi berilgan. Chunki bu gapdan hosilot emassan degan mazmunni uqish mumkin.
Men oshnamga ishonib edim, jonivor. U ishonchimni oyoqosti qildi. Qiyomatli oshnangdan shu ish kelgandan keyin o‘zgalardan nima umidu nima xayr? Hayda, jonivor, yo‘rtib-yo‘rtib hayda! Vo ajab, bu qanday dunyo bo‘ldi, jonivor? Bu kontekstda esa ritorik gap orqali taajjub ma’nosi berilgan.
Hayda, jonivor, yo‘rtib-yo‘rtib hayda! Vo ajab, bu qanday dunyo bo‘ldi, jonivor? Tog‘ay Murod ijodida bunday misollar ko‘plab uchraydi. Chunki uning qahramonlari monologik nutqqa ega bo‘lib, o‘zi bilan o‘zi gaplashadigan
vaziyatlar tasviri ko‘p. Shunday holatlarni tasvirlashda yozuvchi ritorik gaplardan unumli foydalanadi. Quyidagi parcha ham ayni shu fikrimizga dalil bo‘la oladi:
Ushlagan barmoqlarim bo‘shashib ketyapti. Oyog‘imda darmon yo‘q. O‘pkam og‘zimga tiqilib qolyapti... Bu qanday ko‘rgilik bo‘ldi, otaginam? Yo... Qaridim-mi-a?..
Bo‘ri polvon! — dedi. — enangni qozi... Dodingni kimga aytasan, deydi! Yurt so‘raydigan raisi shul bo‘lgach, fuqaro dodini kimga aytadi?! Brigadiriga aytadi-da!
Hech bo‘lmasa ishton kiygizib qo‘yaylik, insonniyam shuncha xo‘rlaydimi? — dediodamlar.
U inson emas! Ol, qo‘lingni! — dedimirob.
Bo‘ri polvon o‘zi so‘rayin, dedi. Ammo so‘rashga tili bormadi, nima deb so‘raydi? “bizning onamiz qabriga siz marmar sag‘ana qo‘ydingizmi?”— deydimi? Marmar toshtaxtalarni qo‘porib-qo‘porib tashlamoqchi bo‘ldi. Marmar sag‘anani ilib-ilib otmoqchi bo‘ldi. Yo, alhazar! Qabristonga qo‘l tekkizib bo‘ladimi? Qabrni buzib bo‘ladimi? Berilgan bu misolda esa yashirin inkor, taajjub, kuchli hayajon ma’nolari umumlashgan ritorik gaplar keltirilgan. Qabristonga qo‘l tekkizib bo‘ladimi? Ritorik so‘roq gapi orqali unga qo‘l tekkizib bo‘lmaydi mazmuni, qabrni buzib bo‘ladimi? Ritorik so‘roq gapi vositasida esa qabrni buzib bo‘lmaydi, bu katta gunoh degan qo‘shimcha ma’noni ham anglash mumkin bo‘ladi. Bir ritorik gap orqali umumlashma ma’nolarni anglatish Tog‘ay Murod ijodining yana bir qirrasini, uning ona tilimiz imkoniyatlaridan mohirona foydalana olish mahorati yuksak degan xulosa qilish mumkin. Quyida ham uning ritorik gaplarning turli ma’nolarini ifodalab tuzgan dialoglaridan namunalar berilgan. Ularda ham so‘roq ganing bu turi o‘ziga xos vazifani, asar ta’sir kuchini oshirish, qahramon niyatini yanada aniqroq ifodalash kabilarni bajarganini ko‘rish mumkin.
Bo‘ri polvon qo‘ynidan ro‘znoma bo‘laklarini olib, stolga qo‘ydi. —Raykom aytdi deb, birovning qora kunini dunyoga do‘mbira qilib chala berar ekan-da? —dedi. Bu gapda ritorik so‘roq gap g‘azab, ajablanish ma’nolari qorishib kelganini bilishimiz mumkin. Chunki undan avval va keyin kelgan gaplar orqali bu mazmunlar yanada oydinlashganini ko‘rishimiz mumkin.
Ichlaring kir ekan! — dedi bo‘ri polvon. — enamiz poshikastani xudo yaratib edi, Xudoning o‘zi oldi-ketdi. Endi shuni butun dunyoga yoyish kerakmidi?
Ajratilgan gapda esa –mi yuklamasi orqali endi buni dunyoga yoyish shart emas edi degan yashirin mazmun, ma’no mavjud.
—Ta’ziya bu, rais bova, ta’ziya.
Ta’ziya bo‘lsa, uyga boradi, gazetaga yozadimi? Yozaman desalaring, ana, xush-xushvaqt kunlarimdanyozinglar!
—Ta’ziya bu, rais bova, ta’ziya. —Ta’ziya bo‘lsa, uyga boradi, gazetaga yozadimi? Yozaman desalaring, ana, xush-xushvaqt kunlarimdan yozinglar!
Yuqoridagi ajratilgan gaplaar, ya’ni ritorik so‘roq gaplkarda ham yashirin tasdiq, g‘azab, kinoya, taajjub kabi ma’nolar ifodalanib, dialogik nutqda qahramonlar nutqining jonli chiqishiga va ta’sirchan bo‘lishiga xizmat qilgan. Bu gaplar orqali muallif o‘zi yaratayotgan obrazlarning fikrlarini ixcham, ta’sirchan tarzda berishga harakat qilgan.
Oy qaysi oshiqqa bir o‘pich berdi? Oy qaysi oshiqqa vafo qildi? Dunyoda nima mo‘l, to‘rt oyoqli jonivor mo‘l! Duch kelmish to‘rt oyoq jonivorni qanday bo‘lsa, shundayligicha el orasiga olib kiribbo‘ladimi?
Bizga baribir. O‘ngiringizning uchidan maydagina bir ip bo‘lsa-da mayli. Ayollar chaqaloqli uyda ipni isiriqqa qo‘shibtutatadilar.
Endi, shungayam etagimniyirtaymi?
Yozuvchi asar qahramoning ichki kechinmalarini ifodalashning eng zo‘r vositasini topganligini yuqoridagi ritorik gaplar misolida ko‘rishimiz mumkin.
Xo‘sh, qani? — dedi kalkatta.
Nimaqani?
Ot!
Ot? Katta, siz menga qaysi bozordan ot olib berib edingiz? Denovning bozoridanmi, yo, sho‘rchiningbozoridanmi?
Bu misolda esa ritorik gap kinoya, ajablanish ma’nolarini ifodalab kelmoqda. Ikki kishi o‘zaro gaplashmoqda va birining aytgan gapiga nisbatan ikkinchisida e’tiroz paydo bo‘lishi natijasida ritorik gap qo‘llangan. Bu o‘rinda ritorik gaplar o‘rniga oddiy darak mazmunidagi gaplardan foydalanib, siz menga hech qaysi bozordan ot olib bermagansiz jumlasidan foydalanilsa ham bo‘lardi, ammo unda bu badiiy matn emas, oddiy so‘zlashuv uslubiga yaqinlashardi. Uning estetik vazifasi, ta’sir kuchi yo‘qolardi. Ritorik gaplar esaa ayni shu vazaifalarni bajarish uchun nasriy va she’riy matnlarda yordamga keladi.
Iya-iya, sen o‘zi qaysi jamiyatda yashayapsan, miya? Shu paytgacha eshakning qulog‘iga tanburchertyapmanmi?23