Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘ zbek tili va adabiyoti universiteti o‘ zbek filologiyasi fakulteti



Yüklə 80,6 Kb.
səhifə10/20
tarix21.01.2023
ölçüsü80,6 Kb.
#79937
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
abdullayeva rayhon.

O‘qish shart emas. Darrov esingga tushdi. O‘zing mug‘ombirlik qilyapsan.
Otasini o‘ldirgan, g‘am-anduhga to‘ldirgan kim ekan?! Biz emasmi?! Sen bu Yerda bizni nazarda tutmayapsanmi?!19



15 Nazar Eshonqul. Yalpiz hidi.,- T.: Sharq., B.386.
16 XX asr o’zbek hikoyasi antologiyasi. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi-2016. 264 –b. 17 XX asr o’zbek hikoyasi antologiyasi. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi-2016. 222-b. 18 XX asr o’zbek hkioyasi antologiyasi. O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi-2016. 291-b. 19 Nazar Eshonqul. Yalpiz hidi.,- T.: Sharq., B.386.
Quyidagi misolda esa ritotik so‘roq gapning kuchli hayajonni ifodalagini kuzatishimiz mumkin.
Esingdami, ota? Yo tushmidi bu? Men, o‘sha mishiqi qizaloq bularning barini tush ko‘rganmidim?! O‘sha aravalar tushmidi, ota?!

  • bilmadim, qizim, bular mening esimda yo‘q... Hoynahoy sen tush ko‘rgan bo‘lsang kerak...20

Siz esa bo‘shliqni to‘ldirish va aravaga nimadir yuklash uchun har qanday yovuzlikdan ham qaytmasdingiz. Shumi e’tiqod?! Men bu so‘zni ishlatmaym qo‘yganimga ham qirq yildan oshib ketdi. Bu so‘z shunchalik serjilo, jimjima, soxta, balandparvozki, eshitsam ko‘nglim ayniydi.
Ehtimol, bu surat buzilgan va yovuzlashgan dunyodan men kabi bir mazmun, bir ma’no izlab o‘tgan odamning samarasiz umr haqidagi o‘kinchlaridir? Ehtimol, umr qal’asining buzilgan devorlari ichra tutab yotgan yurakning alamnok dudlaridir?! Kim biladi, shunday ham bo‘lishi mumkin-ku!
Qochib qayga boraman? Qayga boray?! Butun shahar uning nafsi bilan to‘lgan bo‘lsa, butun dunyo uning oyog‘i ostida yotgan bo‘lsa?! Qani najot?! Agar u bor bo‘lsa keltiring nahotki, qalbim ham uning asiriga aylangan bo‘lsa?! Qayda qoldi mening yostiqdoshim- osudalik?! Qayda qoldi, yo‘ldoshim va rafig‘im- xayol?! Qayda qoldi, kamarim-erkim?! Kim meni bunchalik dag‘allashtirdi?! Kim menga bu tutqunlik to‘nini kiydirdi?! 21
Quyidagi misolda esa ritorik so‘roq gapning kim so‘roq olmoshi vositasida hosil qilingan eng yaxshi namunasini ko‘rishimiz mumkin.

  • Nima qilamiz buyoqdan yurib?

  • Ovul bor, qatiq ichamiz. Qatiq... Qatiqdan kim yuz o‘giradi?

Bu gapda qahramon o‘z o‘ziga qatiqdan hech kim yuz o‘girmaydi degan inkor gapni ritorik so‘roq gap orqali ifodalagan. Onani kim sevmaydi, vatanni kim sevmaydi kabi bunday gaplar ritorik gapning eng keng tarqalgan turlari





20 Nazar Eshonqul. Yalpiz hidi.,- T.: Sharq., B.386.
21Nazar Eshonqul. Yalpiz hidi.,- T.: Sharq., B.386.
hisoblanadi. Bunday gaplar aslida onani, vatanni hamma sevadi degan ma’nolarni kuchaytirib aytish uchun shakllantiriladi.
Oxiri Habibning ham achchig‘i chiqib ketdi: «nima, besh-o‘n kilo olma bilan hukumatning davlati kamayib qoldimi? Shu olma bilan biz o‘g‘ri bo‘lib qoldikmi? Odamlar yesin deb ekishgan-da! Qorovuli bo‘lsaki... Ah!»
Ushbu berilgan parchada esa : «nima, besh-o‘n kilo olma bilan hukumatning davlati kamayib qoldimi? Ritorik so‘roq gapi berilgan o‘lib, u orqali muallif besh o‘n kilo olma bilan hukumatning davlati kamayib qolmaydi degan teskari ma’no mujassam.
Men quloq solmadim. Piyoda yurib, eshagimni haydab ketdim. Dovonga chiqib oldim. O‘zimga endi juda alam qildi: «chiqib oldim-ku? O‘lmadim-ku? — deb o‘yladim. — nega chidamadim? Nega hech kimdan so‘ramasdan olingan olmani og‘zimga soldim. Chidash mumkin ekan-ku?
Bu parchada esa asar qahramoni o‘ziga o‘zi ritorik gap orqali murojatt qilganini ko‘rishimiz mumkin.
Mana, Toshkent — poytaxtimiz! — dedim. — u yerda yuz xil millat yashaydi.Biz—o‘zbek-ku?!
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin