Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘ zbek tili va adabiyoti universiteti o‘ zbek filologiyasi fakulteti


Nasriy matnda ritorik so ‘roq gaplar



Yüklə 80,6 Kb.
səhifə8/20
tarix21.01.2023
ölçüsü80,6 Kb.
#79937
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
abdullayeva rayhon.

Nasriy matnda ritorik so ‘roq gaplar


Ritorik so‘roq gaplar, oldingi bobda ko‘rib o‘tganimizdek, sof lingvistik hodisa sifatida so‘roq gaplarning javob talab qilmaydigan turi hisoblanadi. Ritorik so‘roq gaplar yashirin tasdiq, yashirin inkor, taajjub, tashvish, g‘amxo‘rlik, g‘azab, gumon, kuchli hayajon kabi ma’nolarni o‘zida mujassam etadi. Uning bu xususiyatidan badiiy adabiyotda yozuvchi va shoirlar mahorat bilan foydalanadilar. Bu orqali ular badiiy asarning (xoh u nazmiy, xoh nasriy asar bo‘lsin) estetik qiymatini oshirish, badiiy ta’sirchanligini oshirish kabi vazifalarni bajarishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yadilar. O‘zbek badiiy matnida ritorik so‘roq gaplar qo‘llanmagan birorta namunani topish amri mahol. Bu, ayniqsa, she’riy matnlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ammo nasriy matnlar ham bundan mustasno emas. Hikoya, qissa, roman kabi nasriy asar turlarida ritorik so‘roq gapning turli ma’nolari qo‘llanilib, asar qahramonining holati, xarakteri kabilarni yanada aniq ifodalash uchun foydalaniladi.10
Quyida o‘zbek nasrida o‘z o‘rniga ega adiblarning asarlaridagi ritorik so‘roq gaplardan ba’zilarini tahlilga tortamiz.
-Ha, ho‘kizni uylariga eltib berilsinmi?! Axir, borilsin, arz qilinsin-da!
Fuqaroning arzga borishi arbobning izzati bo‘ladi!11
Bu misol Abdulla Qahhorning mashhur “O‘g‘ri” hikoyasidan olingan bo‘lib, unda ho‘kizini yo‘qotgan Qobil boboning uni so‘rab ellikboshiga borgani va ular o‘rtasidagi dialogdan parchadir. Berilgan parchadagi birinchi gap ritorik so‘roq gapga misol bo‘la oladi. Bu yerda ellikboshi Qobil boboga yo‘qolgan ho‘kizni amaldorlar o‘zlari topib uyingga olib borishi kerakmi degan savolni bermoqda. Ma’lumki, ritorik so‘roq gaplar javob talab qilmaydi, ularning javobi ichida bo‘ladi. Yuqoridagi gapda ham ho‘kizing hech qachon uyingga eltib berilmaydi,





10 Qurbonova M., Yo‘ldosheva M., Matn tilshunosligi. - T.: Universitet, 2014,80-b
11Abdulla Qahhor., Tanlangan asarlar 3-jild., O‘g‘ri. – T.: Yangi asr avlodi., 2015, 8-b.
buning uchun o‘zing harakat qilishing darkor degan mazmun mujassam. Ritorik so‘roq gapning bu mazmunini undan keyin kelgan gaplar yanada aniqlashtiradi. Badiiy matnlarda, umuman, nutqning barcha ko‘rinishida ritorik so‘roq gaplardan oldin yoki keyin uning mazmun-mohiyatini aniqlashtiruvchi gaplar mavjud bo‘ladi. Bu qoida badiiy matnlarda ham amal qiladi.
Turobjonning boshi g‘ovlab, ko‘zi tindi.

  • O‘tgan bozor kuni yegan anoringni o‘ynashing olib kelganmidi?!

  • O‘ynashim olib kelgan edi!

Turobjon bilolmay qoldi: xotinining yelkasiga tepib, so‘ngra o‘rnidan turdimi, yo turib keyin tepdimi; o‘zini obrezning oldida ko‘rdi.12
Bu konteksda “O‘tgan bozor kuni egan anoringni o‘ynashing olib kelganmidi?!” Gapi ritorik so‘roq gap hisoblanadi. Bu gap orqali bozor kuni yegan anoringni men olib kelgandim degan mazmunni uqish mumkin. Ma’lumki, Qahhorning “Anor” hikoyasida qo‘li kalta, oilasini zo‘rg‘a tebratadigan Turobjon va uning ayoli anor mevasiga boshqorong‘i bo‘lish voqeasi tasvirlangan. Homilador ayol bu mevani har kuni yegisi keladi, lekin u qimmatligi sababli buning iloji yo‘q. Ikki-uch kun yoki bir hafta oldin olib kelingan va tanovul qilingan anor u uchun hech narsa bo‘lmaydi. Mana shu jarayonning natijasi sifatida yuqoridagi dialog vujudga kelgan va Turobjon o‘tgan bozor kuni anor olib kelganligini aynan ritorik so‘roq gap orqali bildirgan. Bunday gaplarni og‘zaki nutqimizsa ham juda ko‘p uchratamiz. Bunday vaziyatlarda gap egasi o‘zi qilgan ishni aytish, eslatish, pisanda qilish ma’nosida oddiy so‘roq yoki darak gaplardan emas, aynan ritorik so‘roq gaplardan foydalanadi. Bu orqali esa tinglovchiga ta’sir qilish maqadi amalga oshadi.
Bu sukunatni yetmish yoshlardagi bir chol buzdi. U, mulla Norqo‘ziga qo‘lini paxsa qilib dedi:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin