Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘ zbek tili va adabiyoti universiteti o‘ zbek filologiyasi fakulteti



Yüklə 80,6 Kb.
səhifə5/20
tarix21.01.2023
ölçüsü80,6 Kb.
#79937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
abdullayeva rayhon.

Sening ukang Milliy rassomchilik va dizayn institutiga bultur kirgan?

  • Sening ukang Milliy rassomchilik va dizayn institutiga bultur kirgan?

  • Sening ukang Milliy rassomchilik va dizayn institutiga bultur kirgan?

  • Sening ukang Milliy rassomchilik va dizayn institutiga bultur kirgan?

    Bu gapning kesimiga -mi elementini qo‘shsak, unda so‘roqning
    Dastlabki to‘rt so‘zdan biriga tushishi uchun, odatda, elementlarning tartibini o‘zgartirish lozim bo‘ladi (bu haqda “gap bo‘laklarining tartibi” bahsida so‘zlanadi).
    So‘roqning intonatsiya yordami bilan ifodalanishiga ko‘pincha so‘roq



    5 Ғуломов А., Аскарова М., Ҳозирги ўзбек адабий тили.- Т.: Ўқитувчи, 1987, 61-б.
    yuklamasi bilan tuzilgan so‘roq gapning boshqa yo‘l bilan (ayrim ottenka bilan) berilishini ko‘rsatadi. Mustaqil so‘roq so‘zlarning ma’nosini, odatda, yolg‘iz intonatsiya bilan ifodalab bo‘lmaydi: so‘roq olmoshi shunga mazmuni mos keladigan so‘zni— javobni talab qiladi:— kim keldi? Student.— Qayoqqa ketdi?—Institutga. Lekin bormadingiz? Tipidagi so‘roq gaplarda intonatsiyaning roli ayrimdir (ottenka boshqacha).
    Grammatik vositalar ishlatilmay, intonatsiyaning o‘zi bilan tuzilgan so‘roq gapni har vaqt -mi elementi yordami bilan tuzilgan so‘roq gapga almashtirib bo‘lmaydi: so‘roq gapning ba’zi turlarida -mi elementini qo‘llab bo‘lmaydi.
    So‘roq intonatsiyaning o‘zi bilan bildiriladigan gaplarda: 1) ba’zan so‘roqni bildiradigan so‘z aytilmaydi, lekin gap intonatsiya yordami bilan so‘roq gap bo‘la beradi. Misollar:— otingiz? (otingiz nima?)—ahvolingiz? (ahvolingiz qalay?)—bola-chaqa? (bola-chaqa qalay?); 2) ba’zan kesimi buyruq mayli formasidagi fe’l bilan ifodalangan buyruq gap (bunday gapning ham mazmun ottenkalari ko‘p) intonatsiya yordami bilan so‘roq gapga o‘tadi. Masalan: ...yo‘l bo‘lsin? Aniqki, bu o‘rinda so‘roq intonatsiyasi -mi yuklamasining funksiyasini bajarmaydi.
    So‘roq gaplarda logik urg‘uli bo‘lak ba’zan ega-kesim tartibining o‘zgarishini talab qiladi. Chog‘ishtiring:— bu nima?— nima bu? Demak, so‘roqning turli ottenkalarini ifodalashda so‘z tartibining ham roli bor, logik urg‘u tartib bilan ham bog‘liqdir.
    So‘roq gapning intonatsiyasi darak gapnikiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Gapdagi eng so‘nggi elementning keyingi bo‘g‘ini darak gapda tushuvchi ohang bilan aytilsa, so‘roq gapda ko‘tariluvchi ohang bilan aytiladi (u aytdi gapi so‘roq va darak gaplar tusiga kiritib aytilsa, bu holat ochiq ko‘rinadi). So‘roq gap maxsus so‘z — element orqali ifodalanganda, bu gapning ohangi darak gapning ohangiga bir oz yaqinlashadi (bunda ohang so‘roqni ifodalashda bosh rolni o‘ynamaydi). Lekin shunda ham gapning oxiridagi ohang darak gapdagidek, u bilan tenglasharli darajada past bo‘lmaydi.
    So‘roqni bildiruvchi so‘z gapning oxirida bo‘lmagan vaqtda bu element boshqa so‘zlarga nisbatan kuchli aytilib, qolganlari bunga qaraganda past ohang bilan aytiladi (U shunday kitoblar olgan edi? Gapini aytib ko‘ring).
    Buyruq gaplar
    Buyruq gap tinglovchini biror narsaga — biror ishni bajarishga buyurish, qistash mazmunini, shu bilan bog‘langan boshqa ma’nolarni ham ifodalaydi. Bu mazmunning turli ko‘rinishlari bor (do‘q, qat’iy buyruq, iltimos, yalinish, nasihat, taqiqlash, ogohlantirish, ruxsat, chaqirish, taklif, tilak-istak va boshqalar). Shunga qarab, buyruq gap o‘z ichida har xil ko‘rinishlarga ega bo‘ladi: 1. Sof buyruqni bildiradi ( Tez bor!). 2. Ba’zan shu ishni bajarishga undash, qistash ottenkasiga ham ega bo‘ladi (tezroq olsang-chi!). 3. Ba’zan bu mazmun iltimos yo‘li bilan beriladi (menga so‘z bering). 4. Buyruq maslahat tariqasida bo‘lishi mumkin (yaxshisi, bugun kutubxonaga bor). 5. Bunday gap so‘zlovchining istagini, tilak-maqsadini anglatishi mumkin: yashasin dunyoda doim ishchi-dehqon birligi! Bugun bir muzeyga boray. 6. Ba’zan chaqirish-undash ottenkasi bilan bog‘lanadi (fan cho‘qqilari tomon olg‘a!) va b.
    Bu turlar so‘zlashuv nutqida intonatsion jihatidan bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Intonatsiya o‘sha gaplarning ichki turini, har xil ottenkalarini ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega: har bir ko‘rinishning, ottenkaning o‘ziga xos intonatsiyasi bor.
    Buyruq gapning grammatik, intonatsion xususiyatlari:

    1. Gapning bu turi buyruq intonatsiyasiga ega bo‘ladi. Bu intonatsiya darak gapnikiga nisbatan kuchli bo‘ladi. Keskin buyruq, do‘q bildiradigan gaplarda intonatsiya ayniqsa kuchli — yuqori bo‘ladi: buyruqni ifodalaydigan bo‘lak kuchli aytiladi. Buyruq gapning mazmunidagi har xillikka qarab, uning intonatsiyasi ham turlicha bo‘ladi. Misol uchun quyidagi gaplarning intonatsiyasini solishtiring: “Biqin zolim boylar! Maydonga chiq, ishchilar! Ishchilar, uyg‘on, uyg‘on! (H. H.) Suhbat aylaylik, kelinglar, jo‘ralar, o‘rtoqlar. (M.) Nomimni tilingga olma, e


    Yüklə 80,6 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin