So‘roq gap, odatda, so‘zlovchiga noma’lum bo‘lgan biror narsa haqida xabar bilish, shu to‘g‘rida ma’lumot olish maqsadida ishlatiladi va shu xabarni anglatuvchi javobni talab qiladi; lekin uning so‘roq bildirmaydigan, javob talab qilmaydigan ko‘rinishlari ham bor. Masalan: “Karima xolani to‘yga toshkentdan tez chaqirish kerak. Nimaqilamiz?”— dedichol. Kattalarning suhbatini jim tinglab o‘tirgan turg‘un, cholning nevarasi, birdan gapirib yubor- di: “telegraf-chi?!” (ikkinchi misoldagi “telegraf- chi? Gapi so‘roq yo‘li bilan taajjub, ta’kid, uqtirish, xabar bildiradi: “telegraf bor-ku!” degan ma’noda). Bunday ko‘rinishlar ham aslida javob talab qiladigan so‘roq gapdan kelib chiqadi. So‘roq-darak gap o‘z ichki xarakteri bilan darak gapga to‘g‘ri keladi; bundan tashqari, u xabarni darak gapdagiga nisbatan kuchli ravishda, qat’iy tusda bayon qiladi. So‘roq tusiga ega bo‘lgan (tashqi tomondan), lekin so‘roq bildirmaydigan, demak, javob talab qilmaydigan bunday gaplar, odatda, asosiy holatga emotsionallik hodisasini qo‘shadi: qat’iy tusda ifodalangan hukm+emotsional moment. Masalan: Bizdan baxtli bormi, yoronlar?! (A. M.) Bu gap “dunyoda bizdan baxtli odam yo‘q, biz eng baxtli odammiz” degan mazmunni emotsionallik bilan, kuchli ravishda ifodalaydi. Bunday so‘roq ritorik so‘roq deyiladi. Ritorik so‘roq va javob gapning o‘zidan anglashilib turadi, so‘zlovchining o‘zi javob beradi. Masalan: Shunday go‘zal vatan bormi jahonda?! E, uka, inson qila olmaydigan ish bor ekanmi?! (A.Q.) Ritorik so‘roq gapda kesim ko‘pincha bo‘lishsiz formada bo‘ladi, lekin tasdiqni bildiradi. (Buni kim bilmaydi?!—“hamma biladi”); bo‘lishli formada bo‘lganda, inkorni bildiradi (yutuqlarimizni kim inkor qila oladi?— “hech kim inkor qila olmaydi”). Demak, ritorik so‘roqda kesim tasdiq yo inkor kategoriyasi jihatidan bu formaning aksini bildiradi. So‘roq, odatda,
inkor ma’nosining elementlariga ega bo‘ladi.4 Yuqoridagi xususiyatlari jihatidan so‘roq gaplar shunday yirik gruppalarga bo‘linadi:
Sof so‘roq gaplar (asl so‘roq gaplar). Bular javob talab qiladigan so‘roqni ifodalaydi. Masalan: Bugunqayerga borasan? Bunday so‘roq gaplar shubha, taajjub kabi ottenkalarga ham ega bo‘la oladi. Bunday ottenkani og‘zaki nutqda intonatsiya ko‘rsatadi.
Ritorik so‘roq gaplar. Bunday gaplar javob talab qilmaydi. Bunda so‘roq yo‘li bilan tasdiq mazmuni beriladi (yashirin tasdiq). So‘roq gapning bu turi fikrni emotsional tusda, kuchli, ifodali, ta’sirli qilib beradi. Masalan: Bolani kim sevmaydi?! (“hamma sevadi”). Yashirin inkor mazmuniga ega bo‘lgan so‘roq-inkor gaplar ritorik so‘roq gapning bir ko‘rinishidir. Masalan: Bolani sevmaydigan odam bormi? (“yo‘q”) ertalab gimnastika qilmay bo‘ladimi? (“bo‘lmaydi”) ritorik so‘roq gapda: a) yashirin javob, uning konkret mazmuni shu gapning o‘zidan bilinib turadi. (Bolani kim sevmaydi?!—“hamma sevadi”); b) ba’zan shu tasdiq eslatiladi, lekin uning konkret mazmuni yana bir gap keltirish bilan ochiladi. Masalan: Men senga nima degan edim?! “Majlisga kechikma!”— deganedim-ku!
So‘roq-buyruq gaplar. Bunday gaplar so‘roq yo‘li bilan buyurish ottenkasini ham beradi. Masalan: Majlisga tezroq bormaysizmi?! (“tezroq boring!”)
So‘roq gapning kuzatilgan maqsad bilan bog‘langan grammatik-ohang xususiyatlari ham bor. Bunda biz mustaqil qo‘llangan, so‘roq gapligi aniq bilinib turadigan turlarni nazarda tutamiz. Qo‘shma gaplarda to‘ldiruvchi ergash gapning bir turi, so‘roq gap tusida tuzilgan bo‘lishi mumkin, lekin bu ergash gapda so‘roq xususiyati deyarli yo‘qolgan bo‘ladi (bunday hollarda so‘roq belgisi qo‘llanmaydi). Masalan: Men bilmayman: ular nima haqda so‘zlashayotirlar.—Men ularning nima haqda so‘zlashayotganligini
4 Ғуломов А., Аскарова М., Ҳозирги ўзбек адабий тили.- Т.: Ўқитувчи, 1987, 58-б.
bilmayman. Umuman, qo‘shma gapning sostavida qo‘llangan so‘roq gap o‘zining bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi.
So‘roq gap quyidagicha tuziladi:
So‘roqni bildiradigan elementlar (-mi, -ni, -a va b.) Yordami bilan tuziladi. Bu elementlar gapga so‘roq tusini beradi. Masalan: O‘tar edi toruyda ko‘pi. Shu bo‘larmi qiz uchun odat? (H. O.) Sen o‘zingni baxtli dedingmi? Ona, sen ham odam eding- mi? (H. O.) Sen ketyapsanmi? Majlis- chi? Sen sanobar opaning o‘g‘lisan-a? (H.O.)
Bu elementlar so‘roqni qanday anglatishi jihatidan bir xil emas. Masalan, - chi elementa bilan tuzilgan so‘roq gaplar ko‘pincha taajjub ottenkasiga ega bo‘ladi. A(-ya), -da, -ku yuklamalari qo‘llanganda, taajjub yoki taxmin, ta’kid ottenkasi bo‘ladi.
Bunday tipdagi so‘roq gaplarda -mi yuklamasining qo‘llanishi ba’zi xususiyatlarga ega: a) bu yuklamani olgan bo‘lak doim so‘roq ob’ektini — mazmun jihatidan birinchi o‘rinda bo‘lgan narsani anglata bermaydi. Ba’zan so‘roq boshqa elementda -mi yuklamasini olmagan so‘zda bo‘lib, bu narsa logik urg‘u orqali bildiriladi. Masalan: Sen kinoga borasanmi? (borish- bormaslik so‘raladi).— Sen kinoga borasanmi? (borish o‘rni so‘raladi); b) uyushiq bo‘laklarda -mi yuklamasi ba’zan birgina elementga qo‘shilib, hammasiga umumiy bo‘ladi (odatda, har bir bo‘lak bilan takrorlanib keladi). Bunday qo‘llanish bir butunlik tashkil qilgan birikmalarda, frazeologik birikmalarda, she’rlarda uchraydi. Masalan: Oq terakmi, ko‘k terak? Bizdan sizga kim kerak? (bolalar o‘yinida aytiladi). Juftmi-toq (o‘yinning nomi). Keyingi holda -mi elementi so‘roq ma’nosidan uzoqlashgan.
So‘roq bildiradigan mustaqil so‘roq so‘zlar (kim, nima, qaysi, qayerda kabi so‘roq olmoshlari) bilan tuzilishi mumkin (kim, nima kabi olmoshlar qo‘shma gap sostavida nisbiy olmosh bo‘lib kelganda, odatda, so‘roq ma’nosini ifodalamaydi). Masalan: Nima uchun u buncha toshqin?Bu daryoning yaratgani kim? Uni buncha ajoyib etgan qaysi dono, qandayin hakim? (H. O.)
Bu tipdagi so‘roq gaplar o‘z xususiyatiga ko‘ra, avvalgi tipdan (so‘roq yuklamalari bilan tuzilgan turdan) ancha farq qiladi: -mi elementi yordami bilan ifodalanadigan so‘roq tasdiq yoki inkor talab qiluvchi so‘roqdir (masalan, ha yoki yo‘q), so‘roq anglatuvchi mustaqil so‘z yordami bilan ifodalanadigan so‘roq esa shaxs, predmet yo belgini aniqlashga xizmat etadigan javobni — shu so‘roqda javob bo‘ladigan so‘zni talab qiluvchi so‘roqdir.
Demak, so‘roq gapning xarakteri ikki xil: 1) bu xildagi gap so‘roq olmoshi yordami bilan tuzilgan bo‘lsa, o‘sha so‘zga — so‘roqda javob talab qilinadi; bu gapning maqsadi suhbatdoshni o‘z fikrini aytishga qistash — yo‘llash, ma’lum bo‘lmagan biror narsani, xabarni bildirishdir (javob, odatda, darak gap bilan beriladi). Bunday gaplarda so‘roq, odatda, bir so‘zda bo‘ladi (Kim bordi?—Karim); 2) so‘roq olmoshi yordamisiz tuzilgan bo‘lsa, suhbatdoshdan tasdiq yoki inkor talab qilinadi: so‘roq gapning maqsadi faktni aniqlash, shuni bilishdir. Bunday gaplarda so‘roq, odatda, butun gapda bo‘ladi (bugun kinoga boramizmi?—ha, boramiz. Bugun kelasanmi?—yo‘q, kelmayman). Bunday gapning javobi, odatda, ha yoki yo‘q so‘zidan tuzilgan darak gap bo‘ladi, lekin ba’zan bundan keyin yana boshqa so‘z keltiriladi. Bu keyingi so‘z so‘roq ma’nosining asosiy kuchi qaysi elementda bo‘lishiga qarab qo‘llanadi; bu so‘z bilan o‘sha ma’no tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Demak, keyingi so‘z o‘sha ha yoki yo‘q. So‘zining ma’nosini yana ham konkretlashtirishga, ta’kidlashga xizmat qiladi, o‘shanga mos ravishda qo‘llanadi. Masalan: 1.—kecha