Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘ zbek tili va adabiyoti universiteti o‘ zbek filologiyasi fakulteti



Yüklə 80,6 Kb.
səhifə4/20
tarix21.01.2023
ölçüsü80,6 Kb.
#79937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
abdullayeva rayhon.

teatrga bordingmi?— ha, bordim. 2.— kecha teatrga bordingizmi?— ha, teatrga. 3.— teatrga kecha bordingmi?—ha, kecha bordim. 4.— bugun kinoga boramizmi?—yo‘q, bormaymiz. 5.— bugun kinoga boramizmi?— yo‘q, kinoga emas (teatrga). 6.— kinoga bugun boramizmi?—yo‘q, bugun emas (ertaga). 7.— bugun bormaysanmi?— ha, bormayman. 8.— kecha bormadingmi?—yo‘q, bordim. Misollar ko‘rsatadiki, ha yoki yo‘q elementining va undan keyingi so‘zning qanday formada kelishi, ularning
bu jihatdan o‘zaro munosabati ma’lum qonuniyatga ega: tasdiq+tasdiq (asosiy so‘roq elementi bo‘lishli formada kelganda), inkor + inkor (bu ham), tasdid+inkor (asosiy so‘roq elementi bo‘lishsizlik bilan bog‘langanda), inkor+tasdid (bu dam). Lekin bunday konstruksiyalarda ba’zan ha so‘zining o‘rniga yo‘q so‘zi kelishi hollari dam uchraydi (asosiy so‘roq elementi bo‘lishsizlik bilan bog‘langanda). Masalan:— bormaysanmi?— yo‘q, bormayman (chog‘ishtirish: 1,— ha, bormayman. 2.— yo‘q,, boraman). Bu hodisa analogiya — o‘xshashlik yo‘li bilan kelib chiqqan. Bu tipdagi gaplar- ning javobi har vaqt ha yoki yo‘q so‘zi bilan ifodalanishi shart emas: ba’zan gapga teng keyingi so‘zning o‘zigina qo‘llanishi ham mumkin. Masalan — bugun borasanmi?— bormayman. Bunday ifodalanishlarning turli shartlari va ko‘rinishlari bor.

  1. Ko‘rsatilgan vositalar (so‘roq elementlari, so‘roq olmoshlari) bo‘lmaganda, gapning bu turi so‘roq intonatsiyasining o‘zi bilangina tuziladi. Bunday gaplarda, so‘roqni o‘z ustiga olgan so‘zning ko‘tarilgan ohangga ega bo‘lishidan tashqari, butun gap so‘roq tusiga kiradi. Masalan: U yigitni turtib uyg‘otdi: “yer qimirlayapti!”—“yer qimirlayapti?”— uyquli ko‘zlarini ishqalab hayajon bilan so‘radi yigit. So‘roq gapni bunday yo‘l bilan tuzishning, bunday turni qo‘llashning ham maxsus o‘rni bor. So‘ roq gapning bu turi, odatda, biror kutilmagan xabar eshitilganda, taajjubni ifodalash uchun xizmat qiladi, o‘sha xabarni anglatgan darak gapni takrorlash va intonatsiya orqali uni so‘roqqa aylantirish bilan hosil bo‘ladi. Bu yo‘l bilan tasdiq yo inkor talab qiladigan so‘roq gap hosil bo‘ladi. Bunda intonatsiya so‘roq yuklamasining funksiyasini bajaradi. Lekin so‘roq olmoshining o‘rnini, odatda, bu bilan qoplab bo‘lmaydi. Intonatsiya so‘roq - ning umumiy vositasi bo‘lib, u butun gapning tusini belgilaydi. So‘ roq intonatsiyasi so‘roq gapning hamma turida bor, lekin uning roli har xil: 1) so‘roqni ifodalovchi boshqa vositalar (leksik- grammatik vositalar) bo‘lmaganda, intonatsiya bosh rolda bo‘ladi; 2) boshqa vositalar ishtirok

etganda, uning roli avvalgiga nisbatan kuchsizlanadi.5
So‘roq gap olmoshli bo‘lganda (bu olmosh, odatda, logik urg‘uli bo‘ladi) so‘roq intonatsiyasi shu olmoshda boshqa bo‘laklardagiga nisbatan kuchli
— baland bo‘ladi.
Intonatsiyaning rolini aniqlash uchun yana quyidagi misolni chog‘ishtiring: u bormadimi? Gapi (so‘roq gap) intonatsiyani o‘zgartirish bilan “u borgan, bu — aniq” degan mazmunni ifodalay oladi.
So‘roqni gapdagi qaysi so‘z o‘z ustiga olishiga qarab gapning umumiy intonatsiyasi ham o‘zgaradi. Sening ukang milliy rassomchilik va dizayn institutiga kirgan darak gapini intonatsiya yordami bilan so‘roq gapga aylantiraylik. Unda so‘roqning qaysi so‘zda bo‘lishiga qarab, intonatsiyaning har xil bo‘lishi ochiq ko‘rinadi: so‘roq intonatsiyanining yolg‘iz o‘zi bilan belgilanganda, ohangning o‘zgarishi aniq seziladi:

  1. Sening ukang Milliy rassomchilik va dizayn istitutiga bultur kirgan?

  2. Sening ukang Milliy rassomchilik va dizayn institutiga bultur kirgan?


  3. Yüklə 80,6 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin