Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘ zbek tili va adabiyoti universiteti o‘ zbek filologiyasi fakulteti



Yüklə 80,6 Kb.
səhifə6/20
tarix21.01.2023
ölçüsü80,6 Kb.
#79937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
abdullayeva rayhon.

olchoq! (G‘.G‘.) Paxta tersang, toza ter! Chanog‘ida qolmasin! (ashuladan.) O‘ltirishga bir hikoyat aylayin. O‘rtoq lenin ishin so‘zman boshlayin. (E J.) So‘zlab beray zaynab va omon sevgisidan yangi bir doston. (H.O.) Opa, shu hikoya kitobini menga bering. («erkatoylar orasida» ocherkidan.)”6
Iltimos, yalinish, maslahat, ruxsat etish, istak-orzu kabi ma’nolar bilan bog‘langan buyruq gaplarning intonaqiyasi sof darak gapning ohangiga juda yaqin bo‘ladi. Demak, bunda intonatsiya mazmundagi turli ottenkalarni, har xilliklarni ko‘rsatish vositasi bo‘ladi: ber! (buyruq).— ber (iltimos, maslahat, yalinish). Bunday ottenkalarni ifodalashda ba’zan ayrim yuk- lamalar ham qatnashadi. Misollar: Dasturxonni menga ber-chi! Qani, menga musht ko‘tarib ko‘r-chi!

  1. Bu tipdagi gapning kesimi, odatda, buyruq maylining ikkinchi shaxsi formasidagi fe’ldan bo‘ladi. Misollar: Ayting, nega meni onam tug‘madikan ilgari, million-million ko‘ngillilar, partizanlar singari. (G‘.G‘.) Fanlar o‘lkasidan oshing dovonlar. (O.) Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot. (F. Y.)

Kesim birinchi shaxsni ko‘rsatuvchi istak maylida bo‘lganda, istak-qat’iylik (birlikda), ishni bajarishga boshqalarni ham undash, iltimos (ko‘plikda) kabi ma’nolar ifodalanadi. Misollar: Men aytayin ko‘rganim ham bilganni. (E. J.) Kesim buyruq maylining uchinchi shaxs formasidagi fe’ldan bo‘lganda, ikkinchi shaxs orqali aytilgan buyruq yoki istak mazmuni ifodalanadi. Misollar: U borsin! O‘rtoq komandir, men keksani quvontirdingiz, umringiz uzoq bo‘lsin. Partiyamiz, jonajon, doimo bo‘lsin omon! (M. B.)

  1. Buyruq maylining uchinchi shaxs (birlik) formasidagi fe’l kesim majhul nisbatda bo‘lganda, odatda, umumiy buyruq mazmuni kelib chiqadi (chog‘ishtiring: borsin, kelsin kabi xollarda ikkinchi shaxs orqali uchinchi shaxsga qaratilgan buyruq ma’nosi kelib chiqadi. Ba’zan bu ham ikkinchi






6 Ғуломов А., Аскарова М., Ҳозирги ўзбек адабий тили.- Т.: Ўқитувчи, 1987, 63-б.
shaxs uchun qo‘llanadi). Misollar: zalda chekilmasin! Tartib saqlansin!
Bu forma ayrim stilistik talab bilan ikkinchi shaxsga qaratilishi ham mumkin. Misol: Sobirjon, nega qarab turibsiz? Muzikani boshlash haqida komanda berilsin.

  1. Bunday gaplarning kesimi ba’zan shart mayli formasida bo‘ladi. Misollar: Shu kunlarda bir yomg‘ir yog‘sa (yog‘sa edi). Majlis ertaga qoldirilsa (qoldirilsa, edi). Bu tipdagi gap, odatda, istak, iltimos ma’nolarini anglatadi va darak gapga yaqin intonatsiyaga ega bo‘ladi. Bu tip shartli ravishda buyruq gapga kiritiladi.

  2. Aniqlik maylidagi yaqin o‘tgan zamon fe’li ba’zan intonatsiya yordami bilan buyruq gap hosil qilishi mumkin. Misollar: Qani, ketdik! Qani, ishga tushdik!

  3. Buyruq gapning kesimi ko‘pincha buyruq maylidagi fe’ldan bo‘ladi, shunga ko‘ra bu gap undov intonatsiyasi bilan bog‘langan bo‘ladi. Anglashiladiki, buyruq gaplarning kesimi vazifasidagi fe’l buyruq mayli formasida bo‘lganidek, boshqa maylda ham kela oladi.

  4. Buyruq gap ko‘pincha undalmali va undovli bo‘ladi. Masalan: Hoy, tezroq yuringlar! Kolxozchilar, g‘alabangiz muborak! Kel, shu kampirning so‘zini ham eshitaylik. Bu gapdagi kel so‘zi undovga ko‘chgan fe’ldir.

  5. Boshqa vositalar bo‘lmaganda, buyruq gap intonaqiya yordami bilangina tuziladi. Bunday vaqtda intonatsiya orqali shu gap ikkinchi shaxsga nisbatan buyruq ma’nosini ifodalaydi. Misollar: Qo‘ng‘iroqni chalish kerak! (qo‘ng‘iroqni chaling!) Maktabga! (maktabga yig‘ilingiz!) Olg‘a! (olg‘a bosingiz!) Bolg‘a! (bolg‘ani bering!) Qattiqroq! Qattiqroq! (qattiqroq gapiring!) Ko‘rinadiki, buyruq gapning bu turlari to‘liqsiz gap bilan ham bog‘lanadi. Bu gaplar kuchli ohang bilan aytiladi.

Xulosa o‘rinida shuni aytish mumkinki, ritorik so‘roqda javob gapning o‘zidan anglashilib turadi, so‘zlovchining o‘zi javob beradi. Masalan: Shunday go‘zal vatan bormi jahonda?! E, uka, inson qila olmaydigan ish bor ekanmi?! Ritorik so‘roq gaplarda javob talab qilmaydi.
Bunda so‘roq yo‘li bilan tasdiq mazmuni beriladi (yashirin tasdiq). So‘roq gapning bu turi fikrni emotsional tusda, kuchli, ifodali, ta’sirli qilib beradi. Masalan: Bolani kim sevmaydi?! (“hamma sevadi”). Yashirin inkor mazmuniga ega bo‘lgan so‘roq-inkor gaplar ritorik so‘roq gapning bir ko‘rinishidir.

Yüklə 80,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin