118
qo‘llab bo‘lmaydi;
ho
‘
l-shalabbo; tiqillatdi-taqillatdi, dukillatdi-gursillatdi;
kulmoq-jilmaymoq-irshaymoq-tirjaymoq.
Ba’zi sinonimlar ma’nosi va ishlatilishi jihatidan farq qilmaydi:
tilshunoslik-
lingvistika; respublika-jumhuriyat; doston-poema; kosmos-fazo.
Sinonimiya – bir ma’nodagi so‘z, ibora, gaplarni turlicha shaklda ifodalash
usuli bo‘lib, uslubiyatning bir turidir. Sinonimiyaning quyidagi turlari mavjud:
1. Leksik sinonimiya.
2. Morfologik sinonimiya.
3. Sintaktik sinonimiya.
Bir
tushunchani ayrim hollarda, ayniqsa, badiiy uslubda ikki va undan ortiq
so‘z bilan ifodalash mumkin. Bular frazeologik sinonimlar deyiladi:
quloq soldi,
ko
‘
zingi yog
‘
bosibdi, qo
‘
l uchida (so
‘
rashmoq), tilini uzun qildi.
O‘zlashma so‘zlar faqat o‘zbekcha so‘zlar bilangina emas, o‘zaro ham sinonim
bo‘lishi mumkin:
hujum-ataka-hamla; josus-agent; mavzu-tema; muallif-avtor;
sozanda-muzikant; muharrir-redaktor; aktyor-artist; shtraf-jarima.
Dostları ilə paylaş: