59
sotsiolingvistka
(ijtimoiy tilshunoslik) dir. Sotsiolingvistika quyidagi masalalarni
o`rganadi:
1)
jamiyat va til o`zaro bog`liq, mutanosib tarixiy jarayon, hodisadir.
2) jamiyat taraqqiy eta borgan sari tilning ijtimoiy vazifalari ham
takomillashib boradi.
3) adabiy tilning, shevalarning lug`at boyligi kengayadi, ortib boradi.
4)yashash muhiti yaqin, turmush tarzi o`xshash hamda o`zaro iqtisodiy
munosabatlari shakllangan xalqlarning tillari bir-biriga ta`sir ko`satadi. Tillar
leksik jihatdangina emas, balki grammatik jihatlariga ko`ra ham ta`sirlashadi.
Dunyo tillarining, ma`lum ma`noda, o`ziga xosligini yorituvchi, muayyan
tilning boshqa tillardan farqli jihatlarini ko`rsatuvchi tadqiqotlar yaratilgan.
Mazkur tadqiqotlarning bosh masalasi til va jamiyat munosabati talqinidir.
Tilning jamiyat bilan bog`liq tomonlarini o`rganish tilning o`ziga xos ichki
qurilishi, imkoniyatlarini yoritishda ahamiyatlidir.
Kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida aloqa-munosabat vositasi bo`lgan
tilning jamiyatga bo`lgan nisbatini turlicha izohlashgan. Har xil fikrlar, turli
nazariyalar vujudga kelgan. Ba`zi guruhlar tilni tirik organizm sifatida
tushunishgan. Ba`zilari o`zgarmas voqelik sifatida qarashgan. Bunday qarashlarni
tanqidiy-tahliliy ravishda o`rganib, quyidagicha umumlashtirish mumkin:
1.Til tabiiy-biologik hodisa emas.
2.Tilning mavjud bo`lishi va uning taraqqiyoti tabiat qonunlariga bog`liq emas.
3.Til kishilarning tabiatiga, irqiga, nasliga aloqador emas.
4.Jamiyat bo`lib uyushgan kishilargina aloqa-munosabat vositasi bo`lgan tilga
ega. Til kishilik jamiyatining asrlar davomidagi tarixiy-ijtimoiy tajribasi asosida
yuzaga kelgan ijtimoiy hodisadir. Til va jamiyat taraqqiyoti uzviy bog`liqdir.
Jamiyatda ro`y beradigan har qanday voqelik, ma`lum ma`noda tilda o`z ifodasini
topadi. Tilning ijtimoiy tabiati uning jamiyatda mavjud bo`lishi hamda jamiyat
manfaatlariga xizmat qilishida namoyon bo`ladi.
Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy tabiatini tahlil qiluvchi asosiy soha
hisoblanadi. Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy tabiatini yoritishda
Dostları ilə paylaş: